Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashNING TAKOMILlashTIRILGAN TIZIMINI TASDIQlash to‘G‘risida



Yüklə 168,37 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü168,37 Kb.
#109565
275 21.12.2005


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQ TA’LIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LAShNING TAKOMILLAShTIRILGAN TIZIMINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 25-noyabrdagi PQ–227-son qarorini bajarish yuzasidan hamda iqtidorli, o‘z kasbiga sodiq pedagoglarni rag‘batlantirish, o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lashning adolatli va oshkora mexanizmini joriy etish hisobiga ularning tashabbuskorligi va kasb mahorati o‘sishini rag‘batlantirish, umumta’lim maktablari xodimlari mehnatini baholash va moddiy rag‘batlantirish masalalarini hal qilishda maktablarning mustaqilligini oshirish hamda pedagogik jamoalar huquqlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida davlat hokimiyati mahalliy organlari, xalq ta’limini boshqarish hududiy organlari, pedagoglar jamoatchiligi vakillari ishtirokida xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi har tomonlama muhokama qilinganligi va ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
xalq ta’limi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-son)
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Direktor jamg‘armasi barcha umumta’lim muassasalarida — maktablarda tashkil etiladi;
Direktor jamg‘armasi mablag‘lari faqat umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga ustamalar belgilash uchun yo‘naltiriladi;
Direktor jamg‘armasi mablag‘laridan ustamalar bilan umumta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayoniga katta shaxsiy hissa qo‘shayotgan, o‘z kasbiga sodiqlik va tashabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli o‘qituvchilari rag‘batlantiriladi.
Umumta’lim muassasalari xodimlariga Direktor jamg‘armasidan har oylik ustamalar va boshqa rag‘batlantirishlar belgilash to‘g‘risidagi qarorlar umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.
Bunda xalq ta’limini boshqarish hududiy organlarining umumta’lim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi (sinf — komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda — 8,8 foiz, 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 17,6 foiz.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 17,6 foiz.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, ikki hafta muddatda Umumta’lim muassasasi-maktab huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda:
maxsus komissiyaning huquqlari va mas’uliyati, uning majlislarini o‘tkazish va qarorlar qabul qilish tartibini;
pedagogik mehnatni baholash mezonlari asosida o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga ustamalarning aniq miqdorlarini belgilash tartibini;
Direktor jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini;
maxsus komissiyalarning samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq boshqa masalalarni tartibga solish nazarda tutilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq monitoring o‘rnatsinlar.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi monitoring asosida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot bersinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2006-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-dekabr,
275-son
Yüklə 168,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin