Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
Javobgarlik markazlari bo’yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
Javobgarlik markazlari – bu boshqaruv hisobi tizimida muhim obyekt hisoblanib, boshqaruv xodimlari faoliyatini tashkil etishga yo’naltirilgan yangi psixologik talqindir. Uning asosiy maqsadi nazoratdan ko’ra ko’proq o’zini boshqarishda boshqaruv xodimlariga yordam berishdir.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda javobgarlik markazlari bo’yicha hisobni tashkil etishning asosiy maqsadi faoliyat xarajatlari va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni alohida-alohida umumlashtirish hamda ular bo’yicha mavjud chetlanishlarni bo’linmalar zimmasiga yuklashdan iborat.
Boshqarish nuqtai-nazaridan korxonaning javobgarlik markazlariga bo’linishi quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
- javobgarlik markazlari korxonaning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilmasi bilan bog’langan bo’lishi;
- javobgarlik markazlarida faoliyat hajmini aniqlash, xarajatlarni hisoblash va ularni taqsimlash uchun asos vazifasini bajarishi;-
- har bir javobgarlik markazi menejerlarining vakolatlari va javobgarligi aniq belgilanishi zarur. Menejer faqat o’zi nazorat qila oladigan ko’rsatkichlar uchun javob beradi;
-
Har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarining o’rnatilishi; 34 javobgarlik markazlari menejerlari o’tgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini o’tkazishda va istiqbol rejalarini (byudjet) tuzishda faol ishtirok etishlari lozim.
Har bir javobgarlik markazi uchun ichki hisobot shakllarining o’rnatilishi; 34 javobgarlik markazlari menejerlari o’tgan davr uchun markaz faoliyati tahlilini o’tkazishda va istiqbol rejalarini (byudjet) tuzishda faol ishtirok etishlari lozim.
Shuningdek, korxonani javobgarlik markazlariga bo’lishda tegishli markaz rahbarlarining etirozlariga tasir qila oladigan ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olish lozim.
Boshqaruv hisobida korxona faoliyatini javobgarlik markazlariga bo’lib tashkil etish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va uni tashkil etilishi, dastlabki materiallar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibi, texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog’liq.
Korxonani tashkiliy tuzilma doirasida boshqarishni tashkil etishning chiziqli, funksional, chiziqli-funksional va matrisali shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin.