3.O’zbekistonning Xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni va roli.
Xalqaro mehnat taqsimoti degan tushunchaning manosi shundan iboratki, mamlakatlarni malum tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi va ular bilan jahon bozorida qatnashuvini bildiradi. Xalqaro mehnat taqsimotida muayyan tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuv har qanday davlatning jahon bozorida o’z mavqei va o’rniga ega bo’lishini ta’minlaydi . Masalan , samalyotsozlikda AQSH , audio va videoapparatura ishlab chiqarishda Yaponiya , chinni idishlar ishlab chiqarishda Xitoyning Jahon bozorida salmoqli nufuzga ega ekanligi yuqoridagi fikrimizning dalili bo’la oladi . Bu deganimiz , ushbu davlatlar faqat shu mahsulotlari bilangina mashhurdirlar , degan ma’noni bildirmaydi . Ular , xususan , o’zlarining yuqori sifatli avtomobillari , electron-hisoblash mashinalari , to’qimachilik va yengil sanoat mollari bilan ham bozorida faol qatnashib keladilar .
Muayyan Tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashuv orqali jahon bozorida qatnashish , asosan , mamlakatning eksport salohiyatiga bog’liq , ya’ni buning uchun mustaham xomashyo bazasi , zamonaviy ishlab chiqarish vositalari va malakali ishchi kuchi mavjud bo’lishi kerak. Har qanday davlat ham xalqaro mehnat taqsimotida o’zining ixtisoslashuvini belgilar ekan , ko’satib o’tilgan resurslarning mavjudligidan kelib chiqadi .
Xalqaro mehnat taqsimoti har bir mamlakat iqtisodiyoti bilan integrallashuvi (qo’shilishi) va uning tarkibiy qismga aylanishini ta’minlaydi . Boshqacha qilib aytganda , turli mamlakatlar iqtisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti natijasida yakkalangan holatdan chiqib , davlatlararo xo’jalik tizimiga kirib boradi . Bu jarayon milliy doiradagi xo’jaliklar va alohidalashgan Tovar ishlab chiqaruvchilarni umumjahon bozoriga tortadi.
Xalqaro mehnat taqsimotining takomillashib borishi mamlakatlar o’rtasida fan-texnika , ishlab chiqarish, savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga olib keladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’ta boshlagan O’zbekiston uchun xalqaro mehnat taqsimotida o’z o’rnini topa olish va jahon bozorining faol ishtirokchisiga aylanish naqadar muhim vazifa ekani endi barchmizga ma’lum bo’lgani shubhasizdir .
O’zbekiston Respublikasi maydoni bo’yicha jahon davlatlari orasida 55-o’rinni egallaydi . Uning maydoni Germaniya , Buyuk Britaniya ,Italiya kabi yetakchi mamlakatlardan kattaroq . Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda , sayyoramizning umumiy yer maydoni 135,6 mln kv. Km ni tashkil etadi. O’zbekiston ulushiga uning 0,3 foizi to’g’ri keladi . Mamlakatimiz Osiyo qit’asining 1% maydonini egallaydi.20
O’zbekiston tabiiy resurslar salohiyati ko’p tarmoqli xo’jalikni rivojlantirish uchun yetarli bo’lib , uning tarkibida energetika va boshqa tayanch tarmoqlarni yuksak sur’atlar bilan rivojlanishiga imkon beruvchi boyliklar salmoli o’rinni egallaydi. Mamlakatimizda jahon oltin zahirasining 5 foizi , tabiiy gazning 2 foizi mavjud. Qator rangli metallar va uran zaxiralari bo’yicha ham O’zbekiston jahonda yetakchi o’rinlarda turadi. Umuman olganda , mineral xomashyo resurslarining aniqlangan zaxiralari 3 trillion dollardan ko’proq deb baholanmoqda.
O’zbekiston bir qator sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha jahon miqyodida ajralib turadi .Mamlakatimiz qorako’lning umumjahaon miqdorining deyarli choragini ,paxta tolasining 7 foizini , qazib olinayotgan oltin va tabiiy gazning 3 foizini, ipak xomashyo va quruq mevalarning 2 foizini ,uzum,kanop ,junning taxminan 1 foizini ishlab chiqaradi .Aviatsiya texnikasi , oltingugurt kislotasi ,mineral o’g’itlar , rangli metallar , kalava ip gazlamalar , o’simlik yog’i, meva sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishda ham O’zbekiston muayyan ulushga ega .O’zbekiston sanoatining ayrim tarmoqlari texnikaviy murakkab mahsulotlar ishlab chiqara oladi.
Bizga ma’lumki , O’zbekiston gaz qazib chiqarish bo’yicha MDH davlatlari icchida 3 chi o’rinda va jahon miqyosida gaz qazib chiqaruvchi yirik davlatlar o’nglida ,oltin zahiralri bo’yicha 4 va uni qazib chiqarish bo’yicha 8 o’rinnni egalagan 2020 yilgi statistikalarga ko’ra yani qazib olinga oltin miqdori 100 tonnadan ziyod bo’lgan , hattoki Forbes nashri habar berishicha O’zbekistonning dunyodagi eng yirik ochiq oltin koni eng kata oltin koni dep topilgan va shuni takidlab o’tish kerakki O’zbekistonninng valyuta zahiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshgani haqida ham xabar berilgan edi va SPOT O’zbekiston may oyida 2020 yil avgustidan beri ilk bor yana oltin sotishni boshlaganini yozgan edi 21bundan tashqari uran zahiralari bo’yicha 7, kumush iahlab chiqarish bo’yicha 11 o’rinda turida . Ko’rinib turribdiki O’zbekiston bir qator Tovar ishlab chiqarish va ular bilaning jahon bozorida qatnashish uchun kata eksport salohiiyatiga ega 22Binobarin , mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish va tarkibiy qayta qurishda tashqi bozorga ko’proq mahsulotlar chiqarish muhim omil bo’lib xizmat qiladi . Shuni e’tiborga olib , O’zbekistonda davlat mustaqilligining ilk davridan boshlab mamlatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov hukumatning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi ishlarini faollashtirishga alohida e’tibor qaratdi . Hukumatning bu sohada olib borayitgan siyosati savdo balansida ijobiy qoldiqqa erishish , eksport va importning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirishga qaratilgan .Shu bilan birgalikda , tayyor mahsulotlar eksportini keskin oshirishga qaratilgan chora tadbilar amalga oshiriliib kelinmoqda albatta O’zbekistonning hozirgi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ham huddi shu yo’nalishda davom ettirmoqda . ya’ni aytish mumkinki O’zbekiston butn dunyodan investorlarni o’ziga jalb qilishga harakat qiliyapti negaki yana koproq eksport qilishga , jahon bozorida yanada kengroq o’rin egallashga bu esa o’z navbatida chetdan koproq mahsulot va xizmatlar olish imkonini beradi .To’g’risini aytadigan bo’lsak mamakatning iqtisodiy barqarorligini taminlash uchun ishsizlik inflatsiya va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’z o’rniga qo’yish kerak buning uchun mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi muhim rol o’ynaydi .Iqtisodiyotni rivojlantirish uchun albatta ishlab chiqarish hajmini oshirish kerak bu esa o’z navbatida investitsiya ortiqcha kapitalni talab qiladi.Bilamizki iqtisodiyotni rivojlantirishning bir qancha modullari bor ,misol uchun ; eksportni rivojlantirish orqali milliy xo’jalikni rivojlantirish modeli
Hom ashyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish orqali rivijlantirish modeli; Yuqori qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va ekport qilish orqali rivojlantirish modeli ;Investitsiyalarni jalb qilish orqali rivojlantirish modeli va hokazolar .Albatta bularning bari xo’jalikni rivojlantirishga qaratilgan va shu orqali jahon bozorida oz orniga ega bolish uchun qilinadigan harakatlar .Albatt bitta mamlakat barcha narsani ishlab chiqara olmaydi va har bir davlat oz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda muayyam amhsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’ladi .Buning birinchi sababi , tabiiy va mehnat resurslari hamda sarmoyalar bilan ta’minlanganlikligiga ko’ra bir biridan ancha farq qiladi ;ikkinchidan , turli tovarlarini birdek samarali ishlab chiqarish uchun yetarli texnologik imkoniyatlarga ega emaslar.
Masalan ,Yaponiya tabiiy resurslarga ega bo’lmagan holda yuqori malakali ishchi kuchiga ega , shu sabali u yoqori malaka qiladigan ko’plab tovarlarni kam mehnat sarf etib , tayyorlash mumkin . Aksincha , Avstraliya kata resurslarga ega bo’lgan holda yetarli mehnat resurslarga va kapitalga ega emas .Shuning uchun uyerda bug’doy ,gurunch , go’sht etishtirish samaraliroqdir.Braziliyada arzon kofe etishtirish uchun hamma sharoit yetarli bo’lsa , Kanada arzon bug’doy yetishtirish imkoniyatiga ega.
Xalqaro mehnat taqsimoti va tovar ayirboshlashda mamlakatlar ,yuqorida ta’kidlanganidek , bir xil imkoniyat va sharoitlarga ega emaslar . Bu hol ularning jo’g’rifiy joylashuvi, tabiiy resurslarning tarkibi va zahiralari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi , iqtisodiyotning tuzilishi, ichki bozorning hajmi kabi omillar bilan belgilanadi
Ana shu omillar ta’sirida turli mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasiga ham turlicha bo’ladi . shuning uchun har bir manlakat jahon bozorida o’zida ishlab chiqarish uchun xarajat ko’proq bo’ladigan tabiiy yoki boshqa sharoitlarda ga ko’ra umuman o’zida ishlab chiqarib bo’lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi.
O’zbekiston iqtisodiyotida paxta homashyosini ishlab chiqarish kata o’rin egallaganligi sababli mamlakatning tashqi savdo hajmi va balansi ham ko’p jihatdan ushbu mahsulotni ishlab chiqarish hajmiga bog’liq. 2000-yilda mamlakatimizdan tashqi bozorga chiqarilgan tavarlar hajmi 3mlrd 264,7mln dollarni tashkil etgan bo’lsa 2021-yilda bu ko’rsatkich 42,1mlrd dollarlik savdo hajmiga teng bo’lgan. Bu ko’rsatkich 2020-yil 36,2mlrd dollarga nisbatan yuqoriroq ko’rsatkich hisoblansada, lekin pandimiyadan avval 2019-yilda tashqi savdo aylanmasi 41,7mlrd dollarga teng bo’lgan ko’rinish hosil qilgan. Tashqi savdo balansining 25,5mlrd dollari import 16,6mlrd dollari exportni tashkil qiladi. 2000-yildagi ko’rsatkich bilan taqqoslasa qariyb 5 barobarga yaqin o’sish bo’gan exportda. 23
O’zbekiston exportida elektor-energiya va yoqilg’i, kimyo mahsulotlari, rangli metallar, mashina va uskunalar, yengil avtomobillar, oziq-ovqat mahsulotlari ham salmoqli o’rin egallaydi. Export salohiyati mavjud bo’lgan tarmoqlarga yirik sarmoyalarning kiritilishi tufayli export bob mashinalar, nef mahsulotlari va paxtadan tayyorlanyotgan mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lamlari ko’payib bormoqda.
O’zbekistonning tashqi savdo aloqalari MDH davlatlari bilan bir qatorda AQSH, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Malayziya, Shvatsariya, Belgiya va boshqa o’nlab mamlakatlar bilan yo’lga qo’yilgan.
O’zbekiston o’z iqtisodiyotini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarda o’ziga jalb qilmoqda. Bu esa o’z navbatida mamlakatimizga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirishga imkon bermoqda va natijada biz mamlakat jaxon bozoriga xomashyo exporti bilan emas balki tayyor mahsulot bilan chiqmoqda. Bu esa iqtisodiyotda o’sishni taminlamoqda. Xorijiy investititsiyalarning samarasi yaqqol ko’zga tashlanmoqda yani: mamlakatga xorijiy investititsyalarni kiritish orqali ishlab chiqarish tashkil qilinmoqda, texnika va texnalogiyalarning yangi avlodi kirib kelmoqda, inavatsiyaning kirib kelishi aynan takomillashgan jahon standartlariga hos mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini bermoqda, yangi ish o’rinlsri ochilmoqda, bozor hajmi va sig’imi kengaymoqda va joriy davrda export va import muqdorining oshishi kuzatilmoqda. Albatta bularning bari iqtisodiyotning o’sishiga , aholi turmush sharoitining yaxshilanishiga bozorning to’yinishiga va bosgqa mamlakatlardan hizmatlar va tavarlar sotib olish imkonini beradi. Albatta bularning barchasi xorijiy investititsiyalar kiritish evaziga yuzaga kelayapti
O’zbekiston xalqaro transport kommunikatsiya qurish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.Bu loyihalarini amajga oshirish natijasida O’zbekistonning Evropaga, Fors qo’ltig’iga,Hindiston,Yaponiya va Tinch okeani mintaqalariga chiqishiga va Jahon hamjamiyati bilan tashqi aloqalarini mustahkamlashga kata imkoniyatlar tug’ildi.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy hamkorlik sohasida obro’-e’tiborini yildan yilga ortib borayotganini alohida ta’kidlab o’tish lozim.Hozircha mamlakatimiz Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega.Butashkilot jahon savdo tizimini tartibga solishga markaziy o’rinni egallaydi. Jahon savdosining 95 foizidan ortig’i unga a’zo mamlakatlarga to’g’ri keladi.Hozirgi paytda O’zbekistonning mazkur tashkilotga qabul qilinishi masalasi o’rganilmoqda.Unga a’zo bo’lish O’zbekistonga dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlari bilan musthkam savdo aloqalari o’rmatishga va o’zining tovarlari bilan jahon bozorlariga hech qanday to’siqlarsiz chiqishiga imkon yaratadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik yoki TIAV deb ataladi) respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirishni, tartibga solishni, nazorat qilishni hamda boshqarishni amalga oshiruvchi, respublikadan tashqarida, shuningdek, chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining vakili bo‘luvchi, barcha tashqi iqtisodiy masalalarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari borasida respublika nomidan hamda respublika manfaatlarini ko‘zlab qatnashuvchi davlat organi hisoblanadi. Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiradi.
2. Vazirlik yagona tashqi iqtisodiy siyosatni hamda uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish hamda amalga oshirish, ham ichki, ham tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta’minlash, chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo-sotiq, sport, madaniy hamkorlikning samaradorligini oshirish, turistik va boshqa xil aloqalarni, hamkorlik qilishning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohadagi boshqaruvni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda samarali ish olib borishlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuzilgandir.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida xalqaro huquq me’yorlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitimlariga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, Vazirlik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-siyosiy, iqtisodiy, rejaviy, valyuta-kredit, moliyaviy va tahliliy masalalariga, ularning samaradorligini oshirishga, ana shunday aloqalar tartibini takomillashtirishga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisodiy tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar, jamoat tashkilotlari, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa davlat hamda jamoat korxonalariga, mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda “Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari” yoki “Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari” deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining asosiy vazifalari:
tashqi iqtisodiy sohada O‘zbekiston Respublikasi davlat istiqloli va iqtisodiy mustaqilligi qoidalarini ro‘yobga chiqarishdan;
O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit, investitsiya va narx-navo siyosati yuritishni, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda bu aloqalarning samaradorligini oshirishni ta’minlashdan;
tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit siyosati hamda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va bunday aloqalar istiqbolini belgilash tizimi hamda ularni rivojlantirish dasturlarining muhim masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda faol qatnashishdan;
iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy masalalar va hamkorlikning o‘zga turlari bo‘yicha, shu jumladan to‘lov hisob-kitob munosabatlari, chet el kreditlarini olish va davlat kreditlarini. berish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining chet el mamlakatlari bilan, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzishdan;
davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish ishlarida ishtirok etishdan, ularning hisobini yuritish va ulardan qanday foydalanilayotganligini nazorat qilishdan, kredit evaziga a’mollar bajarish uchun o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlarga topshiriqlar berish hamda kreditlar hisobiga tuzilayotgan bitimlar berilgan kreditlarning shartlariga mos ekanligi tezlikda nazorat etilishini ta’minlashdan;
O‘zbekiston Respublikasining savdo iqtisodiy hamkorlik borasidagi xalqaro shartnomalari yuzasidan tomonlarning majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni ta’minlashdan;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda davlatlarning O‘zbekiston ham a’zo bo‘lgan o‘zga ittifoqlari tarkibiga kirgan davlatlarning idoralari bilan tashqi iqtisodiy sohada o‘zaro hamjihat siyosat yuritishda birgalikda harakat qilishdan, shu jumladan boshqa chet el mamlakatlarining tashqi iqtisodiy tashkilotlari bilan hamkorlik qilishdan24
Joriy yilning 19-noyabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga tashrif bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Prezidentlar strategik sheriklik va iqtisodiy hamkorlik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
- O‘zbekiston nafaqat eng yaqin qo‘shnimiz, balki ittifoqdoshimizdir. Biz O‘zbekistonni aynan shunday qabul qilamiz, - dedi Rossiya Prezidenti. – Bu yirik mintaqaviy davlat bo‘lib, bizlarni tarix nuqtai nazaridan ham, bugungi kunda ham ko‘plab jihatlar bog‘lab turadi.
Bugun O‘zbekiston tovar ayirboshlash hajmining 18 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda. Tovar ayirboshlash ko‘paymoqda: pandemiyaga qaramay, o‘tgan yili 15 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu ko‘rsatkich hatto murakkab davrda ham hamkorlik qilayotganimizni, hamkorligimiz muvaffaqiyatli kechayotganini aniq-ravshan ko‘rsatib turibdi.
Keyingi yillarda ikki davlat munosabatlarida chinakam ulkan yutuqlarga erishilganligi – bunday ko‘rsatkichlar ilgari bo‘lmaganligi alohida Prezidentimiz tomonidan aytidi. Hususan, tovar ayirboshlash ortayotgani to‘qqiz oy yakunida 5 milliardni tashkil etib, yil oxirida ushbu ko’rsatkich 7 milliardga yetishi, Bosh vazirlar darajasidagi qo‘shma komissiya hamda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilishi va eng asosiylaridan biri hududlar o‘rtasida yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi hamda birgina joriy yilda yuqori darajadagi 50 ta o‘zaro tashrif tashkillashtirilganligi aytib o‘tildi.
“Keyingi to‘rt yilda O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobarga ko‘payib, qariyb 3 mingtani tashkil etmoqda. Bugun yurtimiz iqtisodiyotida Rossiyadan jalb qilingan investisiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi va jadal o‘sishda davom etmoqda. Umumiy qiymati 14 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda” – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.25
Prezidentlar iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan holda investisiyaviy hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidladilar. Davlat rahbarlari BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdilar. Tashrif doirasida jami 18 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
Yana bir muhim 2021-yil 17-noyabr sanasida bo’lib o‘tgan ma’lumotni alohida e’tirof etilsa bo’ladi. Rossiya va O‘zbekiston ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kompleks dasturini imzoladilar. Hujjatga Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya – O‘zbekiston ikkinchi Hududlararo hamkorlik forumi doirasida Hukumatlararo komissiya hamraislari – Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov imzo qo‘ydilar.
Dastur amaldagi shartnoma o‘rniga qabul qilinmoqda. Yangi hujjat pandemiyadan keyingi davrda elektron tijorat, iqtisodiyotni raqamlashtirish, energiya va suvni tejaydigan yangi texnologiyalar kabi samarali vositalardan foydalanish, shuningdek, migratsiya sohasidagi yondashuvlarni takomillashtirish orqali iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish zarurligini hisobga oladi.
Bundan tashqari, Rossiya va O‘zbekiston COVID-19ga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish, vaksina ishlab chiqarish, koronavirusga chalinish holatlarini oldini olish, bemorlarni tashxislash hamda davolash borasida tajriba va axborot almashish niyatlarini bildirdilar.
Dastur bilan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, aloqa, moliya, fan va taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, hududlararo hamkorlik kabi barcha anʼanaviy sohalar qamrab olingan. Asosiy maqsad o‘zaro manfaatlarga asoslangan savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va di versifikatsiya qilish, Rossiya va O‘zbekiston fuqarolarining turmush darajasini yaxshilashdan iboratdir.26
2020 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,2 foizga pasaydi. Jumladan, eksport — 22,6 foizga, import — 15 foizga kamaydi.
2020 yilning yanvar-iyun oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. nisbatan 3,5 mlrd AQSH dollariga yoki 18,2% ga kamaydi. Bu haqida Keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 6 oy ichida eksport hajmi 6,2 mlrd AQSH dollariga (22,6% ga kamaydi) va import hajmi 9,5 mlrd AQSH dollariga (15% ga kamaydi) yetdi. Hisobot davrida — 3,2 mlrd dollar qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. 2020 yil yanvar oyida tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan bir oz kam bo‘lishiga qaramasdan, fevral oyida ko‘tarilgandi. Biroq dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlanishi va bir qator dunyo mamlakatlari karantin cheklovlari o‘rnatilishi sababli tashqi savdo aylanma mart ($2,2 mlrd), iyun ($2,6 mlrd) va may ($2,1 mlrd) oylarida sezilarli darajada kamaygan. Shu bilan birga, iyunoyida bu ko‘rsatkich o‘sish sur’atini namoyish qila boshladi— ($2,8 mlrd).27oyida
6
-rasm nomi28O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi oylik dinamikasi— mln ASHQ dollari
Malumotlardan shuni ko’ish mumkinki iyun oylarida savdo aylanmasi yuqori darada o’sganlekin fevral va mart oylarida biroz pasayish kuzatilgan .(6-rasm)
O‘zbekiston bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar quyidagilar:( 7 –rasm )
Xitoy (18,1% — $2,8 mlrd);
Rossiya (16,3% — $2,5 mlrd);
Qozog‘iston (8,4% — $1,3 mlrd);
Koreya (7,1% — $1,1 mlrd);
Turkiya (5,6% — $886,6 mln);
Qirg‘iziston (2,5% — $395,2 mln);
Germaniya (2,1% — $337 mln).
7-rasm nomi29 Ozbekistonning dunyo mamlakatlari bilan olib brogan savdo aloqalarining ko’rsatkichlari
O‘zbekiston eksporti tarkibida oltin asosiy o‘rinni egallaydi (33,8%), undan keyin sanoat tovarlari (18,7%), xizmatlar (16,1%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,9%), kimyoviy moddalar (6,1%), mineral yoqilg‘i (5,1%) va boshqalar.(8-rasm).
8-rasm Eksport tarkibi30
Import tarkibida asosiy ulushni mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,1%), sanoat tovarlari (16,8%), shuningdek kimyoviy moddalar va shu kabi mahsulotlar (13,7%) egallaydi.(9–rasm )
9-rasm nomi
Dostları ilə paylaş: |