Xalq ta’limi boshqarmasi xalq ta’limi bo‘limiga qarashli



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə11/11
tarix13.10.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#65035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
11-sinf sinf soati ish reja va dars ishlanma 2022-2023-yil

MMIBDO’:____________________

Sana:_________________________


5-Mavzu: Men o’z kelajagi,m uchun saylovlarda ovoz beraman
Doskada: “Men Vatan uchun nima qildim!”
Mashg’ulotning maqsadi:. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish.
O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Jonajon O’zbekistonim, mangu bo`l omon!
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, "Vatan tuyqusi" darsligi, Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi, tarqatma materiallar, slaydlar.
Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Vatan tuyqusi", "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.
1.Tashkiliy qism: salomlashish,davomat,tozalikka e’tibor berish
II.Asosiy qism
Aziz o‘quvchi, shuni esda tutingki, dunyodagi har bir xalqning milliy g‘oyasi, avvalo, uning taraqqiyotiga, shu yo‘lda butun jamiyat a’zolarini birlashtirish, ularning kuch va imkoniyatlarini ezgu maqsadlarga erishish yo‘lida safarbar etishga xizmat qiladi. Bizning
milliy g‘oyamizda yurtimizda huquqiy dåmokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, bu jarayonda xalqimizning faol ishtirok etishini ta’minlash, uning turmush farovonligini, Vatanimizning dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborini oshirish bosh maqsadlardan hisoblanadi.
Vatanning taraqqiy topishi uchun, avvalo, yurt tinch,xalq farovon bo‘lishi lozim. Shu bois yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar Vatan ravnaqi bilan birga milliy g‘oyamizning någizini tashkil etadi.
Ana shu maqsadlarga erishish uchun esa diyorimizda yashayotgan insonlar ham jismoniy, ham ma’naviy tomondan yåtuk bo‘lishi,ular qaysi millat yoki elatga mansub bo‘lmasin, barchamiz uchun yagona bo‘lgan ona O‘zbåkistonimiz taraqqiyoti yo‘lida birlashishi, hamkor-u hamnafas bo‘lib yashashi saylovlarda faol bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovshi bir ovozga ega. O’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasining
18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita sheklashga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o’zida ikkidan ortiq vakillik organining deputati bo’lishi mumkin emas. Saylov o’tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Faol o’quvchilar rag’batlantiriladi
MMIBDO’:____________________


Dars ishlanmani to’liq holda olish uchun
+99891-159-53-53 nomerga murojaat qilishingiz yoki shu nomerdagi telegram orqali bog’lanishingiz so‘raladi.
Telegramda murojaatingizga o‘z vaqtida javob beriladi
11-sinf sinf soatini to‘liq holda olish uchun telegramdan yozing.
Narxi: 15 ming so‘m
To’lov uchun: 8600 5103 6188 2256
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin