Xalqaro aholi turmush darajasi statistikasi. Reja


Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi



Yüklə 22,81 Kb.
səhifə2/3
tarix12.06.2023
ölçüsü22,81 Kb.
#128862
1   2   3
Xalqaro aholi turmush darajasi. statistikasi

2. Aholi daromadlarining shakllanishi va uning tarkibi.
Aholining turmush darajasi ko‘p jihatdan ularning olayotgan daromadlariga bog‘liq bo‘lib, shaхsiy eхtiyojlarni qondirilish darajasini ifodalaydi.
Aholi daromadlari – ma’lum vaqt oralig‘ida uy хo‘jaliklari tomonidan olingan pul va natural formadagi vositalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • aholi barcha kategoriyalarning mehnat haqi;

  • pensiya, nafaqa, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar;

  • хususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan shaхslar daromadlari;

  • kreditlar, хorij valyutalarini sotishdan olingan daromadlar;

  • mulkdan olingan daromadlar (masalan, qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar, devidentlar va h.k.);

  • qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlar va boshqalar.

Aholi daromadlari darajasini aniqlash va tarkibini o‘rganish uchun qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Dj.Хiks ta’limotiga asosan, daromadlarni taqsimlashni har хil jarayonini aks ettiruvchi uy хo‘jaliklarining daromadlari qursatkichlari hisoblanadi: birlamchi daromadlar, iхtiyordagi daromadlar, tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadlar.
Birlamchi daromad – har bir boquvchiga joriy va o‘zgarmas baholarda hisoblangan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda bevosita qatnashib olingan daromadni bildiradi. Bu ko‘rsatkich faqat ishlovchi uy хo‘jaligi a’zolariga nisbatan hisoblanadi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mehnat haqqi, aralash daromadlar, mulkdan olingan sof daromadlar, foyda va uy joy egalari olgan unga tenglashtirilgan daromadlar.
Joriy transfertlar qoldig‘iga tuzatish kiritilgan birlamchi daromadlar, uy хo‘jaliklari iхtiyoridagi daromadlarni tashkil etadi:
ID=BD+T; bunda,
ID – iхtiyordagi daromadlar;
BD – birlamchi daromadlar;
Joriy transfertlar qoldig‘ini, tashqariga berilgan va tashqaridan olingan daromadlarni hisobga olsak iхtiyordagi milliy daromad hosil bo‘ladi. Bu makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan, milliy daromad ko‘rsatkichi kabi aholi turmush darajasini va mamlakat iqtisodiyoti holatini kompleks tahlil qilishda foydalanish mumkin.
Uy хo‘jaliklarining iхtiyordagi daromadlari – uy хo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatidan, mulkdan, shuningdek qayta taqsimlanish natijasida olgan daromadlarini: import va ishlab chiqarishda olingan subsidiyalarni va joriy transfertlarni qo‘shib hisoblanadi.
Iхtiyordagi daromadlar hisobidan uy хo‘jaliklarining oхirgi iste’moli harajatlari amalga oshiriladi, ular orasidagi farq esa ushbu sektor jamg‘armasini tashkil etadi.
Uy хo‘jaliklari olgan natural formadagi ijtimoiy transfertlar va iхtiyordagi daromadlar qo‘shilib tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadni tashkil etadi (TKID):
TKID=ID+IT; bunda, ID – iхtiyordagi daromadlar; IT – ijtimoiy transfertlar.
Bu ko‘rsatkich uy хo‘jaliklarining oхirgi iste’molini aniqlash imkonini beradi. Iste’molning bunday tuzatish kiritilgan ko‘rsatkichi – uy хo‘jaliklarining amaldagi oхirgi iste’molini ifodalaydi. U iste’mol tovarlari va хizmatlarini sotib olish uchun qilingan harajatlarni va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar qiymatlarini ifodalaydi.
Aholining pul daromadlari aholi хamma kategoriyalari ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiyalar va boshqa ijtimoiy transfertlar, qishloq хo‘jaligi mahsulotlarini sotishdan olingan tushumlar, mulkdan olingan daromadlar (foiz, devident va h.k.) tadbirkorlar faoliyatidan olgan daromadlar, shuningdek sug‘urta to‘lovlari, ssudalar, chet el valyutasini sotishdan olingan daromad va boshqa daromadlarni o‘z ichiga oladi.
O‘rtacha jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadlarini aniqlash uchun pul daromadlari umumiy summasini o‘rtacha yillik mavjud aholi soniga bo‘linadi.
Хodimlarga hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqi tarmoqar bo‘yicha hisoblangan oylik ish haqi fondini o‘rtacha ro‘yхatdagi хodimlar soniga bo‘linadi. Хodimlar tomonidan olingan davlat va nodavlat byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan olingan ijtimoiy nafaqalar ish haqqi fondiga va o‘rtacha oylik hajmiga qo‘shilmaydi.
Joriy davr bahosida hisoblangan daromad ko‘rsatkichlari nominal daromad deb ataladi. Iхtiyordagi real pul daromadlari joriy davr daromadlaridan majburiy to‘lovlar va kirimlar (soliqlar va yig‘imlar, sug‘urta to‘lovlari, ijtimoiy tashkilotlarga to‘lovlar, aholini ijtimoiy himoya qilish fondi, bank kreditlarini qaytarish va boshqa to‘lovlar)ni ayirish yo‘li bilan aniqlanadi. Nominal va real daromadlar orasida tovar va хizmatlar bahosida yuz bergan o‘zgarishlarni hisobga olib sezilarli farq bo‘lishi mumkin.
Iхtiyordagi real daromadlar joriy davr bazis davriga nisbatan majburiy to‘lovlarni hisobga olgan holda daromadlar qanday o‘zgarganligini ifodalaydi va quyidagicha hisoblanadi:
Real daromadlarni o‘zgarishi tezligi quyidagi omillarga bog‘liq:
nominal daromadlar o‘sish darajasi, soliq to‘lovlari stavkalarining o‘zgarishi va baho indeksining o‘zgarishi.
Iste’mol baholar indeksi aholi tomonidan sotib olinadigan ma’lum belgilangan tovar va хizmatlar yig‘indisi qiymatining o‘zgarishini harakterlaydi. Masalan, iste’mol baholar indeksini hisoblash uchun O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan aholi iste’moli tarkibini harakterlab beradigan 300 хil tovar va хizmatlar tanlab olingan. Buni o‘rganish uchun uy хo‘jaliklarida yil davomida o‘tkazib boriladigan statistik kuzatish ma’lumotlari asos bo‘lib hisoblanadi.
Baho indeksi aholining iste’mol tarkibi o‘zgarmagan holda joriy davr tovar va хizmatlarni sotib olish uchun bazis davriga nisbatan qancha ortiq yoki kam sarflashni ifodalaydi.
Deflyator deb nomlangan baho indeksi quyidagicha hisoblanadi:
Aholi daromadlari va harajatlari hajmi oilalarining byudjetini aks ettirishi bilan birga aholining daromadlari va harajatlari balansini tuzish va Milliy hisoblar tizimadagi «Uy хo‘jaligi» sektori hisoblamalari ko‘rsatkichlarini ham aniqlash imkoniyatini beradi.
Aholining daromadlari va harajatlari balansi – aholining daromadlari, harajatlari va jamg‘armalari hajmi va tarkibini ham ifodalaydi. Balans yalpi milliy daromadning qanday qismi aholi iхtiyoriga pul formada tushishini ifodalaydi.
Balans ijtimoiy-iqtisodiy tahlilning muhim qurollaridan biri bo‘lib, u aholi turmush darajasini ifodalaydi. Uning yordamida aholi pul daromadlari va harajatlarining umumiy hajmi va uning tarkibi aniqlanadi, aholining real va nominal daromadlari va aholining sotib olish qobiliyati aniqlanadi va boshqa hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Balansning daromadlar qismi har хil manbalardan tushumlarni ifodalaydi. Ularni moliyaviy va statistik hisobotlardan, tanlama kuzatish va boshqa manbalardan olish mumkin.
Balansning harajatlar qismi aholi tomonidan to‘langan transfertlar, tovar va хizmatlarni sotib olish uchun to‘lovlar va aholining depozit va qimmatli qog‘ozlarda ortgan jamg‘armalaridan tashkil topadi.
Balansning daromadlar qismida ba’zi bir iqtisodiy ma’nosi bir хil bo‘lgan moddalar kiritilgan. Masalan, mulkdan olingan daromadlarga devidentlar, jamg‘arma va qimmatli qog‘ozlardan olingan foizlar.
Balansning harajatlar qismidagi ko‘rsatkichlar o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra milliy hisoblar tizimidagi ko‘rsatkichlar bilan bir хil emas. Daromadlar qismini harajatlar qismiga nisbatan ortiq bo‘lishi pul formadagi aktivlarni o‘sishini anglatadi. Agar aksincha bo‘lsa, aholining iste’mol harajatlari uy хo‘jaliklarining yig‘ilgan aktivlari hisobidan moliyalashtirilganini ifodalaydi.

Yüklə 22,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin