Xalq milliy o’yinlari orqali yoshlarning ruxiy-psixologiya va o’ziga ishonchini tarbiyalash yo’llari.
Reja:
Milliy o`yinlar ularni ahamiyati.
Milliy xarakatli o`yinlarni tashkil qilish
O`tkazishni o`ziga xos tomonlari.
Mustaqillik sharofati tufayli jismoniy tarbiya va sport sohasida keng istiqbollar ochilmoqda, bu ayniqsa xalqning milliy o`yinlari va mashqlari, sport turlari bo`yicha o`tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida namoyon bo`lmoqda.
Ularni doimiy va muntazam qo`llash yaxshi narija bermoqda, o`quvchilarni sog’lom, baquvvat chaqqon, kuchli qilib tarbiyalashda muhim omil bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Ilgarilari keng omma ishtirok etgan Navro`z bayramlari, sayillar, to`ylarda xalq o`yinlari, jismoniy mashqlar, umuman milliy sport turlarisiz o`tkazilmagan. Afsuski, mamlakatda ular butunlay esdan chiqib, unutilayozdi, shuning uchun ularni izlash va tiklash o`z xalqini va millatini e`zozlagan har bir kishining burchi bo`lib kelmog’i kerak.
Jismoniy tarbiya nuqtai nazaridan ularni o`rganish, tadbiq etish shu kunning va kelajak avlodni tarbiyalashda eng dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda.
Ushbu jarayonda tariximizdan me`ros bo`lib qolgan o`zbek xalq milliy o`yinlarini hayotga tadbiq etishga kengroq yo`l ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirilish, oilada maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirish; o`sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta`sir etishi muqarrardir. Milliy xalq o`yinlari qadim-qadim zamonlardan boshlab, xalq marosimlarida, rasm-rusumlarida va odatlarida mustaqil bir sohasi sifatida musobaqalarda, bahslarda keng qo`llanilgan.
Jismoniy tarbiya xalqning urf-odatlarida, udum va rasm-rusumlarida shakllanib, ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan. Xalq milliy o`yinlari ming yillar davomida bizgacha etib kelgan milliy xalq o`yinlari "Otda chopish", "Qiz quvlash", "Uloq", "Kamonda o`q otish", "CHillak", "Oq suyak", "Soqqa", Besh tosh kabi va boshqa o`yinlar orqali botirlik, epchillik, tezkorlik, muvozan`atni saqlash sifatlarini rivojlantirishda hamda qaddi-qomatni shakillantirish, ahloq-odob, ong, xotira, diqqal kabi xislatlarni sayqal toptirilsa, albatta sog’liqni mustahkamlashda samarali vosita bo`lib kelmoqda.
1998 yil 13-14 noyabr kunlari Termiz shahrida "Alpomish
o`yinlari" birinchi Respublika musobaqasi bo`lib o`tdi. Xalq milliy o`yinlari va tomoshalaridan jamlangan bu festival millatimiz g’ururi, oriyati iftixori, qomusi hisoblanish Alpomish siymosiga, boy milliy qadriyatlarimizga bo`lgan hurmat, e`tibor tantanasidir. Haqiqatdan, xalqimizning o`tmishi pahlavonlik va bahodirlik san`ati bilan singdirilgan. Chunki unda "Kurash", “Tortishmachoq", "Bo`ron", "Mindi",
"Turon" yakkakurashi kabi musobaqalar bo`yicha bellashuvlar o`tkazilishi millatimiz salomatligi uchun muhim asos bo`ladi.
O`rta Osiyo xalqlarini otsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki xalqning urf-odatlari, to`y-tomoshalari, o`yin-kulgusining bosh yordamchisidan biri ot xisoblangan. Otda yurib ov qilish, ot ustida turib kamon torish, qilichbozlik, nayzabozlik qilish, ot ustida kurash tushish, ot poygasi, uloq va boshqa juda ko`p jistnoniy mashq turlari bunga yorqin misol bo`la oladi. Og’zaki xalq ijodiyotidagi "Alpomish va Barchinoy", "Go`ro`g’li", "Qirqqiz", "Kuntug’mish" va boshqa dostonlarda ot asosiy qahramondan keyin ikkinchi o`rinda to`laqonli ta`rif etilgan. Masalan, ajoyib chavandoz, mohir mergan, kudlli pahlavon degan tushunchalar ot bilan bog’liq bo`lgan o`yinlarda ishlarilgan. Umar Hayyom otning qirq ikki zotini keltiradi va har qaysisiga alohida ta`rif beradi:
Butun olamga mashhur bo`lgan Jizzaxning "Qorabayiri", Surxondaryoning "Boychidari", "Irkuki", "Ko`k kaptari", "CHambil bellari" deb atalgan zotdor otlari deyarli yoo`q bo`lib ketgan. Qatag’on yillari otlarga juda katta soliq solindi, oqibatda ba`zi odamlar otini so`ydi, ba`zilar esa davlatga tekinga berdi.
Milliy xarakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishni o`ziga xos tomonlari.
Sobiq sho`rolar davrida o`zbek xalq milliy harakatli o`yinlaridagi juda ko`p qoida va mezonlar, jumladan: o`yin boshlash uchun bolalarni chaqirish va to`plash, qur`a tashlash, o`yinni tamomlash, rag’batlantirish, taqdirlash, jazolash va boshqalar o`zgarishlarga duch keldi. Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bo`lgan, albatta. Ijobiy tomoni harakatli o`yinlar irminologiyasi turli milliy va baynalmilal so`zlar hisobiga boyidi. Salbiy tomoni, shu xalq yaratgan o`yinlardagi milliylik bo`yog’i o`zgardi, ohori to`kildi, ya`ni ko`pgina o`yinlar umumiylik sifatini kasb etdi, bu shu xalq urf-odati, udumlari, madaniyatining tabiiyligiga putur etkazildi, degan so`zdir. YOki buni xalqning ma`naviyati, qadriyatini yo`qotishdagi ilk qadamlardan biri deb tushunsa ham bo`ladi. To`g’ri, etmish yil mobaynida hammamiz ma`lum bir ko`rsatmalar asosida ishladik, endi esa mustaqil mamlakat bo`ldik. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimizning barcha jabhalardagi madaniy merosini, ma`naviyatini, madaniyatini tiklashimiz va uni rivojlantirishni o`z oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri deb qarashimiz kerak.
Xalq milliy harakatli o`yinlari, raqslari va sport turlari singari o`zining bitmas-tugalmas bilim va tajriba sarchashmasiga ega. Shu boisdan milliy harakatli o`yinlarni o`rganish, keng jamoatchilik asosida tadqiq qilish, ularni o`quvchilarning jismoniy madaniyati jarayoniga tadqiq etish, ayni muddaodir.
Milliy harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishning o`ziga xos tomonlari mavjud. Shuning uchun ham, o`yinning nozik tomonlarini bilishning ahamiyati kattadir.
O`yinning bolalarni o`yinga chaqirish va to`plash, o`yinni boshlash uchun qur`a tashlash, o`yinni tamomlash kabi o`yin mazmunini to`liq ochib beradigan o`ziga xos xususiyatlarini bilmasdan turib sog’lomlashtirish, ta`lim-tarbiyaviy vazifalarni, jismoniy sifatlarni (tezkorlik, chidamlilik, kuch, chaqqonlik va boshqalarni) tarbiyalab bo`lmaydi. Xalqning mehr qo`ri bilan yaratilgan har bir o`yini, o`yinning umrboqiyligi, unga qanday munosabatda bo`lishiga ham bog’liq. Binobarin, o`yin har bir xalqning qalb ohanglari, hayol tashvishlar va quvonchlarni, turmush tarzini, xususiyatlarini belgilaydi. Uni saqlab, e`zozlab, me`yoriga etkazib o`ynay bilish faqat shu xalq vakiligagina xosdir. Birorta millat o`zgalar o`yinini, ularchalik zavq-shavq bilan, ko`tarinki ruh bilan o`ynay olmaydi. Sababi har bir millat o`ziga xos uslubga, xususiyatga ega. Bu esa shu millatga ona tabiat tomonidan berilgan in`omdir, ne`matdir. Uni ko`r-ko`rona o`zgartirish mumkin emas, o`zgartirishlarni turmushning o`zi taraqqiyot, rivojlanish, turmush tarzidan kelib chiqib kiritib boradi.
O`yinga chaqirish va to`plash
Xalq og’zaki ijodini o`rganish va ilmiy adabiyotlar tahlili bolalarni o`yinga chaqirish va o`ynovchilarni to`plash odat tusiga kirganligini, harakatli o`yinlarni o`ynash uchun ma`lum belgilangan vaqt, joy tanlanmagan yoki maxsus hozirlik ko`rilmaganligini ko`rsatadi. Ular qachon to`planishsa o`sha payt, o`sha vaqtda o`yin o`ynalavergan. Shuning uchun ham o`yinlar boshlanishidan oldin bolalarni yig’ish, ularni bir joyga to`plashda har bir bolaning jonbozlik, tashabbus ko`rsatishi talab qilingan.
Ota-onalar o`z bolalarini uydan chiqishiga turli xil munosabatda bo`ladilar. Ko`pincha, ota-ona bolaga javob bermaslikka harakat qiladi.
Bolalar buni juda yaxshi bilishadi, ular o`rtog’ini uydan chaqirib olish yo`lini qidiradilar. Bu haqda G.Jahongirov o`zining „O`zbek bolalar folklori" nomli risolasida juda yaxshi to`xtalgan: Ular uch-to`rtta bo`lib, o`rtog’ining hovlisiga boradilar, ko`chada turib chaqira boshlaydilar.
Masalan, qizlar dugonalarini chaqiradilar
-Kel, o`rtoq, kurchoq-kurchoq o`ynaylik!
-YUr, bekinmachoq o`ynaymiz!
O`g’il bolalar o`rtog’ining laqabini aytib chaqirishi mumkin:
-Laylak, chiq o`ynaymiz!
Ba`zi joylarda o`yinga quyidagicha chaqiriladi:
-Tokchaga bug’doy sepuvdim,
Undimikino, unidimikin?
Mashrabboy uydan chiqmaydi,
yotdimikino, yotdimikin?
Ayrim joylarda esa keskinroq, murosasizroq ravishda chaqiriladi:
-Tomda tovuq qolarmu,
Ayvoningdan otarmi?
O`yin yoqmas bolalar.
Nomozshomdan qotarmu?
Kel-ho, kel!
Dangasalik qilib ko`chaga chiqishga eringanlarga darhol tanqidga uchraydi, bolalar ularni mustaqillikka, dadil bo`lishga undaydilar:
-Keragida paxta bor,
Uyqung kelsa yotaver.
Onang qurg’ur qo`ymaydi,
Mushday qorning to`ymaydi?
Kel-ho, kel!
Agar chaqiriluvchi qiz bola bo`lsa, u birmuncha muloyim ohangda chaqiriladi. Mabodo, qizning onasi o`gay bo`lib, qiziga yomon qarashini dugonalari bilguday bo`lsa ham, termada „o`gay ona" so`zi ishlatilmaydi, imo-ishora bilan o`z noroziligini ifoda qiladilar
-Oylar oydin ho bo`libdi, dugona,
o`ynagingiz kelibdi,. dugona,
Yoki onang qo`ymaydimi, dugona,
Mushtak qoring to`ymaydimi, dugona?
Shuncha chorlovdan keyin ham chiqishmasa, ularning nomiga kesatiq so`zlar aytiladi, o`yinyoqmas qizlar esa kampirlarga o`xshatiladi:
Kip botti, oyijon momo yotdi,
Yotishi bilan uyg’onmay qopti!
Bolalar bir-birlarini qo`shiq aytib, o`ynagani chaqirganlar. Bunday o`yinlar xalq ichida chorlamalar deb yuritiladi. Bu o`yin chorlov kechirmalarini ayni bir vaziyatga bog’liq holda ifodalaydi va o`yinga da`vat etish, chaqirish, to`plash vazifasini bajaradi:
Bola bo`lsang, kelaver,
o`ynab-o`ynab kelaver.
Kel-ho, kel!
Kel-ho, kel!
Chorlamalar, asosan, hayqirib aytiladi, bu esa bolalardagi o`ynash ishtiyoqini oshiruvchi alanga kabi ta`sirchan vositadir.
O`yinga chaqirish va tashkil qilishning turlari, shakllari juda ko`p, biz faqat ayrim namunalarinigina keltirdik. Uning asosiy vazifasi bolalarni o`yinga da`vat qilish, qalblarini qitiqlash, undash, esga solish va ularning qiziqishlarini kuchaytirishdan iboratdir.
O`yinni boshlash uchun qur`a tashlash.
Xalq harakatli o`yinlarining asosiy shartlaridan biri qur`a yoki chek tashlash bo`lib, u bo`lajak o`yinning haqqoniy, shiddatli, qizg’in o`tishiga kafolat beradi.
Xar bir o`yinning jiddiy baxs, musobaqa usulida olib borilishida chek tashlashning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. CHek tashlash haqidagi ma`lumot Mahmud Koshg’ariyning mashhur „Devon-u lug’atit turk" kitobida bayon qilingan. Ushbu kitobda bu so`z “chekashdi" ma`nosida berilgan. Boshqa bir sahifada chek tashlashning izohi “qur`a” ma`nosida berilgan: „U barmoqlar bilan qur`a tashlab, lolyini sinadi". Bundan tashqari, uning „suriladi" ko`rinishi ham mavjud. Vaholanki, chek tashlashdan, “surilishdan” maqsad — toleyini sinab ko`rmoqdir. Bolalarning qur`a tashlashdan asosiy maqsadi, o`yinni kim, qaysi biri oldin boshlashi kerakligini aniqlashdir.
Milliy xalq harakatli o`yinlarini boshlash uchun, asosan, chek tashlashning to`rt xil usulidan foydalaniladi: 1) og’zaki; 2) biror buyumni tashlash; 3) biror buyumni yashirish; 4) sanoq termalari.
Qur`a tashlashning og’zaki usuli ham mavjud bo`lib, u o`yin boshlanishidan oldin bolalar ikki guruhga bo`linganda qo`llaniladi. Avval bolalar tomonidan ikkita bola o`yinboshi qilib tayinlanadi. So`ngra yig’ilgan bolalar bir juftdan bo`lishib, bir-birlariga “ot qo`yib”, o`yinboshilar oldiga kelishadi. O`yinboshilar belgilangan joyda turishib ularning so`zlarini tinglashadi. Ikki bola baravariga yoki birontasi:
-ona, ona, kim ona? deydi.
-men ona yoki biz ona, - deb o`yinboshilar aytadilar, bolalar:
-sizga osmondagi oy kerakmi, kishnab turgan toy kerakmi? Ikki o`yinboshi kim birinchi tanlab olishi kerakligini o`zaro
oldindan kelishib oladilar va birinchi o`yinboshi aytadi:
-menga kishnab turgan toy kerak.
-unday bo`lsa, kishnab turgan toy men bo`laman!
-bu yoqqa o`t, bizdan ekansan! - deydi birinchi o`yinboshi.
Ikkinchi o`yinboshiga esa “osmondagi oy” o`tadi.
Yoki:
-kimga anor, kimga o`rik? - deyiladi.
Endi ikkinchi o`yinboshining “anor” yoki “o`rik” tanlash navbati keladi.
Shunday qilib, bolalar xayollariga qanday buyum, qurol, narsa, hayvon, parranda, qush nomi kelsa, o`zlarini shuning nomi bilan belgilaydilar:
-kimga qalpoq, kimga telpak?
-suvmi, moymi?
-qirg’iymi, lochin?
-tulkimi, bo`ri?
Ba`zan chiroyli sh`riy lavhalar ham to`qishadi:
-laylak keldi yoz bo`ldi, Qanoti qog’oz bo`ldi.
-biz ikki - guli lola.
-kimga gul-u, kimga lola?
Bolalar xarakter xususitlariga ko`ra qaytarishni yoqtirmaydilar, shuning uchun noyob so`zlarni ishlatishga harakat qiladilar. O`yinboshilarni fikran chalg’itish maqsadida o`z nomlarini “qiyshiq qo`yib” olishlari ham mumkin:
-kimga “man”, kimga “san”? - deyishadi. Birinchi o`yinboshi “man”ni tanlasa, „san"ni tanlaganlar keyingi navbatda o`yinga kirishadi. Masalan, o`yin navbatini aniqlash uchun bitta bola o`ynovchilardan 8-10 metr uzoqlikda teskari turib, bir qo`lini musht, bir qo`lini shop (qilich ma`nosida) qilib, balandga ko`tarib turadi. Ikkala o`yinboshi o`zaro kelishib, biri “musht”ni, ikkinchisi “shop” ni tanlaydi.
-mushtmi, shop! - deyishadi o`yinboshilar. Turgan bola bir qo`lini tushiradi, qaysi qo`l pastga tushirilsa, ya`ni “musht” pastga tushsa, o`yinni “musht” degan birinchi bo`lib boshlab beradi.
“Danakni yashirish” o`yinida bir dona danakni o`yinchilardan biri kaftiga yashiradi, o`yinboshilardan qaysi biri danakni topsa, o`shaning guruhi o`yinni boshlaydi.
O`yinboshini aniqlashning boshqa usuli — tayoqcha, gugurt cho`pi yoki o`yinchilar soniga qarab maydondagi qurigan o`tlardan shuncha cho`p teriladi. Ularning o`lchami tenglashtiriladi, cho`plardan biri kaltaroq bo`lishi kerak.
Hammasi kaftga jamlanib, bir uchi teng qilib birlashtiriladi, ikkinchi uchi ko`rsatilmaydi. Bolalar navbat bilan kelib, bittadan cho`pni tortadilar. Kim kalta cho`pni tortib olsa, o`sha o`yinboshi bo`ladi. Shu o`yinni boshqacha yo`sinda tashkil qilish ham mumkin. Masalan, bir necha bo`lak qog’oz parchalari olinib, bittasiga biron belgi qo`yiladi, so`ngra ular cho`ntak, xalta yoki do`ppi ichida aralashtiriladi. Kim belgi qo`yilgan qog’oz parchasini olsa, o`sha o`yinboshi hisoblanadi.
Agar, o`yinga besh kishi yig’ilgan bo`lsa, qur`a tashlashning eng oddiy va tez usulini qo`llash maqsadga muvofiqdir. Kimdir sezdirmasdan barmog’ining birini ohak, rangli qalam bilan bo`yaydi, kaftini musht holatida teskari ushlab to`planganlar oldiga keladi. „Barmoqning birini och!, deb o`ynovchilarga taklif qiladi. Xar bir o`ynovchi navbat bilan barmoqlarini ochadi. Kim bo`yalgan barmoqni topsa, o`yinni o`sha boshqaradi.
Agar bo`yalgan barmoq ochilmay qolsa, taklif qilgan kishi o`yinboshi bo`ladi.
Ilgarilari, ko`pincha, tanga tashlab ham toleyini sinab ko`rishgan va bu quyidagi usulda bajarilgan. Bosh barmoq ustiga tanga qo`yilib, osmonga qaratib chertiladi, tushayotgan payti ushlanib, kaftga yashiriladi va so`raladi:
-burgutmi, teskarisi? (Burgut tanganing tasviri tushirilgan tomoni, teskarisi uning orqa tomoni). O`yinchi tanganing bir tomonini tanlaydi. Kaft ochiladi, kim osmonga qarab turgan tomonini tanlagan bo`lsa, o`yin navbati o`shaniki bo`ladi.
Yoki tanga bo`lmasa, yapaloq tekisgina tosh yoki kesak topib, uning bir tomonini namlash kerak. So`ngra yuqoriga irg’itish lozim, o`yinni kim boshqarish kerakligini aniqlash zarur. “YOmg’irmi, tog’ora?”, deb so`raladi. U yomg’ir desa, demak namlangan tomon yuqoriga qarab tushishi lozim, tog’ora esa quruq, quyoshli ob-havoni bildiradi.
Yoki kichkina buyumni bir kaftda yashirib, ikkalasini ham oldinga cho`zib so`raladi: “O`ngidami, chapida?” Agar sherik yashirilgan buyumni topsa, u o`yinni boshlaydi, topmasi o`zi boshlaydi.
Sanoq termalari
Sanoq - bolalar o`yinlarining chek tashlash holatidagi asosiy vositasidir. „Sanoqlardan asosiy ko`zlangan maqsad - o`yin boshlashdan oldin boshlovchini yoki navbatchini aniqlash, biror bolaga gal berishdan iborat". “Trma” umuman xalq og’zaki ijodiga mansub sho`x, hazilomuz yoki tirik, odatda, to`rt misradan iborat qo`shiq yoki she`r sanaladi.
Demak, sanoq termalari bolalar o`yin boshlashdan oldin boshlovchini, navbatchi yoki o`yinboshini aniqlab beruvchi yordamchi vositadir. Sanoq termalari, odatda, qat`iy ohang va marom qoidalariga bo`ysunib, tegishli joyda urg’u berib aytiladi. Sanoq termalarini mazmuni va bajarilish turiga ko`ra shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: oddiy sanoq termalari va tanlovchi sanoq termalari. Masalan, oddiy sanoq termalari quyidagicha bo`ladi:
Chori chambar. Bori anbar. Ona qiz qayda? Ola-bula tog’da. Tog’man, zuvman, piltakash to`ti qiz, San tur, san chiq.
Ayrim sanoqlar dialog shaklida bo`lib, sanash ohangida aytiladi. Bunday sanoqlardagi dialog shakli faqat ma`no jihatdan o`zaro bog’lanish usuli sifatidagina xizmat qiladi. Masalan:
Bir, ikki, o`n olti, O`n olti deb kirm aytdi? Oqqina kuchukcha ayti, Oqqina kuchukcha o`ldi, Bolasi menga qoldi. Bolasini bering-chi? Qani olib ko`ring-chi, Salim qochdi, Halim tutdi.
Sanoq termalaridagi har bir so`z bitta raqamni ifoda etadi, ya`ni uch misradan tortib, yigirma to`rt misragacha, hattoki, undan ham katta hajmda bo`lishi aniqlangan. Bu har bir misrada 2-4 tagacha so`zlar bor demakdir.
Sanoqlarning vazn tuzilishi erkin, binobarin, to`rt bo`g’indan sakkiz bo`g’ingacha bo`lishi kuzatilgan.
Dostları ilə paylaş: |