Xalq ogʻzaki ijodi na’munalarini toʻplash va nashrga tayyorlash Haydarova Ruhshona Dilshod qizi ToshDOʻTAU Oʻzbek filologiyasi fakulteti,2-kurs ruxshonahaydarova56@gmail.com +998939995307 Annotatsiya. Ushbu maqola 2022-yilda nashr etilgan ,,Xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari” nomli toʻplam tafsilotlariga bagʻishlangan boʻlib unda xalq ogʻzaki ijodi namunalarini toʻplash, nashrga tayyorlash masalasining dolzarbligi, bu jarayonda talaba va magistrantlarni oʻrni borasida fikr yuritilgan. Hozirgi kunda folklorshunos olimlar va oliy oʻquv yurtidagi filologiya yoʻnalishi talabalari xalqimiz orasidagi qadimiy qadriyatlarimiz negizida qurilgan xalq ogʻzaki ijod namunalarini toʻplash va nashrga tayyorlash jarayonida mas’uldir. Maqolada turli xil ekspeditsiyalar tashkil etish toʻgrisida takliflar keltirilgan. Abstract. This article is devoted to the details of the collection entitled "Examples of folk art" published in 2022. It discusses the importance of collecting examples of folk art and preparing them for publication, as well as the role of students and graduate students in this process. Currently, folklore scientists and students of philology at the higher educational institution are responsible for the process of collecting and preparing for publication examples of folk oral creations built on the basis of ancient values among our people. The article contains proposals for organizing various expeditions Kalit soʻzlar: xalq ogʻzaki ijodi namunalari,postfolklor, ramz, folklor ekpeditsiyasi,yozib olish,respondent. Key words: samples of folklore, post-folklore, symbol, folklore expedition, recording, respondent. Bizga maʼlumki, oʻtgan asrda folklorshunoslik sohasida xalq ogʻzaki ijodi namunalarini to’plash va nashr ettirishga boʻlgan e’tibor kuchli boʻlgan. Xususan, bu borada Xodi Zaripov, Muzayyana Alaviya, Zubayda Husainova , Mansur Afzalov va boshqa olimlarimiz jiddiy tadqiqotlar olib borishgan. Foklorshunosligimiz asoschisi Xodi Zaripovning doston, Mansur Afzalov ertak, Muzayyana Alaviya xalq qoʻshiqlari,Zubayda Husainova maqol va topishmoqlarni toʻplash va nashr ettirish borasidagi sa’y‑harakatlari oʻtgan asrdagi folklor namunalarini bizgacha yetib kelishida muhim rol oʻynadi. 2022-yilda universitetimiz magistrantlari: Jumagulova Dilafruz, Olimova Gulfiza, Qurbonov Sodiqlar tomonidan Qashqadaryo va Surxandaryo viloyatidagi ma’lum bir hududlaridan toʻplangan xalq ogʻzaki ijodi namunalarini I.Sayitqulov tomonidan nashrga tayyorlandi.Toʻplam folklor namunalari va ,,Goʻroʻgʻlining tugʻilishi” (dostondan parcha)dan iborat. Hozirgi kunda nashr ettirish bilan birgalikda toʻplashga boʻlgan e’tibor ham sezilarli darajada kamaydi. Shunday toʻplamlar sonini yanada kengaytirish maqsadida Oʻzbekistan Respublikasi boʻylab folklor namunalari toʻplash va nashr ettirishga boʻlgan etiborni yanada kuchaytirish lozim. Xalq ogʻzaki ijodi namunalarini oʻziga xos jihatlaridan biri boʻlgan ogʻzaki holda saqlab qolish maqsadida nafaqat folklorshunos olimlarni balki Oliy oʻquv yurtidagi magistr va bakalavr talabalarini jalb etishni va ular ishtirokida ekspeditsiyalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi targʻibot ishlarini amalga oshirish lozim.Toʻplamda keltirilgan ayrim na’munalar haqida toʻxtalib oʻtsak:
Yogʻirchoq tortmas edim,
Och qolganimdan tortaman.
Sobzavon aytmas edim ,
Kuyganlarimdan aytaman.(Xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari,2022,9-bet)
Bu qoʻshiqda xalqimizning oldingi kun kechirishlari uchun vosita bo’lgan yogʻirchoqni hohlab emas, och qolmaslik uchun farzandlariga mehribon bir ayol yoki bir qiz dardi keltirib o’tilgan. Bu yerda ,, sobzavonʻʻ soʻzi mahzunlik, siqilgan paytida aytiladigan qoʻshiq ma’nosida kelgan. Oʻsha davr muhiti ocharchilik bu mehnat qoʻshigʻini paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. Xuddi shu qoʻshiqning yana bir varianti folklorshunos olima Muzayyana Alaviyaning ,,Oq olma, qizil olmaʻʻ toʻplamida ham keltirib oʻtilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, hozirgi kunda ham xalqimiz orasida folklore namunalari ogʻzaki holda yashab kelmoqda:
Yorgʻinchoq tortmas edim,
Och qolganimdan tortaman
Xasratim aytmas edim
Kuyganimdan aytaman(Alaviya.M,195-196 bet)
Mazkur to’plamdagi xalq qoʻshiqlarining ramzlar bilan bogʻliqligni e’tiborga molik jihatlarini ham sanab o’tishimiz joiz. Xususan: