Xalqaro iqtisodiy aloqalar va integratsiya jarayoni



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə1/6
tarix25.03.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#89838
  1   2   3   4   5   6
Султонова Ш 4-9 иктисод слайд

Xalqaro iqtisodiy aloqalar va integratsiya jarayoni

Reja:

  • 1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti
  • 2. Jahon xo’jaligining rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari
  • 3. Ochiq iqtisodiyotning mohiyati
  • 4. Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish
  • 5. Hududiy mehnat taqsimotining bosqichlari
  • 6. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti

  • Jahon xо‘jaligini XX asr ikkinchi yarmidagi faoliyatining о‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning intensiv ravishda rivojlanishidir. Davlatlar, davlatlar guruhlari, iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda va chuqurlashmoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishida, xо‘jalik hayotining baynalmilallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligida va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bо‘lmoqda.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti

  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan iborat xalqaro iqtisodiy munosabatlarning о‘zi va uni amalga oshirish mexanizmi.
  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar о‘z ichiga alohida mamlakatlar, ularning mintaqaviy birlashmalari, shuningdek, alohida korxonalarning (transmilliy, kо‘pmillatli korporatsiyalar) jahon xо‘jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bо‘lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xorijiy davlatlar iqtisodiyotini emas balki, ular о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning о‘ziga xos tomonlari tadqiq qilinadi. Har qanday fan singari xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham, har qanday iqtisodiy munosabatlarni emas, balki eng kо‘p qaytariladigan, tipik, xarakterli, aniqlovchi munosabatlarni о‘rganadi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi о‘z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi.

  • Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi о‘z ichiga huquqiy normalarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», xartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirishga yо‘naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin