Xalqaro mahorat darsi ning yozma bayoni



Yüklə 1,33 Mb.
tarix03.04.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#92894
10 Ponkina Ye.V. Oltoy bayonnoma


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti va Axborot texnologiyalari kafedrasida Rossiya Federatsiyasining Oltoy davlat universiteti Matematika va axborot texnologiyalari instituti nazariy kibernetika va amaliy matematika kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Ponkina Elena Vladimirovna tomonidan “Bayes tarmoqlarini tashkil etish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Xalqaro mahorat darsi ning
YOZMA BAYONI

04.03.2022 yil soat 10-00 Denov tumani, Sh.Rashidov ko‘chasi 1-uy




Qatnashdilar: Primqulov B. - fakultet dekani
Maxmudov Z. – Axborot texnologiyalari
kafedrasi mudiri
Choriev J. – xalqaro bo‘lim mutaxassisi
Shuningdek, Oltoy davlat universiteti Matematika va axborot
texnologiyalari instituti nazariy kibernetika va
amaliy matematika kafedrasi mudiri, texnika
fanlari nomzodi, dotsent -Ponkina Elena
Vladimirovna
O‘qituvchilari - 11 nafar
Informatika va o’qitish metodikasi yo’nalishi
talabalari -54 nafar
Mahorat darsi mavzusi: “E.V.Ponkinaning “Bayes tarmoqlarini tashkil etish”.
Mahorat darsi maqsadi: O‘qituvchi va talabalarga E.V.Ponkinaning “Bayes tarmoqlarini tashkil etish” ahamiyati haqida ma’lumotlar berish.

Xalqaro mahorat darsini institut xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i Choriev J.G‘ kirish so‘zi bilan ochib, institutda Rossiya oliy ta’lim muassasalari, aynan Oltoy davlat universiteti bilan ilmiy munosabatlar va xalqaro hamkorlik tobora jadallashaib borayotganligini alohida ta’kidladi. Tajribali yetakchi o‘qituvchilarning mahorat darslarini tashkil qilish an’anaga aylanib borayotganligini hammamiz guvohi bo‘lib kelmoqdamiz. Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrlar hamda bakalavrlari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil qilinayotganligini alohida ta’kidladi.


So‘z navbati institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.U.Berdinazarovga berildi. Notiq tomonlar orasida do‘stona munosabatlar, fan, ilm, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini yanada takomillashtirishda hamkorlikning ahamiyati borasida gapirdi.
So‘z navbati Oltoy davlat universiteti Matematika va axborot texnologiyalari instituti nazariy kibernetika va amaliy matematika kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Ponkina Elena Vladimirovnaga beriladi. Notiq so‘zining boshida taklif uchun o‘z minnatdorligini bildirib, rivojlanib borayotgan hamkorlik ishlariga rivojlar tilab qoldi.

2022-yil 17-yanvar kuni Oltoy davlat universiteti Nazariy kibernetika va amaliy matematika kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi Juravleva Vera Vladimirovna tomonidan amaliy matematika va informatika yo‘nalishi 4-kurs talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mavzu "Informatika fanini o'qitishning qo'mita metodikasi". V. V. Juravleva puxta tayyorlangan taqdimotlari yordamida o‘quvchilarimizga eng yangi o‘qitish texnologiyalari haqida to‘liq ma’lumot berdi.


mavzu mohiyatini to‘laligicha qamrab olgan. Mahorat dars juda sifatli va mazmunli o‘tkazildi.
Rus tili fani o‘qituvchisi Hamraeva U.A., Sh.T.Chorievalar so‘zga chiqib, Grebnyova M.P.ga shaxsiy minnatdorchiligini izhor qilib, mahorat darsining hammaga juda yoqganligini, asarning badiiy talqini katta tassurot qoldirganini hayajon bilan gapirdi.
Dars so‘ngida Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Maxmudov Z. so‘zga chiqib, xalqaro mahorat darsini tashkil qilgan xalqaro bo‘lim bosh mutaxassisi J.Choriev va filologiya fanlari doktori, professor Marina Pavlovna Grebnyovalarga xalqaro mahorat darsini tashkil qilganligi uchun, qimmatli vaqtini ayamay rozilik bildirganligi, alohida tayyorgarlik ko‘rib, mazmunli dars tashkil qilib berganligi uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, kelajakda bunday mahorat darslarini ko‘paytirish lozimligini ma’lum qildi.

Axborot texnologiyalari


kafedrasi mudiri Z.M.Maxmudov
Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin