«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi (1)
Hisob yuritish siyosati deganda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tamoyil va asoslariga mos ravishda yuritish va tuzish uchun qo’llaniladigan usullar majmui tushuniladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo’llaniladigan o’ziga xos qoidalar va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan
«Moliyaviy hisobotni taqdim qilish» nomli 1-son BHHS asoslarida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi.
Auditor korxonada hisob yuritish siyosatining to’g’ri tanlanganligi hamda unga to’g’ri rioya qilinayotganligiga ahamiyat bera turib, quyidagilarga alohida e’tiborni qaratadi:
bank kreditlari va qarzlarni baholash va hisobga olish tartibi;
inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish tartibi;
ichki hisobotlarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi va boshqalar.
Yuqorida sanab o’tilgan qoidalar korxonaning hisob siyosatida albatta belgilanishi va unga qat’iy rioya qilinishi lozim. Ularga rioya qilmaslik muayyan darajadagi xatolarning borligi ehtimolini kuchaytiradi hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirishga olib keladi.
Auditor korxonada buxgalteriya hisobi holatini to’liq o’rganib chiqib, o’zi uchun kerakli xulosalarga keladi. Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligini baholash natijalari ma’lumotnomalar, tavsiyalar hamda loyihalar ko’rinishida rasmiylashtiriladi.
Ichki nazorat tizimiga baho berishda auditorning ichki nazorat bo’limining qanday shaklda tashkil qilinganligi hamda uning korxona boshqaruvidagi roliga alohida ahamiyat beriladi. Agarda korxonada ichki nazorat bo’limi taftish komissiyasi shaklida tashkil qilingan bo’lsa, u erdagi nazorat ishlari unchalik ham yaxshi darajada emasligini bildiradi. Ma’lumki, taftish ko’rinishida tashkil qilingan ichki nazorat tuzilishi ancha eski usul hisoblanadi hamda bu usul korxona rahbariyatiga har jiyohatdan bog’liq bo’lganligi tufayli ko’pincha ma’lumotlar real vaziyatni ifoda etmasligi mumkin. Ichki nazorat bo’limining ichki audit shaklida tuzilishi birmuncha ijobiydir. Chunki ichki audit boshqaruv apparatining maxsus bo’limi bo’lib, aynan mulkdorlarning manfaatlari nuqtai nazaridan korxona faroliyati samaradorligini oshirish maqsadida tuziladi.
Auditor ichki nazorat tizimi faoliyatini baholashda taftish komissiyasi yoki ichki audit bo’limi tomonidan rejalarning to’g’ri belgilanganligini hamda uni o’z vaqtida va to’g’ri bajarilayotganligini, tekshirish jarayonida qanday taomillar qo’llanilganligi hamda ulardan qaysilari samaraliroq ekanligini, ichki nazorat bo’limining ma’lumotlariga qay darajada ishonish mumkinligini aniqlaydi.
Auditor ichki nazorat bo’limi faoliyatini o’rganishda ularga yaratilgan barcha shart-sharoitlar: alohida xona berilganligi, ichki nazorat bo’limi xodimlarining ish haqi bilan o’z vaqtida ta’minlanishi, xodimlarning malakasi oshirilayotganligi, buxgalteriya hisobida amalga oshirilayotgan muomalalarni tekshirishga huquqi borligini, ta’sischilar umumiy yig’ilishining qarorlari, buyruqlari bilan tanishayotganligi va boshqa sharoitlar mavjudligini tekshiradi.
Agarda yuqorida sanab o’tilgan shart-sharoitlar ichki nazorat tizimiga to’liq yaratib berilgan hamda ushbu bo’lim xodimlari o’z vazifalarini sidqidildan bajarayotgan bo’lsa, u holda auditor ichki nazorat tizimining faoliyatini ishonchli deb topadi hamda tekshirish muddati va unga ketadigan xarajatlarni qisqartiradi.
Auditor ichki nazorat tizimi faoliyatiga baho berishda muayayn usullarni qo’llaydi. Bu usullar auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Eng ko’p uchraydigan tekshirish usuli test hisoblanadi. Odatda, test usuli tanlab tekshirish asosida amalga oshiriladi.
Mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini ishonchli deb topish uchun uning faoliyati quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Haqqoniylik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar haqiqatda bo’lgan hamda ular o’z vaqtida hujjatlarda ramiylashtirilganligini anglatadi.
To’liqlik. Bu talab korxonada amalga oshirilgan muomalalar buxgalteriya hisobida bekamu ko’st, to’lig’icha aks ettirilganligini ifodalaydi.
Ruxsat.
Aniqlik. Bu talab hujjatlardagi hamda buxgalteriya hisobi registrlaridagi summalarning aniq hisoblanganligini anglatadi.
Tasniflash. Bu talab barcha muomalarning hisobvaraqlarda to’g’ri, mos ravishda aks ettirilganligini anglatadi.
Hisob. Bu talab muomalalarga mos keluvchi barcha hisob jarayoni tugallanganligini hamda u umumqabul qilingan standartlarga mos kelishini ifodalaydi.
Davriylik. Bu talab muomalalar qaysi davrda sodir bo’lgan bo’lsa, o’sha davrda rasmiylashtirilishini anglatadi.
Yuqorida sanab o’tilgan talablarga javob berish auditorlarning mijoz korxonaning buxgalteriya hisobi hamda ichki nazorat tizimining to’g’ri baholashiga yordam beradi.