Xalqaro savdo- iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati va mohiyati


O’zbekiston Respublikasi Jaxon savdo tashkilotlari bilan hamkorligi



Yüklə 127,11 Kb.
səhifə4/7
tarix27.02.2023
ölçüsü127,11 Kb.
#85719
1   2   3   4   5   6   7
Курс иши -Халқаро савдо Али

3.O’zbekiston Respublikasi Jaxon savdo tashkilotlari bilan hamkorligi.
1-jadval.
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy integratsion birlashmalardagi ishtroki

Integratsion birlashmalar

Tashkil etilgan yili

O’zbekiston a’zo bo’lgan yili

Tarkibi

Maqsad va vazifalari

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti(IHT)

1991

1991

Ozarbayjon,Armanston,Belarus,
Gruziya,Qozog’iston,Qirg’iziston,Moldova,Rossiya,Tojigiston,
Turkmaniston,O’zbekiston,
Ukraina

Hamdo’stlik doirasida erkin savdo hududini yaratish,savdo va iqtisodiy hamkorlik samaradorligini oshirish, tavarlarni erkin harakatlanishini taminlash

Markaziy osiyo hamdo’stligi(MOH)2004-yildan YeOIH bilan birlashtirilgan

1964

1992

Afg’oniston,Eron,Pokiston,Turkiya, O’zbekiston, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirg’iziston, Tojigiston, Qozog’iston,

O’zaro savdoni kengaytrish, barqaror iqtisodiy o’sish va aholi turmush darajasini oshirish uchun sharoit yaratish, savdo to’siqlarini bekor qilishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat, xalqaro forumlarda umumiy yondashuv orqali jahon savdosi hajmini oshirish.

Shanhay hamkorlik tashkiloti(SHHT)

1996

2001

Rassiya,Xitoy,Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojigiston, O’zbekiston

Terrorizm, separatizim va ekstrimizmga qarshi kurash. Yagona iqtisodiy bozorni yaratish.

Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi (YeOIH)

2000

2005

Rassiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojigiston, O’zbekiston, Belarus

Yagona iqtisodiy makonni shakillantirish a’zo mamlakatlarda iqtisodiyotida tarkibiy islohotlarni kelishib olish, yagona transport tarkibi va transport bozorini yaratish, yagona bojxona tarifini joriy qilish, milliy qonunchilikni uyg’unlashtirish

O’zbekiston Respublikasi bir necha yil avval Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomini olganligi ammo to’laqonli a’zo bo’lmaganligiga qator sabablar mavjud edi. Endilikda shu sabablarni bartaraf etishga va a’zo bo’lishga harakat olib borishga prezidentimiz SH.M.Miromonich shahsan o’zlari ahamiyat qaratdilar va sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. Masalan O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi uchun idoralararo komissiya tuzildi
Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda.Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya tuzildi. Ma’lum qilinishicha, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yo‘nalishlarni belgilaydigan kollegial organ hisoblanadi. Nizom bilan idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibi belgilangan.
Quyidagilar idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • JST kotibiyatiga yoki JSTga a’zo mamlakatlarga kelgusida yuborish uchun idoralararo komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarni kelishish va tasdiqlash;

  • JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirish va uyg‘unlashtirish maqsadida idoralararo komissiya a’zolari va sohaga oid ishchi guruhlarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini kelishish;

  • JST bilan ishlash bo‘yicha muzokaralar guruhi bilan birgalikda strategik masalalar bo‘yicha, shu jumladan, O‘zbekistonning JSTga kirishi shartlari, shuningdek, JST a’zosi bo‘lgan mamlakatlar bilan ikki tomonlama, ko‘p tomonlama va har taraflama savdo muzokaralari jarayonidagi kelishuvlar va shartnomalar bo‘yicha O‘zbekistonning umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish.

Idoralararo komissiya o‘z faoliyatini yig‘ilishlar shaklida amalga oshiradi, ular bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Idoralararo komissiya yig‘ilishlariga materiallarni tayyorlash uning kotibiyati — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining JST bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘riladigan masalalar bo‘yicha qarorlar komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Idoralararo komissiya Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha hisobot kiritadi.
Shu oʻrinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tugʻiladi:
Birinchidan, Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8 — 10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi.
Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 %i qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi. Jahon savdo tashkiloti hajmining uchdan bir qismi MDH davlatlariga to’g’ri keladi O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 11,83 milliard dollarni tashkil etdi, shundan eksport hajmi 4,1 milliard dollarni, import hajmi esa 7,73 milliard dollarni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev YeOII sammitidagi nutqida ta’kidlaganidek, bugungi kunga kelib Ittifoqning xalqaro nufuzi tobora ortib, tashkilotning xorijiy mamlakatlar bilan amaliy hamkorlik geografiyasi kengayib bormoqda. Shu o‘rinda o‘tgan sammitda O‘zbekiston bilan bir qatorda Kuba davlatiga ham tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berilganligi YeOII rivojlanib borayotgan salohiyatli va keng qamrovli iqtisodiy hamkorlikni izchillik bilan olib borayotgan tashkilot ekanligi namoyon bo‘lmoqda.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeOIK) Kengashining shu yil 29 yanvar kuni videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) da kuzatuvchi maqomini olgan mamlakat sifatida birinchi marta O‘zbekiston vakili ishtirok etdi. Tegishli qaror 2020-yilning 11-dekabrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida qabul qilingan. YeOIK yig‘ilishida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi A.Smailov, Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Overchuk, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi A.Novikov, Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Petrishenko, Armaniston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Grigoryan va YeOIK Kengashi raisi M.Myasnikovich qatnashdi. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida kuzatuvchi mamlakat maqomidagi O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida konstruktiv hamkorlik qurishning ahamiyati qayd etildi. Yig‘ilish kun tartibiga savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasining keng ko‘lamli masalalari kiritildi. Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor yo‘nalishlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
2020-yilning 11-dekabrida Oliy Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashining qarori bilan O‘zbekiston YOIIda kuzatuvchilik maqomini oldi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti bu borada o’z tahlillari bilan bo’lishdi. O’zbekiston uchun nimalar o’zgaradi:
Birinchidan, O‘zbekiston YOIIdagi kuzatuvchi maqomida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va uning ishchi organlari bilan yaqinroq hamkorlik qilish va hamkorlik kun tartibini keng ko‘lamda amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, ittifoq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikning afzalliklaridan to‘liq foydalanish hamda mamlakatimizga kuzatuvchi maqomini beradigan hamkorlikni chuqurlashtirish uchun sharoit yaratiladi.
Ikkinchidan, YOIIga a’zo davlatlar O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari va yaqin qo‘shnilaridir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kuzatuvchi maqomi har xil mavzulardagi munozaralarda o‘z vaqtida ishtirok etish, asosli qarorlar qabul qilish va iqtisodiy siyosatda zarur o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, barcha a’zo davlatlar bilan mavjud muammolarni muhokama qilish bo‘yicha muloqotni osonlashtiradigan doimiy kanal yaratiladi.
To‘rtinchidan, savdo, investitsiya va texnologik hamkorlikni kengaytirish maqsadida YOIIga a’zo davlatlar bilan yanada konstruktiv muloqot o‘rnatish imkoniyati yaratiladi.
Umuman olganda, Kengashda kuzatuvchi maqomida ishtirok etish bizga Ittifoqning integratsiyalashuv jarayonlari, yutuqlari, muammolari va rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorlik qilishining sezilarli faollashishi, jumladan, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi maqomini olishi har tomonlama mamlakatimizning milliy manfaatlariga javob beradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ustuvor va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda xizmat qiladi. Buni qo‘yidagi omillar orqali ko‘rsatib o‘tish mumkin. YeOII mintaqada katta iqtisodiy salohiyatga ega va rivojlanib borayotgan tuzilmalar safiga kiradi. Xususan, ittifoq aholisi soni 185 million nafar, a’zo-mamlakatlar hududi dunyo yer maydonining 14 % ini egallaydi. Butun dunyo tabiiy gaz zaxiralarining 20 %i, uning eksportining 50 %i, neft zaxiralarining 8 %i va eksportining – 18 %i, ko‘mir zaxiralarning 22 %i, jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 5,1 %i Ittifoqga a’zo davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi savdo-iqtisodiy hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha Erkin savdo hududi (ESH) to‘g‘risidagi shartnomalar imzolash orqali uchinchi mamlakatlar bilan ham hamkorlik qiladi.YeOII bilan erkin savdo hududi va hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolagan uchinchi mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti 29,6 trillion dollarni (xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha) yoki jahon yalpi ichki mahsulotining 23,2 % ini tashkil etadi. Ittifoqning tashqi sheriklari yalpi ichki mahsuloti hajmi 43,9 trillion dollardan iborat (xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha), bu o‘z navbatida jahon yalpi ichki mahsulotining 34,3 %iga to‘g‘ri keladi. Ushbu salohiyat o‘z navbatida ittifoqni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Xususan, 2019-yil yakunlariga ko‘ra YeOII yalpi ichki mahsuloti, tashkilot tuzilgan 2015-yilga nisbatan 21 %ga oshib, 1,9 trillion dollarni tashkil etdi. Misol uchun Armaniston YaIM 2015 yilda 10,5 milliard dollar bo‘lsa, 2019 yilga kelib 13,6 milliard dollarga yetdi (22% o‘sgan). Qirg‘izistonda esa ushbu davr oralig‘ida YaIM 6,6 mlrd. dollardan 8,4 milliard dollarga ko‘paygan (21% ga ortgan). Butun Ittifoqda aholi jon boshiga YaIM 2015-2019 yillarda 16% o‘sgan (8913 dollardan 10683 dollarga), asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 19% oshgan, ishsizlik darajasi esa 12% kamaygan.
Xususan, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga kirishi bo‘yicha harakatlarni jadallashtirdi, o‘zaro savdo uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va tashqi savdo rejimini maqbullashtirish maqsadida Yevropa Ittifoqi bilan bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralar, shuningdek, Preferensiyalarining bosh tizimiga (“PBT+”) qo‘shilishi doirasida yakuniy ishlar olib borilyapti.
O‘z o‘rnida, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligi, ko‘p jihatdan, jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashishga, ayniqsa, hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga bog‘liqdir.


Yüklə 127,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin