Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#155662
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
nutq uslublari

 
ovoz, ochiq 
ovoz, yopiq ovoz, hal qiluvchi ovoz, maslahat ovozi, qarshi ovoz, ovozga 
qo’ymoq , ovoz bermoq, Osiyo ovozi 
singari.8 
Ijtimoiy-siyosiy atamalar 
asosan
 
–chi, -parast, 
-parvar, 
-xona,-
noma 
qo‟shimchalari yordamida yasaladi. Misollar: 
terrorchi, qo’poruvchi, 
aqidaparast, 
millatparvar, 
devonxona, 
bojxona, 
hissador, 
tadbirkor 
kabi.
Shu o‟rinda mazkur uslubda so‟z yasalish imkoniyatining boshqa vazifaviy 
uslublarga nisbatan mahsuldor ekanligini ta‟kidlash o‟rinli bo‟ladi. 
8 . Q u r b o n o v T.I. Hozirgi o‟zbek adabiy tilining publisistik uslubi. 116-b 


Turli metaforik turg‟un birikmalar -
 davr talabi, do’stona suhbat, 
yuqori hosil uchun kurash, yaratuvchilik ishlari, dunyo hamjamiyati, mustaqil 
mamlakatlar hamdo’stligi, mustaqillikni mustahkamlash 
singarilarni faol 
qo‟llash ham ommabop uslub tabiatiga mosdir. 
So‟roq gaplarning mahsuldor ishlatilishi, ularning murojaat va dialog 
shaklda bo‟lishi, bunda savol beruvchi ham, javob beruvchi ham muallifning o‟zi 
hisoblanishi
G‟urur nima o‟zi? Rangi qanaqa? U hammada birday bo‟ladimi yoki 
aksinchami? Menimcha, g‟ururli odam mamlakat miqiyosida amalga 
oshirilayotgan har qanday muvaffaqiyatni o‟ziga tegishli deb biladi va undan 
quvonadi9 
, kabi uyushiq bo‟lakli gaplarga ko‟proq murojaat qilinishi (
Chunki 
o‟qituvchi zoti mashaqqatli mehnati, hayotiy tajribasi, beqiyos mehri bilan yosh 
avlodga faqat ilm-fan sirlarini o‟rgatib qolmay, uning yuragida Vatanga 
muhabbat, ajdodlar ruhiga hurmat, el-yurtga sadoqat kabi yuksak tuyg‟ularni 
kamol toptirishda ibrat va namuna bo‟ladi.
10, undovlarning, kirish bo‟laklar va 
kirish gaplarning, shaxsi umumlashgan gaplarning keng qo‟llanishi bilan ajralib 
turadi. 
Ommabop uslubning badiiy uslub bilan mushtarak tomonlari, ayniqsa, 
uning leksikasi va frazeologiyasida seziladi. 
Yuqorida ta‟kidlab o‟tganimizdek, yangilikni yoritishga bo‟lgan 
intilish ommabop uslubning asosiy xususiyati sanalib, bu xususiyat tilning yangi 
so‟z va iboralar bilan boyib borishiga sabab bo‟ladi. T.Qurbonov bu uslubda so‟z 
yasalishning ikki ko‟rinishi – morfologik va kompozision usulining mahsuldor 
ekanligini ta‟kidlaydi hamda bunda 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin