Xalqaro Nordik Universiteti 123-guruh talabasi



Yüklə 228,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.05.2023
ölçüsü228,91 Kb.
#112002
  1   2
23-variant (1) (1)



 
 
Xalqaro Nordik Universiteti
 
 
 
123-guruh talabasi 
 
 
VILOYAT G‘ULOMOVA DILMURODOVNANING 
 
BOLALAR PSIXOLOGIYASI 
fanidan 
 
1-topshirigi
 
 
 
 
 
 
 
23.Variant 


1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorikasini rivojlantirish 
2.3 yoshlik krizisning psixologik xususiyatlari. 
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda mayda motorikasini rivojlantirish 
Onalarning hammasi bolalarda qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirish 
kerakligini biladi. Biroq hamma ham buni qay tarzda bajarish kerakligini va 
umuman mayda motorika o‘zi nima va uning qanday o‘ziga xos xususiyatlari 
borligini bilmaydi. Motorikani rivojlantirish uchun bolalar bilan qanday 
mashg‘ulotlar, o‘yinlar va mashqlarni o‘tkazish kerak Mayda motorika – bu qo‘l-
oyoqlarning kaftlari va barmoqlari bilan mayda va aniq harakatlarni bajarish 
qobiliyati. Mayda motorika sohasi ko‘p sonli turli-tuman harakatlarni o‘z ichiga 
oladi: oddiy ishoralardan tortib (masalan, o‘yinchoqni ushlab olish) to juda 
murakkab harakatlargacha (masalan, yozish va rasm chizish).
Mayda motorika tug‘ilgan paytdanoq rivojlana boshlaydi. Oldiniga go‘dak o‘z 
qo‘llarini o‘rganadi, keyin ularni boshqarishga o‘tadi. U buyumlarni butun kafti 
bilan ushlaydi, keyin esa faqat ikkita (katta va ko‘rsatkich) barmog‘i bilan oladi. 
So‘ngra bolani qoshiq, qalam, mo‘yqalam kabi buyumlarni to‘g‘ri ushlashga 
o‘rgatishadi.
Mayda motorikaning juda muhim xususiyati bor. U bolaning asab tizimi, ko‘rish 
qobiliyati, diqqat-e’tibori, xotirasi va idrok qilishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, 
bolaning nutqi rivojlanishi uchun ham mayda motorikani rivojlantirishga katta 
e’tibor qaratish lozim.
Mayda motorikani rivojlantirish uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlar, o‘yinlar va 
mashqlar
Mayda motorikani rivojlantirish uchun ko‘plab mashg‘ulotlar, o‘yinlar va mashqlar 
mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: barmoq o‘yinlari, mayda 
buyumlar bilan bog‘liq o‘yinlar, shakl yasash va rasm chizish, barmoqlarni massaj 
qilish.
Quyida eng oddiy va samarali o‘yinlarni ko‘rib chiqamiz:
Kaftlarni massaj qilish


Bu mayda motorikani rivojlantirishning har qanday yosh uchun mos keladigan eng 
oddiy va universal usuli. Siz barmog‘ingiz bilan bolaning kaftlarini silaysiz va 
ularni massaj qilasiz. O‘z harakatlaringizni «Hakka-qarg‘a» hazilnamo 
muqaddimasi bilan birga bajaring.
«Ladushki»  
Hammamiz bolaligimizdan «Ladushki-ladushki» o‘yinini bilamiz. Bu o‘yin 
go‘daklarni barmoqlarini yoyishga va chapak chalishga o‘rgatadi.
Qog‘oz yirtish  
Bu mashq 7 oyni to‘ldirgan bolalarga to‘g‘ri keladi. Kichkintoyga bir necha varaq 
yumshoq rangli qog‘oz bering. U qog‘ozni bajonidil ushlab ko‘radi, qo‘llarida 
aylantiradi va yirtadi. Bu mashg‘ulot unga juda katta zavq bag‘ishlaydi.

Yüklə 228,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin