Ikkinchi jahon urushidan so’ng xalqaro munosabatlar-azkurs.org
1949-yilda Xitoyda xalq inqilabi g'alaba qozondi va xalq hokimiyati o'rnatildi.
"Xitoy, Hindistan, Pakistan, Seylan (1972-yildan Shri Lanka) tashabbusi bilan lndoneziyaning Bandung shahrida Osiya va Afrikaning 29 ta mustaqil davlati ishtirok etgan konferensiya bo’lib o'tdi. Konferensiya mustamlakachilik, irqiy kamsitish va segregatsiya siyosatini qarat adi hamda mustamlakachilikning tugatilishida katta rol o'ynagan Bandung Bayanotnomasini qabul qildi."
Osiyo va Afrika xalqlarining mustamlakachilik tizimini tugatish uchun kurashi va ular talabining xalqaro hamjamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi 1960-yil 14-dekabrda BMT Bosh Assambleyasining "Mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish haqida bayonotnoma" qabul qilinishiga olib kekli. lrqchilik va aparteidni ham o'z ichiga oluvchi mustamlakachilikning barcha ko'rinishlarida davom etishi BMT Nizomiga mos kelmasligi e’lon qilindi.

Jahon siyosatida hal qiluvchi burilish ro'y berdi. Osiyo va Amerika mamlakatlari xalqaro munosabatlarda mustaqil rol o'ynay boshladi. Mustamlakachilikni bar-taraf etish haqidagi 1960-yil bayonotnomasi qabul qilingandan ottiz yil mo’baynida aholisi 80 million kishi bolgan 80 ga yaqin sobiq mustamlaka hududlari mustaqillikka erishdi va suveren a’zolar sifatida BMTga qabul qilindi.
Sobiq mustamlaka Yevropa davlatlari mustammamlakatlarini yoqotdi, biroq “g'arblashtirish“ baribir iqtisodiy mavqemi jarayoni saqlab qoldi. Transmilliy korporatsiyalar sobiq mustamlakalarda xomashyo manbalari va foydali qazilmalar ustidan hokimiyatni saqlab qoldi. Texnik ustunligi tufayli yirik Yevropa davlatlari bu mamlakatlarning tashqi savdosida ustunlik qilishda davom etdi. Rivojlangan Yevropa mamlakadarida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va sobiq mustamlakadan olinadigan xomashyo narxlaridagi farq Yevropa mamlakatlariga ulkan foyda keltirdi. Bu farq doimo oshib bordi. Yevropa rivojlanayotgan mamlakadarda madaniy va texnologik ta'sirini ko'p jihatdan saqlab qolmoqda, ularga g'arbcha turmush tarzini singdiruvchi va g'arb olamining tarkibiy qismiga aylantiruvchi “G”arblashtirish" ("vesternizatsiya") jarayonini tezlashtirishga harakat qilmoqda.