Bo’linmalar darajasidaishlab chiqarishning bilvosita xarajatlarini taqsimlash usuli ancha mehnattalabdir, biroq, u oldingi usulga nisbatan mahsulotlar alohida turlari bo’yicha tannarxni to’liqroq aniqlash imkonini beradi. Bu usulda mazkur xarajatlar alohida subschyotlar ochish yo’li bilan bo’linmalar darajasida hisobga olinadi.
Korxonalarda hisobot davri yakunida mahsulotlar alohida turlari bo’yicha ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarining taqsimoti har bir subschyot uchun amalga oshiriladi. Bunda har bir subschyotga bo’linma texnologik jarayoni xususiyatini ifodalovchi o’z taqsimot bazasi mos keladi. Masalan, korxona avtomatlashtirilgan bo’linmasining ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari unda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari bo’yicha asbob-uskunalar ish soatlariga binoan, o’o’lda yig’ish tsexining ishlab chiqarish bilvosita xarajatlari esa mehnatning bevosita xarajatlariga ko’ra taqsimlanadi.