Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqeyi sezilarli darajada va muntazam oshib bormoqda.
Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro miqyosda moliya, kredit va valuta munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
Xalqaro valuta-kredit munosabatlari – bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi va eng murakkab jarayonlaridan biridir. Ko’plab omillar ta’sirida xalqaro valuta- kredit munosabatlari murakkablashmoqda va hozirgi sharoitda o’zining o’ta beqarorligi bilan ahamiyatlidir.
Bugungi kunda davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini pul bozori yoki valuta bozori, undagi valuta operatsiyalarining rivojisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu sababli xorijiy valutalar bilan bog’liq jahon tajribasini o’rganish O’zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro valyuta-kredit munosabatlarinign rivojlanishi o’z navbatida investitsiyalar hajmining o’sishiga, mamlakatning toboro integratsiyalashuvini oshishiga olib keladi. Mamlakatimizda ham xalqaro valyuta-kredit munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda.
Bu to’g’risida davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev ham “Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 019-yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da salmoqli natijalarga erishdik. Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi.
Ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 018-yilga nisbatan – mana shu raqamga eʼtiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o’sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O’zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi” deya ta’kidlaganlar1.
Yuqorida bildirilgan fikrlar mazkur kurs ishining dolzarbligini asoslab beradi. Kurs ishining maqsadi xalqar-valyuta kredit munosabatlarini tartibga solinishini, uni mamlakatimizda tobor rivojlantirilishi bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi
Dostları ilə paylaş: |