Kafedra mudiri J. Ataniyazov
4-variant
Oltin va uni xalqaro valyuta munosabatlardagi o’rni.
To‘lov balansi va uni tuzilishi.
3.Keys topshiriq.
Siz XATB “Trastbank”ning konversion operatsiyalar bo’limiga ishga taklif etildingiz va Sizga bank tomonidan e’lon qilingan valyuta ayirboshlash kursi doirasida 6 ta valyutaning boshqa valyutalarga nisbatan ayirboshlash kursini aniqlash vazifasi yuklatildi. Ushbu 6 ta valyutaning ayirboshlash kurslarini aniqlashingiz va mijozlar e’tiboriga havola qilishingiz lozim. Bank tomonidan shu kuni bo’yicha quyidagi kurslarni e’lon qilgan. Valyutalar e’lon qilingan kurslar bo’yicha banklar tomonidan xarid qilinadi va sotiladi.
|
Narxlar
|
£
|
€
|
$
|
¥
|
tenge
|
soʻm
|
1£
|
Xarid qilish
|
x
|
3.40€
|
|
|
|
|
Sotish
|
x
|
3.45€
|
|
|
|
|
1€
|
Xarid qilish
|
x
|
x
|
1.01$
|
|
|
|
Sotish
|
x
|
x
|
1.02$
|
|
|
|
1$
|
Xarid qilish
|
x
|
x
|
x
|
|
|
1225 soʻm
|
Sotish
|
x
|
x
|
x
|
|
|
1230 soʻm
|
1¥
|
Xarid qilish
|
x
|
x
|
x
|
x
|
35 tenge
|
|
Sotish
|
x
|
x
|
x
|
x
|
36 tenge
|
|
1tenge
|
Xarid qilish
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
10 soʻm
|
Sotish
|
x
|
x
|
x
|
x
|
x
|
12 soʻm
|
Yuklatilgan vazifaga muvofiq siz 6 ta valyutaning har biri boʻyicha kross kurslarini aniqlashingiz zarur, ya’ni:
1£ qancha dollar, soʻm, iena va tenge?
1€ qancha soʻm, iena va tenge?
1$ qancha iena va tenge
1¥ qancha soʻm?
Kafedra mudiri J. Ataniyazov
5-variant
Parij valyuta tizimi va uni xalqaro valyuta tizimida tutgan urni.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki faoliyatini yoring.
3.Keys topshiriq. Valyuta inqirozi
Tassavur qiling valyuta inqirozi boshlandi. Siz O‘zbekiston fuqarosisiz va oylik maoshingizni milliy valyuta boʻlgan soʻmda olasiz. Yangi avtomobil sotib olish uchun bankda jamg‘arayotgan jamg‘armangiz masalasini qanday hal qilasiz?
Kafedra mudiri J. Ataniyazov
6-variant
To‘lov balansi, uni asosi va boshqarish yo’llari.
Valyuta siyosati va uni milliy mamalakatlar iqtisodiyotiga ta’siri.
3.Keys topshiriq.
2000 yil boshida Rossiya banki ichki valyuta bozorini barqarorlashtirish bo'yicha faol chora-tadbirlar amalga oshirdi. Ushbu chora-tadbirlar umumiy holatda valyuta savdolariga bevosita aralashuvga emas, balki ortiqcha rubl likvidliligini jilovlash orqali xorijiy valyutaga bo’lgan asossiz talabni qisqartirishga yo’naltirilgan.
Markaziy bankning valyuta savdolariga bevosita aralashuvdan bosh tortishi oqibatlarini baholang.
Rossiya bankining qanday qarori erkin rubl likvidligini qisqartirishga olib keldi?
Ushbu chora-tadbirlar ichki valyuta bozoridagi talab va taklif nisbatiga qanday ta'sir qildi?
Kafedra mudiri J. Ataniyazov
7-variant
Brettonvuds valyuta tizimi va uning asoslari.
O‘zgaruvchan valyuta kurslari va ularni boshqarish.
3. Keys topshiriq. Muddatli valyuta shartnomalaridan foydalanish amaliyoti
Valyuta kursining keskin tebranishi sharoitida salbiy o’zgarishlardan himoyalanish maqsadida forvard shartnomasi tuzishni rejalashtirdingiz. Joriy holatda sizga Nyu Yorkda sarmoyalardan olinadigan yillik foiz stavka 8 foiz, Londonda esa bu 12 foizni tashkil etishi, kassa bitimlaridagi kurs esa 1.6 USD/GBP tengligi ma’lum. Ushbu ko’rsatkichlar asosida kelgusidagi 90 kun uchun kutiladigan forvard kurs qanday bo’lishini toping? Chunki kursning qanday holatda shakllanishi siz tomondan qabul qilinadigan moliyaviy qarorning eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Kafedra mudiri J. Ataniyazov
8-variant
Yamayka valyuta tizimi va uni boshqa valyuta tizimlaridan farqli tomonlari..
Devalvatsiya va revalvatsiya: ularning farqi va o‘xshashlik tomonlari, pul tizimiga ta’siri.
3.Keys topshiriq. Valyuta tizimidagi o’zgarishlarning iqtisodiy jarayonlarga ta’siri
Yamayka valyuta tizimi joriy etilgandan keyin barcha mamlakatlarda milliy valyuta tizimi erkin suzib yuruvchi kurs rejimiga o’tkazildi. Buning oqibatda valyuta kurslarining keskin tebranishi holati iqtisodiyotga sezilarli ta’sirini namoyon eta boshladi. Quyidagi keltirilgan jadval orqali valyuta kursi oʻzgarishini boshqa iqtisodiy jarayonlarga qanday ta’sir koʻrsatishini aniq misollar yordamida ifodalab bering.
Iqtisodiy jarayonlar
|
Mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimi
|
Mamlakat eksport hajmi
|
Mamlakat import hajmi
|
Valyuta kursi
|
oshdi
|
|
|
|
pasaydi
|
|
|
|
Iqtisodiy jarayonlar
|
Chet el valyutasidagi kredit
|
Davlat valyuta zahirasi hajmi
|
Xorijiy valyutadagi jamg’arma hajmi
|
Valyuta kursi
|
oshdi
|
|
|
|
pasaydi
|
|
|
|
Kafedra mudiri J. Ataniyazov
9-variant
1.Iqtisodiy sikl nima va ularning qanday asosiy turlarini hamda fazalarini bilasiz.
2. Valyuta pozitsiyasi
3. Keys topshiriq. Jahon valyuta tizimi va valyuta bozoridagi o’zgarishlarning tashqi savdo munosabatlariga ta’siri
Siz Germaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyaning sotuvlar bo’limida faoliyat olib borasiz, kompaniya AQShga 10 ming AQSh dollari narxida avtomobil etkazib berish shartnomasini tuzdi. Shartnomani tuzish vaqtida valyuta kursi 1 EUR/USD = 1,1. Bitta avtomobilni ishlab chiqarish xarajatlari 6000 evroni tashkil etadi. Jahon valyuta tizimi va valyuta bozoridagi o’zgarishlarning ta’siri natijasida evroning kursi dollarga nisbatan 20%ga oshdi, ya’ni dollarning qadri tushdi. Mazkur holat kompaniyaning eksport operatsiyalarini amalga oshirishdan keladigan evrodagi foydasiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Ushbu holat ta’siri natijasida kompaniyaning mazkur eksport operatsiyasini amalga oshirishdan oladigan foyda miqdorini keltiring.
Dostları ilə paylaş: |