Xalq pedagogikasida milliy urf-odatlar, an’analar, udumlar, bayramlar, m arosimlarning tarbiya vositasi sifatidagi o ‘rni Milliy urf-odatlar, an’analar, marosimlarning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati. Xalq o‘yinlari va o ‘yinchoqlar. Oilaviy an’analar. Tarbiyaviy an ’analar. Bayramlar. Xalq sayllari. Davlat bayramlari, diniy bayramlar. Xalq bayramlari turlari. Milliy urf-odatlar va an’analarning e ’zozlanishi, avlodlarga m e’ros qoldirilishi va ularning barqarorligining ta ’minlanishi.
Xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati va madaniyatining o‘rni
Xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi. Tarixiy yodgorliklar va milliy m e’morchilik. Milliy musiqa va q o ‘shiqchilik san’ati, xalq raqs san’ati va teatr. Dorbozlik. Q o‘g ‘irchoq teatri, uning tarixi. Tasviriy san’at. Xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at, musiqa san’ati yosh avlodni estetik tarbiyalashda muhim omil sifatida.
XALQ OG’ZAKI IJODI
Xalqimiz ma’naviy va milliy qadriyatlarga nihoyatda boy. Birgina nikoh to‘yidan keyingi marosim hisoblangan kelin salomning o‘zi har bir hududda o‘ziga xos tarzda o‘tkaziladi. Aslida kelin salom ham xalq og‘zaki ijodining yorqin bir ko‘ri-nishidir. Biz ertaklar, laparlar, ayti-shuvlar, topishmoqlar, allalar va maqol- larni eshitib ulg‘ayganmiz.
Xalqimizning xayoliy dunyosi, yuksak tafakkuri mahsuli bo‘lgan bu yanglig‘ xalq og‘zaki ijodi namunalarini tinglab tafakkur olamimiz kengayib,
oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay oldik. Insonni ma’naviy yuksaklik sari etaklovchi bu boy madaniy merosimiz asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay, yillar o‘tgan sari sayqal topib bormoqda. Agar alla misolida so‘z yuritadigan bo‘lsak, unda onaning farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri, jigarbandiga atalgan go‘zal to‘yg‘ulari, xush tilaklari mujassam. Alla – hayotbaxsh, huzurbaxsh, barcha yaxshiligu, ezguliklarning debochasi, boshlanish ohangidir. Bil’aks, uning o‘zi yurakning nozik torlaridan yaralib, dunyolarga jon baxsh etadi. Ona alla aytar ekan, farzandining kelajakda baxtli, saodatli va shu bilan bir qatorda, sog‘lom, qo‘rqmas, shijoatli, botir bo‘lib ulg‘ayishini istaydi.