Xalqaro Nordik Universiteti 4-mmt-22-guruh talabasi Mahmudova Munisa Tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanidan


Ikkinchi guruhda o‘rgatishning mazmun va vazifalari



Yüklə 59,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix18.12.2023
ölçüsü59,34 Kb.
#184380
1   2   3   4
Mahmudovs

Ikkinchi guruhda o‘rgatishning mazmun va vazifalari.
Hayotining 4-
yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham
lekin ular rasm chizishning m a’nosini tushuna boshlaydilar. U lar o‘zlari chizgan 
shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o‘xshatib chizadilar. 
Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o'xshash belgilarini topishga 
urunishni rag‘batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakllarni to‘g‘ri 
tasvirlashga o‘rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy (boliyatni o'rgatish vazifalari 
bir rejaga qo‘yilgan. 
Sodda predmetlarning asosiy belgilar(rang, shakl)ini berib, turli xil to‘g‘ri va
aylanasimon shakllarning tasviriga o‘rgatish.
Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni 
rivojlantirish; 
Kompozitsion ko‘nikmalarni, qog‘ozning o‘rtasiga tasvirlarni Joylashtirishni
rivoj lantirish. 
Texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
Texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish. Bu guruhda to‘g‘ri va egri chiziqlarni 
to‘g‘ri chizishga o‘rgatish birinchi vazifa bo‘lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni 
turlicha — chapdan o‘ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga 
o‘rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo'lakcha, qalam, yomg‘ir shaklida chizish 
mumkin. Ikki kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo, ikki yoki uch 
aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta aylana va birgina to‘g‘ri 
chiziqdan iborat) bo'lgan predmetlarni chizish ancha qiyin, chunki uch yoshli 


bolaning tahlil (sintez) qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh 
dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo‘lgan predmetni, masalan, (quyoshning 
nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiritilgan. Shakl qanchalik murakkablashsa, 
rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar rasmda aniq 
predmetlarning tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni 
o‘rganadilar. Masalan, qizil rang bayroq, sariq rang quyosh, yashil rang archa va 
boshqalar.
O‘rta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu 
guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar: 
To‘g‘ri to‘rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarning tasviri 
ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o‘rgatish. 
Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o‘rgatish. 
Qog'oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvni bilishni 
rivojlantirish.
Rasmni qalam va bo‘yoq bilan bo‘yashda texnik ko‘nikmalami 
mustahkamlash. Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmet qismlarining 
tasviri (yuqorida, pastda, bir tom onda, boshqa tomonda) hamda bir qancha 
proporsional joylashgan qismlarning tasviri o‘rgatiladi. Bu alohida qismlarni 
o‘zaro solishtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, Qorbobo va archa 2 
tomonlama joylashgan novdalari bifen. Bu guruhda tasviri qiyin boigan obyektni, 
ya’ni odamning rasmini chizish mashg‘ulotlarga kiritiladi. Odam rasmini 
chizishdan oldin bolalar soddaroq shakllami, ya’ni qorbobo, nevolyashka, 
matreshka, qo‘g‘irchoqlami chizishga o‘rgatilgan edi. Katta guruhda rasm 
chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu guruhda bolalarning tasviriy va 
yorqin obrazlami yaratish qobiliyatlarini o‘stiruvchi turli usullardan foydalanib, 
chizishga o'rgatiladi. Bunda quyidagi vazifalar bor: Predmetning shaklini, uning 
belgilarini, hajmini va qismlarining joylashishini o‘rgatishni davom ettirish. 
Rasmda sodda harakatlarni tasvirlashga o ‘rgatish. Rang qobiliyatlarini 
rivojlantirish va mustahkamlash. Qalam bilan (shtrixlash usullari) va bo‘yoqlar, m 
o‘yqalam harakatlarining usullari bilan ishlashda texnik ko‘nikmalarni 
rivojlantirish. Rangli bo‘rlar, ko‘mirlar, akvarel bo‘yoq bilan chizish usullarini 
o'rgatish. Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetning o‘xshash va farqli 
tomonlarini tasvirlash va topishga o‘rganadilar. Masalan, 2ta olma shakli va rangi 
bilan farqlanadi yoki lavlagi bilan turup, ular sabzavotlar uchun umumiy boigan 
dumaloq shaklda. Bu guruhda bolalar yana asosiy spektr ranglari bilan tanishib, 
rasmda ularning chiroyli turlanishlarini keltirib chiqarishni o‘rganadilar. Bolalar 
rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmetning umumiy 
belgilarini chizib olish uchun foydalanadilar. 
Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko‘nikmalarga o ‘rgatish yakunlanadi. 
Bunda quyidagi asosiy vazifalar bor:
Naturadan va tasaw ur qilishdan predmetning xarakterli belgilari, tuzilishi, 
hajmining tasviriga o ‘rgatish. 
Shakl va bo'yoqlarning boyligini tasvirlab berishga, yorqin obrazlar 
yaratishga o'rgatish. 


Kompozitsion qobiliyatlami rivojlantirish (predmetning hajmi va shaklining 
xarakterini hisobga olib, predmetni qog‘ozda joylashtirish). 
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish (bir xil rangning turli ottenkalarini bera 
olish qobiliyati). 
Texnik ko‘nikmalami rivojlantirish (bo‘yoqlami boshqacharoq bo‘yoq olish 
uchun aralashtirish, predmet shakli bo‘yicha qalamda shtrix o‘tkazish). 
Olti yoshli bolalarda analitik fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. 
Ulardan turga mansub predmetlar belgisini ajrata olganliklari kabi, ularning bir 
predmetni boshqasidan ajratib turavchi individual xususiyatlarini ham tasvirlay 
oladilar. Bu esa ijodiy tasaw urni rivojlantiradi.
Xulosa
Bolalar va ijodkorlik ajralmas tushunchalardir. Bola atrofdagi dunyoni 
o'rganadi, uni o'yinda, modellashtirishda va chizishda aks ettirishga harakat qiladi. 
Axir, har bir bola -qo'shiqchi va musiqachi, rassom va haykaltarosh. Bolalarning 
ijodiy impulslari ko'pincha badiiy faoliyat bilan bog'liq bo'lib, bolaning tasviriy 
ijodi uning tasavvurini namoyon qilish uchun ideal imkoniyatdir.Bu bolaning 
normal rivojlanishi uchun muhim shartdir. Agarda tarbiyachi bu jarayon davomida 
kichik va o'rta guruh bolalariga ko'proq maslahat berib, faolligini oshirsa, katta 
tayyorlov guruhlarida bolalarga ko'proq mustaqillik berishlari lozim. Tasviriy 
faoliyatida bolalar faolligi asosida do'stona munosabatlar tarkib topadi, bolalar bir-
birlariga maslahatlar beradi, yordam beradi, ya'ni jamoa bo'lib ijod qilish o'sadi. 
Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyati bilan shug'ullanishi uchun materiallar yetarli
darajada bo'lishi kerak. Bolalarning mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda tasviriy 
faoliyat bilan mustaqil shug'ullanishlari uchun sharoit yaratilgan bo'lishi 
kerak. Predmetli rasm texnikasi aql va ijodkorlikni rivojlantiradi. Yoshligidanoq 
bolalarda san'atga bo'lgan muhabbatni shakllantirish va ijodkorlikni rag'batlantirish
zarur. To'liq shaxsiyatni rivojlantirish uchun inson bolaligidanoq ijod uchun qulay 
muhitda bo'lishi kerak. Bola ishining natijasi ko'p jihatdan uning qiziqishiga 
bog'liq, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani diqqatini faollashtirish, uni 
qo'shimcha stimullar yordamida faollikka undash muhimdirda tarbiyachilardan 
alohida katta mas’uliyat , mahorat, diqqat va kuzatuvchanlik talab qilinadi

Yüklə 59,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin