O‘qish savodxonligining maqsadi .
- badiiy tajriba ortirish.
- axborotni olish va undan foydalanish .
Tushunish jarayoni.
- Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topshirish.
- To‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish.
- G‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish.
- Kontekt va matn elementlarini baholash va tanqid qilish
TIMSS – maktabda matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish sifatini xalqaro monitoringi bo‘lib ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsatsiyasi IEA tomonidan tashkil etiladi. Mazkur dastur 4-sinf o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha egallagan bilim darajasi sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizmidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Mazkur dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u dunyodagi maktablarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilayotgan ta’lim-mazmuni o‘quv jarayoni muassasi imkonyati o‘qituvchilarning bilim darajasi tahsil oluvchilarning oilaviy muhiti bilan bog‘liq omillarni o‘rganadi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar matematika fanlarini o‘zlashtirish holatini ko‘rsatishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
PISA va TIMSS o‘rtasidagi asosiy farq. PISA, TIMSS dasturining asosiy farqi eng avvalo ularni turli xil yosh va sinflar toifasinda o‘tkazishdan iboratdir.
Masalan, PISA 15 yoshli o‘quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo’lsa, TIMSS aynan maktab bilimlarini o‘zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko‘nikmlarini maktabda uyda va jamoatchilik orasida qo’llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ta’limdagi bunday o‘zgarishlar o‘quv dasturi va o‘quv adabiyotlarini mazmunini o‘zgarishga undaydi. Ona tili matematika va tabiiy fanlardan PISA baholash dasturi yo‘nalishdagi savollar milliy ba’zasi yaratiladi va o‘quv dasturiga kiritiladi .
PISA baholash dasturi yo‘nalishdagi savollar singdirilgan o‘quv dasturi asosida qo‘shimcha adabiyotlar yaratiladi va amaliyotda joriy etiladi.
5- sinfdan 11 – sinfgacha o‘quv dasturlarini ko‘rish mumkin. PISA ta’lim dasturi ona tili va matematika tabiiy fanlarni o‘qitishning shakl, metod texnalogiyalarini yangilanib, o‘quvchilarning bu boradagi bilimlari oshirilmoqda. Bu fanlardan o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimi yaratilib, 2019-2021 -yillarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazish niyatida. PISA testlaridan ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida foydalansa o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga o‘rganish, matn bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish va sinchkovlik talab etiladigan topshiriqlarni qo‘llash o‘quvchining hayotiy va intellektual ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Masalan 7- sinf ona tili dasturida berilgan biriktruv bog‘lovchilari mazmunini o‘tishda o‘qituvchi mazmuni mustahkamlash maqsadida darsiklardan tashqari quyidagi matn asosida PISA topshiriqlarini tuzish mumkin.
O‘quvchilarning TIMSS, PISA va PIRLS tadqiqotlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, xalqaro tadqiqotga tayyorgarlik darajasini oshirish o‘quvchilarning ijodiy va mantiqiy, fikrlash ko‘nikmalarini, rivojlantirish shu orqali ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ta’lim inspeksiyasi uning huzuridagi Milliy markaz hamda xalq ta’limi tizimidagi mutaxassislar bilan hamkorlik qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish bo‘lib unda O‘zbekiston Respublikasining
2030 –yilga kelib PISA xalqaro baholash dasturning reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishga erishish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida dunyoda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha yetakchilik qilib kelayotgan xalqaro baholash dasturlari jumladan TIMSS, PISA, AGMA, EGRA, PIRLS dasturlarida ishtirok etishga kiritildi.
PISA testlari maktab o‘quvchilarning haqiqiy hayotda kerak bo‘ladigan hodisalarni tahlil qilish ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini qay darajada o‘rganilayotganligini ta’lim tizmini bu o‘zgarishga qanchalik moslashilayotganligini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgandi PISA test tarkibi testlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi.
1 –O ‘qish
2- Matematik savodxonlik
3-Tabiiy fanlar
4-Ilmiy fanlar
Hamkorlikda muommolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yo‘nalishlari. O‘zbekiston 2021- yilda uch yo‘nalish o‘qish, matematik savodxonlik va tabiiy ilmiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha testlarda qatnashishni rejalashtitilgan.
O‘qish savodxonligi inshoning matn shaklida berilgan ma’lumotkarini tushuna olish va ularga berilgan ma’lumotlarni tushuna olish va ularga reaksiya bera olish bu yo‘nalish sinovlarda odatda hayotning turli sohalarida tibbiyot, turar joy, sport va hokozo. duch kelishi mumkin matematikaga oid vazifalar taklif qilinadi.
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin bo‘lgan muommolarni aniqlashni kuzatish va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushunish va inson faoliyati natijasinda unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni anglab yetish shunga ko‘ra qarorlar qabul qila olish ko‘nikmasini rivojlantirish bu bo‘limning asosiy maqsadidir.
Bu savodxonlik asosi bizning maktabimizdagi fizika, astronomiya, elementlari bilan birga, biologiya, kimyo va geografiya fanlari o‘qitilish jarayonida berilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston ta’lim sohasida islohotlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan o‘z ishlariga yangicha yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi boshlanganligini nazarda tutsak birinchi navbatda o‘quvchilarni bu tizim bilan tanishtirish tizim talabi va imkonyatlarini ularga tushuntirish kerak bo‘ladi.
2021-yilda Oʻzbekiston ilk marotaba 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS tadqiqotlarida ishtirok etgan edi.
Ushbu tadqiqot Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan oʻtkazilgan edi.
TIMSS 2023 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari boshlandi
Oʻzbekiston maktablari ilk marotaba matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)da ishtirok etmoqda. 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida mamlakatimizning 14 ta hududi kesimida reprezentativlik tamoyili asosida tanlab olingan 166 ta maktab ishtirok etadi.
Bugun, 17-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan tanlab olingan maktablarda ushbu tadqiqotning asosiy sinov jarayonlari boshlandi. Aprel-may oylarida respublikamizning boshqa hududlaridan tanlab olingan maktablarda ham navbat bilan oʻtkaziladi.
Sinov jarayonlari Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan oʻrnatilgan tartiblar asosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan tashkil etiladi. Shuningdek, test va soʻrovnoma materiallari Milliy markaz tomonidan moslashtirilgan holda tarjima qilinib, materiallarning asl mazmuni va sifati saqlanganligi pudratchi tashkilot tomonidan xalqaro sifat nazoratidan (xalqaro verifikatsiya) oʻtkazilgan.
2022-yilda O‘zbekistondagi ta’lim siyosati xalqaro PISA dasturi doirasida baholanadi Rossiyalik mutaxassis Galina Kovaleva O‘zbekiston ta’lim sifatini baholashga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam ko‘rsatilayotganligini, postsovet, ta’lim tizmlari tomonidan olingan o‘rta ko‘rsatkichdan past natijalar va qanday baholash natijalarini kutish mumkinligini haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi .
24-25 avgust kunlari ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan jahon bankining Read dasturi doirasinda Xalq ta’lim vazirligi va Rossiya ta’lim dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya ta’lim strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish - inson kapitalini rivojlantirish omili mavzusida Rossiya ta’lim akademiyasi ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti onlayn vebiner o‘tkazildi.
EGMA- hozirgi kunda o‘quvchilarning o‘qish va matematik bo‘yicha qobiliyatlarini baholash tadqiqotlarini tizimiga tadbiq etish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilyapdi.
Mazkur tadqiqotlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘zlashtirishini yaxshilash hamda ta’lim jarayonidagi kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi. Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida qo‘llaniladi.
Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi o‘quvchilar bilimi darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Joriy yilning 9-18 oktabr kunlari ta’lim jarayoniga xalqaro tajribalarni tadbiq etish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich o‘quvchilarning o‘sish va matematika fanlaridan bilimlarni aniqlash hamda bilim samaradorligini oshirish maqsadida Respublika ta’lim markazida o‘quv-amaliy seminar tashkil etiladi.
Mazkur seminarda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi loyihasi bo‘yicha 46 nafar monitorning guruhi a’zolari ishtirok etadi.
Seminar –treningda EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturi haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek dasturni tizimga tadbiq etish vositalari ishlab chiqiladi. O‘quv seminaridan so‘ng EGRA va EGMA xalqaro tajribalari amaliyotda bosqichma –bosqich joriy etib boriladi.
PIRLS 2021 tadqiqoti natijalari e’lon qilinadi
2021-yilda Oʻzbekiston ilk marotaba 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro PIRLS tadqiqotlarida ishtirok etgan edi.
Ushbu tadqiqot Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan oʻtkazilgan edi.
Joriy yilning 16-may kuni Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan PIRLS 2021 tadqiqotining natijalari eʼlon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizmiga EGRA va EGMA xalqaro baholash dasturlari AQSH tashkiloti bilan joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davla inspeksiyasi vakilari Fransiyaga qilgan xizmat safari davomida xalqaro iqtisodiy hamkorliklar tashkiloti olib boriladi.
TALIS – o‘qituvchilar faoliyati, ish sharoiti va maktabdagi ta’lim muhitini baholashga qaratilgan eng yirik xalqar tadqiqot hisoblanadi.Tadqiqotni maqsadi -ishtirokchi mamlakatlarga samarali o‘qitish va o‘rganish uchun shart - sharoitlar yaratishga qaratilgan ta’lim siyosatini ishlab chiqarishda yangi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish va aniqlash imkonini beradigan ishonchli, dolzarb va qiyosiy ma’lumotlar taqdim etishdan iborat.
Tadqiqotlar maktab o‘qituvchilari va direktorlariga nafaqat milliy balki, xalqaro darajada o‘z fikrini bildirish imkonini beradi. Ilgari TALIS - tadqiqotlari har 5 yilda bir marta o‘tkazilgan bo‘lsa endi 6 yilda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 2018- yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, unda 48 ta davlat qatnashgan bo‘lib natijalari 2020 -yilda mart –aprel oylarida e’lon qilingan.
TALIS xalqaro tadqiqotini o‘tkazishdan maqsad ta’lim muassalaridagi ahvolni o‘qituvchilar kompetensiyalarni va muammolarini aniqlash lekin, uning natijalari ham personal muhokama qilinmasligi, natijalariga ko‘ra reyting chiqarilmasligin qayd etib o‘tishdi. Shuningdek, navbatdagi TALIS tadqiqoti 2024- yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgani va unda O‘zbekiston ishtirok etishi uchun rasman murojaat qilishi lozimligi ta’kidlangan. Shundan so‘ng, shartnoma tuzilib rasmiylashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Ushbu tadqiqotda ishtirok etish bo‘yicha boshqa, davlatlar xususan, 2018 –yilda
1-marta TALIS tadqiqotlarida ishtirok etgan Qozog‘iston tajribasini o‘rganishga kelishib olindi.
Dostları ilə paylaş: |