XALQARO JURNALISTIKA NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI
MAVZU:
USLUBLAR TASNIFI
BAJARDI: 202-guruh talabasi Muxtor ABDULLAYEV
ILMIY RAHBAR: F.F.N. katta o’qituvchi Feruza
HAYITOVA
KIRISH
O‟zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika -
uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida
muomala jarayonida turli
soha va vaziyatda qo‟llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi
barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma‟no nozikliklarini
aniqlash bilan shug‟ullanadi. «Stilistika – tilda mavjud bo‟lgan barcha vositalar –
leksik,
grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini,
ma‟lum bir tipdagi forma, so‟z va konstruksiyalardan qaysi birini qo‟llash muvofiq
ekanini, yaxshi va eng muvofiq
vositasini tavsiya etadi, norma qilib belgilaydi,
nutqning turli stilistik qatlamlarida qo‟llanadigan vositalarni belgilab beradi,
Shunga ko‟ra, stilistika so‟z san‟ati, ifoda vositalar haqidagi alohida bir fandir»
Tildagi ana shunday muammolar bilan shug‟ullanadigan uslubshunoslikning
quyidagi yo‟nalishlari mavjud:
1. Tilning leksik resurslarini o‟rganuvchi yo‟nalish.
2. Funksional stilistika – vazifaviy uslubshunoslik.
3. Badiiy adabiyot uslublari.
4. Amaliy uslubshunoslik.
Mavzu nuqtai nazaridan bu o‟rinda bizni
vazifaviy uslubshunoslik
qiziqtiradi. Kishilar o‟z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan – fonetik,
grammatik, leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, avvalo ularni o‟z
ehtiyojlaridan kelib chiqib,
nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va
qo‟llaydilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko‟rinishlarga ega bo‟lishi,
sinonimik rang-baranglik shunday yo‟l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash
nutq jarayonida til birliklarining o‟ziga xos uslubiy chegaralanishini taqozo qiladi.
Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati
va ularni tilshunoslikda
ilmiy-amaliy
tahlil
qilish
uslubshunoslikda
yangi
sohani
– vazifaviy
uslubshunoslikni vujudga keltirdi.
O‟zbek tili uslublarini vazifaviy jihatdan tasnif qilish ikki omilga – til va
tildan tashqarida bo‟lgan omillarga tayanadi. Bu uslublarning N.A.Baskakov,
A.Sulaymonov,
A.Shomaqsudov,
G‟.Abdurahmonov,
B.O‟rinboyev,
S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya etilgan variantlari mavjud bo‟lib,
ularda
asosan beshta uslub – so‟zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar
e‟tirof etiladi.
Ular haqida bilimga ega bo‟lish o‟quvchilarga ona tilimizning nutq
jarayonidagi imkoniyatlarini o‟rganishga ko‟maklashadi.