Xarajatlarni turkumlanishi va hisobi


Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo'yicha hisobga olishni tashkil etish



Yüklə 31,75 Kb.
səhifə2/5
tarix14.04.2023
ölçüsü31,75 Kb.
#98014
1   2   3   4   5
XARAJATLARNI TURKUMLANISHI VA HISOBI

3.Ishlab chiqarish xarajatlarini asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar bo'yicha hisobga olishni tashkil etish
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida sodir bo'ladigan har bir muomalaning buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi schyotlar guruhidan foydalaniladi:
- 2010 - "Asosiy ishlab chiqarish";
- 2310 - "Yordamchi ishlab chiqarish";
- 2510 - "Umum ishlab chiqarish";
- 2610 - "Ishlab chiqarishdagi brak";
- 3110 - "Oldindan to'langan ijara haqi";
- 3120 - "Oldindan to'langan xizmat haqi";
- 3190 - "Boshqa bo'nak xarajatlari";
- 8910 - "Kelgusi xarajatlar va to'lovlar rezervi".
Ishlab chiqarish xarajatlarini elementlari va kalkulyasiya moddalari bo'yicha hisob yuritishni taminlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schyotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo'yicha guruhlanadi.
2010 - "Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi:
- mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari;
-qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo'yicha pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari;
- xizmatlar ko'rsatish bo'yicha transport va aloqa korxonalari;
- ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo'yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari;
- avtomobil yo'llarini asrash va tamirlash bo'yicha yo'l xo'jaliklari. Ushbu schyotning debetida mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko'rsatish bilan bevosita bog'liq bo'lgan xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish 30 rajatlari, yaroqsiz mahsulotdan ko'rilgan yo'qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizraat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan bevosita xarajatlar aks ettiriladi.
2010 - "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmat) tannarxini aniqlash uchun tegishli xarajatlar 2300 -- "Yordamchi ishlab chiqarish hisobi" schyotlarida guruhlanadi.
2300 - "Yordamchi ishlab chiqarish hisobi" schyotlaridan quyidagi yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga olishda foydalaniladi:
- energiyaning har xil turlari (elektroenergiya, gaz va boshqalar) bilan yordam ko'rsatish;
- transport xizmatlarini amalga oshirish;
- asosiy vositalarni tamirlash;
- instrumentlar, shtamplar, qurilish detallari, konstruksiyalarni tayyorlash;
- tosh, shag'al, qum va boshqa rudasiz materiallar qazib olish;
- ёg'och materialiari tayyorlash va ularga ishlov berish;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tuzlash, qoqi qilish va konservalash (asosan savdo korxonalarida);
- maxsus kiyimlar va poyafzallarni tamirlash, tikish va boshqalar. Shuningdek, mazkur schyotlarda 21-sonli BHMSga muvofiq, xo'jalik yurituvchi subyektlar balansida turgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik bo'linmalari xarajatlari ham hisobga olinishi mumkin. 2300 - "Yordamchi ishlab chiqarish hisobi" schyotlarining debetida mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va ish bajarish bilan bog'liq bo'lgan bevosita xarajatlar, shu bilan birga yordamchi ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan bilvosita xarajatlar haqida yaroqsiz mahsulotdan ko'rilgan zarar aks ettiriladi.



Yüklə 31,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin