11-MMT-23 guruhi talabasi Sh.Sh.Lapasovaning maktabgacha ta’lim asoslari fani
«Maktabgacha ta'lim muassasasi nazoratchi-metodistning vazifalari, huquqlari va unga qo'yiladigan talablari» mavzusi bo’yicha tayyorlagan
TAQDIMOT ISHI
Maktabgacha ta’lim muassasalari metodist lavozimining malaka tavsiflari
Bilishi lozim
Malaka talablari
Metodistning liderlik va boshqaruv jihatlari
Xulosa
Taklif va tavsiyalar
REJA:
Lavozim vazifalari: a) maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi o'quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
bjbarcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo'naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko'rsatish:
g) maktabgacha ta’lim muassasasida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha yo'riqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;
d) ilg'or tajribalarni o'rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordatn berish maqsadida maslahatlar o'tkazish;
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengash muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadli ishtirokini ta’minlash;
j) maktabgacha ta’lim muassasasida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish:
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti bo'yicha hamda maktabgacha ta'lim muassasasida turli yosh guruhlar bo'yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash;
i) ta'lim muassasasi faoliyatiga qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.