Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi


o’zgartirish, joriy qilish, komissiyasini tuzish, saylov kunini tayinlash, saylash



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix25.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#102397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
o’zgartirish, joriy qilish, komissiyasini tuzish, saylov kunini tayinlash, saylash, 
ozod etish, ratifikasiya qilish, ta’sis etish, amalga oshirish singari fe‟lli birikmalar 
ishlatilgan. Ushbu hujjatda amalga oshiriladi, asos bo’ladi, tashkil etadi, 
belgilanadi, asoslanadi, hisoblanadi, himoya qilinadi, amalga oshiradi, tan 
olinadi, ish ko’radi, ado etadi, kafolatlanadi, taqiqlanadi, tavsiya etiladi singari 
fe‟llarning faol ishlatilishi ham yuqoridagi fikrning tasdig‟idir. Yana : O‟zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma‟ruzasidagi konseptual qoidalar va 
xulosalar ma‟qullansin hamda ular Oliy Majlisning kelgusi faoliyatida inobatga 
olinsin. Ma‟ruzaning … dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa huquqni 
muhofaza qilish organlari, sudlar faoliyati uchun asos qilib olinsin. O‟zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga … mustaqillik va demokratiya qo‟lga kiritgan 
yutuqlarni himoya qilish, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi hamda totuvligini 
ta‟minlash ishlarini kuchaytirish tavsiya etilsin. 4 
Shu o‟rinda rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik 
vositalar va kategoriyalarning qo‟llanilishi bir xil darajada emasligini ta‟kidlash 
ham maqsadga muvofiq. Masalan, sonlar va olmoshlar bu uslubda boshqa so‟z 
turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi. 
Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari ham matnda darhol ko‟zga tashlanadi. 
Unda darak gaplar, uning ayniqsa qo‟shma gap shakli ko‟p ishlatiladi. Yoyiq va 
murakkab so‟z birikmalari mahsuldor hisoblanadi, murakkab tipdagi nomlar keng 
qo‟llaniladi. Gap tuzilishida o‟zbek tilidagi odatdagi me‟yorga amal qilinadi va 
yuqorida sanalgan jihatlari bilan ilmiy uslubga o‟xshab ketadi. 
Ilmiy uslub Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar 
ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy 
uslub aniq ma‟lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta‟riflar)ga 
4. O‟zR Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisining oltinchi sessiyasidagi 
ma‟ruzasi yuzasidan O‟zR Oliy majlisining 2001 yil 29 avgust qaroridan 


boy bo„lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi. Misol uchun: Yomg„ir – suyuq 
tomchi holidagi atmosfera yog„ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo„ladi. 
Ilmiy uslubda har bir fanning o„ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, 
bu uslubda so„zlar o„z ma‟nosida qo„llanadi, qoida yoki ta‟rifning mazmunini 
ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo„laklar, kirish so„zlar, kirish birikmalar, 
shuningdek, qo„shma gaplardan ko„proq foydalaniladi. Ilmiy uslub ilmiy asarlar 
uslubidir. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur 
uslubning shakllanishiga asos bo‟ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o‟ziga xos usuli 
ekanligi, obyektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish, fikriy 
izchillik kabi ekstralingvistik omillar ham nutqning ushbu turining shakllanishida
binobarin, nutqiy me‟yorning o‟ziga xos turining yuzaga kelishida muhim omil 
sanaladi. 
Yuqorida bu kabi xususiyatlarning mushtarakligi bilan rasmiy uslubga 
yaqinligi aytib o‟tilgan edi. 
Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, 
o‟quv qo‟llanmasi, o‟quv-metodik qo‟llanma, dastur, ma‟ruza matnlari, taqriz va 
referat singarilar uning ana shu janr ko‟rinishlari hisoblanadi. Garchi ularning har 
birining bayon usuli va uslubi ma‟lum darajada bir-birlaridan farq qilsa-da, til 
birliklaridan foydalanish me‟yoriga ko‟ra umumiylikni tashkil etadi. 
Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
1. Aniqlik. Har qanday ilmiy bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab qiladi. 
Shuning uchun bu uslubda so‟zlarni aniq, asosan bir ma‟noda qo‟llash, sinonimik 
qatordagi variantlardan masalaning mohiyatini birmuncha aniq ifoda etadigan 
variantini tanlash, hech bo‟lmaganda, neytral variantini qo‟llash taqozo etiladi. 
Terminlarni qo‟llash bu uslubning asosiy xususiyati sanaladi: “Ximiyaviy tarkibiga 
ko‟ra gerbidsidlar anorganik va organik gerbidsidlarga bo‟linadi. Anorganik 
gerbidsidlar: natriy arsenit, ammoniy sulfat, kalsiy sianamid, sulfat kislota va 


boshqalar. Organik gerbidsidlar: traktor kerosini, mochevina hosilalari, 
xlorfenoksisirka kislota, xlorfenoksimoy kislota va boshqalar. Hozirgi vaqtda 
ko‟proq organik birikmali va ba‟zan anorganik birikmali gerbisidlar 
qo‟llaniladi”
2. Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning 
haqqoniyligi, obyektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi. «Mantiq» 
darsligidan bir misol keltiramiz: “Epimenid «Men yolg‟on gapiraman» deb aytdi. 
Bu paradoksni mutlaqo hal etib bo‟lmaydi. Aytaylik, Epimenid rost gapirdi, bu 
holda uning haqiqatda yolg‟on gapirgani aniq bo‟ladi. Aytaylik, u yolg‟on gapirdi. 
Bu holda uning haqiqatda ham rost gapirgani ma‟lum bo‟ladi”.
Ma‟lum bo‟ladiki, haqqoniylik, obyektivlik nihoyatda murakkab jarayon 
bo‟lib, uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko‟rish qiyin. Uni 
vaziyat, suhbatdoshlarning bir-birlarini bilishi va tushunishi kabi ekstralingvistik 
omillar ham belgilashi mumkin. 
3. Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o‟ziga xos xususiyatini tashkil 
etadi. Matnda so‟zlar, gaplar, abzaslar o‟zaro mantiqiy bog‟langan bo‟lishi lozim. 
Shuning uchun ham ilmiy matnlar bu izchillikni yuzaga keltiruvchi ma’lumki, 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin