Xalqaro iqtisodiyot


Bankning shakilanish bosqichlari:1



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/13
tarix18.04.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#99656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Azamatov Bunyod

Bankning shakilanish bosqichlari:1 Jadval 1

Ikkinchi jahon urushi davrida kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish va kreditlash tizimi asosan saqlangan bo’lsada, bank tomondan mablag’larni ajratish jarayonida moslashuvchanlikni va teskorlikni oshirish, ulardan oqilona tarizda foydalanishda nazoratni kuchaytirish borasida ba’zi tuzatishlar kiritildi.
Urushda o’zbekistonliklar fashizimni tor-mor etishda katta hissa qo’shdilar. G’alabaning zamini nafaqat jang maydonida, balki front ortida ham yaratilgan edi. Respublika qisqa muddatlarda 100 da ortiq evakuvatsiya qilingan korxonalarni qabul qildi, joylashtirdi va teskor ravishda ishga tushishini taminladi. Ular orasida Toshkent shahrida joylashgan Aviatsiya zavodi, Elektrokabel zavodi, to’qimachilik va qishloq xo’jaligi mashinasozlik zavodlari deyarli barcha yirik shaharlaridagi ko’plab boshqa korxonalar bor edi. Ularni joylashtirish uchun 400 ming kvadrat metirdan ziyod ishlab chiqarish maydonlari ajratildi hamda 200 ming kvadrat metirdan ziyod maydonlar barpo etildi. Bularni aksaryatini Iqtisoslashtirilgan uzoq muddatli qo’yilmalar banki tomonidan moliyalashtirildi.
1943-yilda Hukumat qaroriga muvofiq Farxod gidroelektorstansiyasi yaqinidagi Bekabod stansiyasida birinchi yirik metallurgiya kombinanti qurilishi boshlandi. Yil davomida temirchilik sexi, qozonxona, mexanik-tamirlash, elektrotamirlash va compressor sexlari, tor izli va keng izli temir yo’llar tarmoqlari foydalanishga topshirildi.
Shu tariqa og’ir sanoatning solishtirma salmog’I 1940- yilda 14.3% foiznitashkil qilgan bo’lsa 1943-yilda 48.5% foizga, 1944-yilda esa 52.4 foizga yetdi.
O’zsanoatqurilishbank zamonaviy yo’l-transport infratuzilmasini yaratishda salmoqli hissasini qo’shdi. 2000-yillarning boshlarida temir yo’llarning umumiy uzunligi 1589 kilometrni tashkil etgan bo’lsa-da, 2012 yilning boshiga kelib ularning masofasi 6 ming kilometrdan oshdi, shu jumladan 4 ming kilometrdan ortiqrog’i – umumiy foydalanishdagi temir yo’llardir. Bundan tashqari:

  • 1947-yil – Alisher Navoiy teatrining qurilishi.

  • 1974-yil – “O’zbekiston mehmonxonasining qo’rilishi.

  • Poytaxtdagi eski juva dehqon bozori gumbazining qurilishi.

  • 1976 – yil – Toshkentdagi Sirkning qurilishi.

O’zsanoatqurilishbank” OATB va O’zbekistonda bank tizimini shakilanishining birinchi bosqichi.
Mamlakatimizda 1991 yildan 2000 yilgacha davom etgan dastlabki bosqichida o’tish davrining birinchi navbatdagi islohatlari amalga oshirildi, ular milliy davlatchilik va mamlakat barqaror rivojlanishining mustahkam poydevorini yaratadi. Mazkur bosqichda davlat tomonidan narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirishi amalga oshirildi, shuningdek tabiiy monapoliyalar va monopolist korxonalar faoliyatiga ta’sir ko’rsatish mexanizmlari joriy etildi, mamlakat bank tizimining asoslari yaratildi.
1991-yilining 23-aprelida bo’lib o’tgan ta’sis konferensiyasida “O’zsanoatqurilishbank”ni aksiyadorlik-tijorat bankiga aylantirishga qaror qilindi etakchi sanoat korxonalari va pudrat tashkilotlaei uning muassislari bo’ldi. Ular orasida Navoiy va Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinatlari, V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, “Foton”, “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmalari bor.
“O’zsanoatqurilishbank” 50 ta chet ellik hamkorlari bilan to’g’ridan-to’g’ri vakillik alaqalarini o’rnatadi. Bank muassasasi ustav sarmoyasini oshirish xususida ish olib borishidi, bu esa inflatsiya sharoitida aloxida ahamiyatiga ega edi. 1993 yilning o’rtalariga kelib bank aksiyalarining uchinchi chiqarilib joylashtiririb, uning ustav sarmoyasi 13 mlrd pubilga yetkazildi. Shu yilning oxiriga kelib ustav sarmoyasi 68 mlrd rubildan oshdi. Ustav sarmoyasining asosiy qismi ikki mingdan ziyod korxonalar va tashkilotlarning mablag’lari hisobiga shakilantirildi. Bundan tashqari 3800 nafar jismoniy shaxslar ham bank aksiyadorlariga aylandi.
1993-yilning so’ngida oraliq valyuta sifatida so’m-kuponning, 1994-yilning iyulida esa to’laqonli milliy valyuta- so’mning joriy qilinishi mustaqil bank tizimini shakilanishida muhim bosqichga aylandi.
Yosh mustaqil davlatning mustahkamlanishida muhim ahamyat kasb etgan O’zbekiston Respublikasi Prezedentining 1994-yil 16-iyunda “O”zbekiston Respublikasi milliy valyutasini joriy etish to’g’risida”gi Farmonini amalga oshirish jarayonida butun bank tizimi zimmasiga katta masuliyat yukladi. Bu davirda deyarli butun faoliyat milliy valyutani mustahkamlash choralarini amalga oshirishga yo’naltirildi. Hukumat qaroriga ko’ra Markaziy bankdan 44 ta faoliyat ko’rsatayotgan kassa tarmoqlari qabul qilib olindi va yangilari ochildi. 1994-yilning oxiriga kelib ylarning soni 52 taga yetdi. Mazkur choralar mijozlarga bank xizmatlarni ko’rsatish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib keldi. Shu davirda O’zsanoatqurilishbank kreditlar yordamida o’sha davirda Urganch tikuvchilik fabrikasida, Toshkentdagi gugurt fabrikasida qo’shomcha kuvotalar, Buxoroda 1000 nomerli ATT, qurilish materyalarini ishlab chiqaruvchi qator obektlar, Shuningdek 300 ming kvadrat metir turar-joy, 18 mingta o’quvchi o’rinli ta’lim muassalari foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari 1995-yilga kelib bank tarkibida 14 ta hududiy filiyal va 46 ta bo’linma, shuningdek bosh bank xuzurida amaliyot boshqarmasi mavjud edi. Yil davomida Qo’ng’irot va Jizzax bulinmalari uchun yangi binolar qurildi, 22 ta jamg’arma kassalari, shuningdek bo’linma qoshida 5 ta kassa tarmog’i ochildi. Tizimda xodimlarning umumiy soni 6046 kishini tashkil etdi.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin