olib boriladi; • obyektning prototip doirasidan tashqariga chiqadigan barcha o‘ziga xos xususiyatlari, modelda ォКorrektirovkaサ rejimi buyruqlari bilan rivojlantirilgan sistema yordamida hisobga olinadi; • yuklarni qo‘yish, statik yuklarning mumkin bo‘lgan barcha holatlarini qamrab oluvchi sxema prototiplari orqali amalga oshiriladi; • hisoblash avtomatik ravishda bajariladi; • hisoblash natijalarini tahlil qilish va ulardan grafik hamda sonli ko‘rinishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lamiz; • programma kompleksini tark etmagan holda, hisob natijalari ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan loyihalash modullariga uzatish mumkin: LIR-ARM – temirbeton konstruksiyalarini loyihalash va LIRSTК – po‘lat konstruksiyalarni loyihalash sistemalari; • barcha modelni yaratish, hisoblashni tashkil qilish, hisob natijalarini tahlil qilish va hujjatlashtirish operasiyalari programma kompleksining bosh moduli LIR-VIZOR muhitida amalga oshiriladi. LIRA programma kompleksida masalaning qo‘yilishi, tub mohiyati bo‘yicha obyektning chekli elementli modelini yaratishdan iborat. Bu jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: √ obyektning geometrik hisob sxemasini tuzish; √ hisob sxemasida bog‘lanishlarni qo‘yish; √ hisob sxemasining barcha elementlariga bikrliklarni tayinlash; √ yuklanishlarning har biri uchun yuklanish va yuklarni kiritish. 154 O‘quvchi o‘quv qo‘llanmasini e’tibor bilan o‘qib chiqib, modelni yaratish texnikasi uning uchun qiyinchilik tug‘dirmasligiga amin bo‘ladi. Menyu bandi va uskunalari sistemalari, foydalanuvchi kompyuterda doimo qo‘llaydigan ko‘rinishida tashkil qilingan. «Кorrektirovka» rejimi buyruqlarining taraqqiy qilgan sistemasi