REJA:
Lavozim vazifalari: a) maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi o'quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish;
bjbarcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o'qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo'naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko'rsatish:
g) maktabgacha ta’lim muassasasida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o'qitish bo'yicha yo'riqnoma-metodik materiallarni umumlashtirish;
d) ilg'or tajribalarni o'rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordatn berish maqsadida maslahatlar o'tkazish;
e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengash muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning maqsadli ishtirokini ta’minlash;
j) maktabgacha ta’lim muassasasida qabul qilingan buyruqlarning bajarilishini nazorat qilish:
z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlariing tashviqoti bo'yicha hamda maktabgacha ta'lim muassasasida turli yosh guruhlar bo'yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash;
i) ta'lim muassasasi faoliyatiga qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;
y) tarbiyalanuvchilarni ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo'yilgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish.