Xalq dostonlar



Yüklə 101,5 Kb.
səhifə4/6
tarix08.05.2023
ölçüsü101,5 Kb.
#109822
1   2   3   4   5   6
Xalq dostonlar

FOZIL YO'LDOSH O'G'LI
Fozil Yo'ldosh o'g'lidan yozib olingan 30 dan ortiq dos­ton taqdir taqozosi bilan yo'qolsa-yu, faqat «Alpomish» dostoni saqlanib qolsa, zamonlar o'tib u inson el orasida buyuk baxshi nomi bilan tilga ohnadi. O'g'uz, Qipchoq,
{ Oltoy, Qo'ng'irot versiyalariga ega bo'lgan bu dostonning
1928 yilda Mahmud Zarifov tomonidan Hodi Zarif rah-barligida Fozil Yo'ldosh o'g'lidan yozib olingan nusxasi
i1 butun turkiy xalqlar orasida qahramonlik eposi hisoblangan
«Alpomish»ning eng mukammal va badiiy jihatdan yetugi
- hisoblanadi. 1952-yilda mustabid sovet tuzumi siyosatiga
mos emaslikda ayblangan, 1999-yilda esa mustaqilhgimiz sharofati bilan ming yilligi nishonlangan «Alpomish»ga ham Fozil Yo'ldosh o'g'h aytgan nusxa asos bo'ldi.
Fozil Yo'ldosh o'g'li 1872-yilda Samarqand viloyati, Bulung'ur tumaniga qarashli Bo'dana hududidagi Loyqa qishlog'ida tug'ildi. Uning oilasi asosan dehqonchilik, qis-man chorvachilik bilan shug'ullanardi.
Taqdir yosh shoirni juda erta sinovdan o'tkaza boshla-di. 1877-yilda 5 yoshh Foziljon otasidan yetim qoldi. Onasining qo'liga qaram bo'lib qolgan oilaning tashvishi kundan-kunga ortardi. Shuning uchun u to'qqiz yoshga to'lar to'lmas yollanib podachilik qilishga majbur bo'ldi. Bu haqda baxshi keyinchalik «Kunlarim» termasida shunday deydi:
Olti yoshda qo 'msab-qo 'msab otamni,
Og'ir mehnat ezdi sho'rli enamni,
Ena-bola topolmadik bir nonni,
Parcha non deb o 'tgan kunlarim.
I Yetti yoshda ortdi mening kulfatim,

Sakkiz yoshda og'ir mehnat ulfatim, Mehnat uchun sinab ko 'rdim quwatim, To'qqiz yoshga yig'lab yetgan kunlarim. To'qqizimda bel bog'ladim mehnatga, Cho'pon bo'ldim, tushdim yana g'urbatga,Ishlab yedim, lekin qoldim minnatga, Parcha non deb minnat chekkan kunlarim. Do 'mbiram kuyladi mening holimni, Men jo 'r bo 'lib so 'kdim boyni-zolimni, Topdim do'stlar, shunda dardkashlarimni, Haq-nohaqni kuylab chertgan kunlarim.
Baxshidan yozib olingan bu termalar uning hayoti haqida ma'lum bir tasawur hosil qilish imkonini bera-di. Xususan, ular vositasida biz Fozil Yo'ldosh o'g'li-ning baxshilar davrasiga o'z-o'zidan qo'shilib qolma-ganini bilib olamiz. Baxshi uchun hayotni bilish, tur-mushning achchiq-chuchugini tatib ko'rish ham o'ziga xos tajriba maktabi bo'lgan. Bu maktabdan Fozil shoirning tuzukkina ta'lim olgani uning keyingi paytlar-da kuylagan terma va dostonlaridan ma'lum bo'ladi. Hatto, olimlarning ma'lumot berishlaricha, Fozil Yo'ldosh yigit bo'lib ulg'aygani sari chorvachilik, dehqonchilik sirlarini egallab borar ekan, hamyurtlari orasida Loyqa qishlog'ining eng epchil o'roqchisi nomi-ni olishga muyassar bo'ladi. Ammo vaqt o'tgani sari yoshligida chertishni o'rgangan do'mbira unga tinchlik bermadi. Qayta-qayta baxshilar davrasida ishtirok etish esa ko'p o'tmay o'z davrining eng mashhur ustoz baxshilaridan Yo'ldoshbulbulning e'tiborini o'ziga tortdi. U mohir san'atkordan doston aytish sirlarini egalladi. Albatta, havaskor doston ijrochisidan yetuk baxshi nomiga yetishishi undan katta mehnatni, ijodda o'tadi-gan uyqusiz tunlarni talab qilardi. Fozil baxshidagi iroda bu talablarga javob berish uchun yetarli quwatga ega bo'ldi. Yosh ijrochi o'z ustozi va hamyurtlaridan qirq-dan ortiq dostonni o'rgandi, ijod etdi. Oxir oqibatda Yo'ldoshbulbul o'z shogirdi Fozil Yo'ldosh o'g'lini bax-shilikning katta sinovidan o'tkazdi. Fozildagi o'ta kuch-li xotira quwati, mehnatni sevish, o'ziga talabchanlik bu sinovdan muvaffaqiyatli o'tish imkonini berdi.
Xalq baxshisi hamisha o'z elining dardini, alamini, tashvishlarini o'z ijodida aks ettirgan. Tinglovchi omnia juda og'ir va musibatli zamonlarda aynan baxshi termalari-dan tasalli topgan, kelajakka umid bilan qaragan. Fozil Yo'ldosh o'g'li ham ana shunday baxshilardan edi. U atrof qishloqlarda mehnat qilib, 19 yoshida o'z ona qishlog'iga qaytgach, baxshi bo'lib nom qozondi va elining dardini ter-malarda bayon etdi.1898—1908 yillarda yurtimiz tarixida tabiiy ofat ro'y bergan edi. Ekin maydonlarining hammasini chigirtka bosdi. Bu fojiadan azobga tushgan baxshi hamyurtlari boshiga tushgan qiyinchiliklarni «Chigirtka» termasida bayon etdi. Qashshoqlik avjiga chiqqani sari baxshining nolasi ham chegara bilmadi:
Kambag'alning aqli shoshib, O'g'il qiziman kengashib, Kecha-kunduz zor yig'lashib Do 'stlar, qaddi kamon bo 'Idi.
Aksiga olib, chor hokimiyatining zulmi ham oshib borardi. Xalqning tashvishiga tashvish qo'shilardi. Ko'p o'tmay Jizzaxda bosh ko'targan aholi to'pga tutildi. Bunday tashvishli voqealar Fozil shoirda yangi-yangi asarlar yaratish tuyg'usini paydo qildi. Uning «Mamatkarim polvon», «Jizzax qo'zg'oloni» kabi kichik hajmdagi doston-lari shu zaylda ijod qilindi:
O'z holiga qoymay xalqni, Qayta-qayta chiqim soldi... Urushda bo 'Igan xarajat, Qaydan topib bersin elat?! Hamma bo 'lib qoldi hayron, Nechovning vatani vayron.
«Jizzax qo'zg'oloni» dostonida Fozil shoir ko'rgan kechirgan azob-uqubatlarini oddiy xalq tilidan sodda va ravon tarzda ifoda etishga urindi. Ammo baxshi tomonidan doimiy ravishda aytilayotgan terma va dostonlar uning an'anaviy epik asarlarni ham to'lib-toshib ijro etishga xalaqit bermadi. U «Alpomish», «Yodgor», «Shirin bilan Shakar», «Murodxon», «Rustamxon», «Malikai ayyor», «Mashriqo», «Intizor», «Balogardon», «Nurali», «Jahon-gir», «Farhod va Shirin» kabi qirqqa yaqin dostonni istagan paytda, tinglovchilar xohlagan o'rnidan ijro etaverish mahoratini egalladi. Ayniqsa, «Alpomish» dostoni uning eng sevgan va maroq bilan kuylagan san'at asari edi. Baxshi bu dostonni istagan hajmda soatlab, kunlab, haftalab aytishi mumkin edi. Chunki u ta'lim olgan Bulung'ur dostonchili-gi maktabi aynan ana shu qahramonlik eposini kuylash bilan shuhrat topgan edi. Dostondagi qahramonlik lavhalari bilan bir qatorda ruhiy kechinmalar ifodasi ham badiiy mukammallikka yetdi.Masalan, dostondagi Barchinning Boychiborga murojaat qilib aytgan gaplari tinglovchilar qal-bida katta taassurot qolishiga sabab bo'lishga arzigulikdir:
Qurru-yo qur, hayt-a, to 'ramning oti, Oq to 'shimyayloving, sochimshipirtki, Kuyganimdan gapni gapga ulayin, To o'lguncha sayising bo'p yurayin, Egam rahm aylasin qonli yoshima, Sabab bo 'lib qo 'shgin dengi-do 'shima, Olmosday tuyog'ing qorday to 'shima, Qurru-yo qur, hayt-a, to 'ramning oti! Oyilmay kuymasin kulbai xonam. Oh urib yig'laydi mandayin sanam, Qalmoqda qolmasin guldayin tanam, O'n ikki oy seni Boybo'ri boqdi, Gardaningga Qaldirg'och qo'tos taqdi, Yig'latmagin Barchin gulday bebaxtdi, Qurru-yo qur, hayt-a, to'ramning oti.
Bu murojaat tinglovchilarni hamisha befarq qoldirmas-di. Chunki unda o'zga yurtda begona odamlar orasida umr bo'yi qolib ketishdan cho'chigan go'zal qizning otdan najot kutishi badiiy ifodasini topgan edi.
Fozil shoir 1955-yilda o'z qishlog'ida vafot etdi.
Fozil Yo'ldosh ijodi o'zbek ziyolilari e'tiborini 1922 yil-danoq o'ziga jalb qildi. Dastlab G'ozi Ohm Yunusov, ke-yinchalik V. M. Jirmunskiy, Hodi Zarifov, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, Muhammadnodir Saidov olimlar hozirgi paytda esa To'ra Mirzayev, Bahodir Sarimsoqov, Shomirza Turdimovlar baxshi ijodini tadqiq etishda muhim ilmiy kashfiyotlar yaratdilar. Bugungi kunda baxshidan yozib olingan terma va dostonlar, uning ijodi o'rganilgan yirik kitoblar, maqolalar soni besh yuzga yetdi.
Xullas, Fozil Yo'ldosh o'g'li o'zbek dostonchihgi san'atida mashhur dostonchi sifatida shuhrat topgan xalqimizning asl farzandidir.

Yüklə 101,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin