«xalqaro audit» fanining predmeti, ob’ekti va metodi (1)
Audit standartlarini o’zaro taqqoslash
Standart
Asosiy talablar
Namunaviy muolaja
1
2
3
Mustaqil-lik
Auditda qatnashayotgan har bir xodim kasbiy etika kodeksida keltirilgan mustaqillik talablariga
rioya qilish kerak.
Har bir auditor firmasi ishga olinayotgan audit xodimi har yili
«mustaqillik anketasi» ning savollariga javob berishi kerak
Xodimlarni
Auditda ishtirok etayotgan har bir
Har bir xodim bosh auditor
muayyan ishga
belgilash
xodim etarli texnik tayyorgarlik va
tajribaga ega bo’lishi kerak.
tomonidan belgilanadi va bu ish 2 oy
oldin amalga oshiriladi.
Maslahat
berish
Bosh auditor va auditda
qatnashayotgan xodimlar
Auditorlik firmasining direktori bilan
maslahat.
Yuqorida keltirilgan muammolar bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning turli xil shakllari mavjud bo’lgan holatda nazoratni to’g’ri tashkil qilish uchun o’z echimini topishi, keltirilgan takliflarga amal qilinishi esa bu echimni xal qilishda muhim omil bo’ladi, deb qylaymiz. Yangi sharoitlardagi o’zgarishlar hisob va nazoratga qo’yilayotgan talablarni prof. H.N.Musaev quyidagicha ifodalaydi:
«Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy islohotlar natijasida, audit muammolarining yangi iqtisodiy tizimi vujudga kelmoqda. Ushbu tizim boshqaruv, hisob-kitob va nazoratga ham yangicha talab qo’ymoqda. Ikkinchi toifali shaxs hisoblangan korxona bosh hisobchilarining endilikda huquqlari kengaygan. Turlari, faoliyat yo’nalishlari tubdan o’zgargan korxonalarda hisob va nazoratning yangi ob’ektlari vujudga keldi1.
Ushbu muammolar korxonalarda mavjud resurslardan samarali foydalanish, ularni hisobi va nazoratini bozor talablari asosida tashkil qilish qta dolzarb hisoblanadi. Auditorlik standartlari auditorlik tekshiruvlarining barcha jihatlarini belgilab beradi. Jumladan, auditorlik tekshiruvi vaqtida dallillarni to’plash, ularni xulosa tuzish vaqtida isbot sifatida ko’rsatish jarayonida auditorlik standartlari muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, auditorlik standartlari tekshiruvda mavjud haqiqiy axborot va audit protsedurasini belgilashga xizmat qiladi. Auditorlik standartlari nafaqat dalillar yig’ish, balki, o’sha dalillarni yig’ish paytida auditordan talab qilinadigan malaka va axloq qoidalarini, tekshiruv paytida qo’llanilishi mumkin bo’lgan auditorlik protseduralarini (taomillarini), shuningdek ushbu dalillarni to’plashda qo’llaniladigan usullarni ham belgilab beradi. Demak, auditorlik standartlari mijoz korxonada auditorlik tekshiruvi o’tkazilish vaqtida butun bir jarayonni boshqarib turishga samarali xizmat ko’rsatadi.
1 Ҳ. Мусаев Иқтисодий ислоҳотлар шароитида-аудит. //Бозор, пул ва кредит, 1998 №5. 56-бет
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning so’ng o’n yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi audit turi shakllandi. Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda auditorlik kompaniyasi bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini bajarish holatini kuzatib boradi. Hozircha xalqaro standartlar auditorlik tadbirlarini batafsil bayon qilishi va misollar keltirilishi bilan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan farq qiladi. Shu sababli xalqaro standartlarni o’rganish sifatli o’tkazilgan auditlarning ko’payishiga va jamoatchilik orasida auditor kasbi nufuzining ortishiga
ko’maklashadi.
Keyingi vaqtlarda auditorlik faoliyatining xalqaro ko’lamda rang-barang bo’la borishi jarayoni kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar, xususan, AQShda 20- asrning so’ng o’n yilligida auditorlik xizmatining yangi turi – guvohlik beruvchi audit turi shakllandi. Auditorlik xizmatining ushbu turi, ayniqsa, bank sohasida keng ko’lamda tarqalmoqda. Bank muassasalari mijozga kredit berishda auditorlik kompaniyalarini guvohlik beruvi shaxs tomon sifatida qaramoqda. Bunda auditorlik kompaniyasi bankdan kredit olgan mijozning kredit shartnomasini bajarish holatini kuzatib boradi.
Auditorlik xizmatining ushbu turini tartibga solish uchun AQShda maxsus standartlar ishlab chiqildi. AICPA tomonidan ishlab chiqilgan ushbu standartlar auditning umumqabul qilingan standartlariga mos kelishi lozim.
Quyidagi jadvallarda guvohlik beruvchi auditorlik standartlari bilan auditning umumqabul qilingan standartlarining o’zaro taqqoslanishi keltirilgan.