Xarajatlarni turkumlanishi va hisobi


Javobgarlik markazlarining turlari



Yüklə 31,75 Kb.
səhifə4/5
tarix14.04.2023
ölçüsü31,75 Kb.
#98014
1   2   3   4   5
XARAJATLARNI TURKUMLANISHI VA HISOBI

Javobgarlik markazlarining turlari

Xo'jalik yurituvchi subyektlarda javobgarlik markazlari bo'yicha boshqaruv hisobini tashkil etishda ushbu markazlarning turlari mohiyatiga alohida etibor qaratish zarur.


Korxonada bo'linmalar bo'yicha boshqaruv hisobini samarali tashkil etish uchun ularni quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash lozim:
- vakolatlar va javobgarlik hajmiga ko'ra;
- markaz bajaradigan funksiyalar bo'yicha.
Vakolatlar va javobgarlik hajmidan kelib chiqqan holda javobgarlik markazlarini xarajatlar, sotish, foyda va investisiyalar markazlariga bo'lish maqsadga muvofiqdir.
Xarajatlar markazi - bu faqat xarajatlarning maqsadli sarflanishiga ma'sul bo'lgan korxonaning bo'linmasidir (ishlab chiqarish sexi, konstruktorlik byurosi va h.k.). Korxonani bunday markaz doirasida boshqarish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, meyorlashtirish va hisobini tashkil etish amalga oshiriladi.Shuni takidlash lozimki, javobgarlik markazlarini aniqlashda korxona texnologik tuzilmasini etiborga olish, uni gorizontal va vertikal ko'rinishlarga ajratish zarur. Gorizontal tuzilmada markaz uchun javobgar har bir shaxs faoliyati doirasi bilan farqlanadi, vertikal tuzilmada esa boshqaruv qarorlari qabul qilishga vakolatli shaxsning harakatlari nazarda tutiladi. Javobgarlik markazlarining har biri bir vaqtda xarajatlar, daromadlar, foyda yoki investisiyalar markazi bo'lishi mumkin. Bu chizmaga asoslanib, korxona javobgarlik markazlarining shakllanishini gorizontal va vertikal ko'rinishlarda tahlil qilib chiqish. korxona 36 bo'linmalaii rahbarlari faoliyatini markaziy boshqaruv xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Javobgarlik markazi rahbari vazifalarni bajarish bo'yicha belgilangan majburiyatlar bilan birga moliyaviy javobgarlikni ham o'z zimmasiga olishi shart. Bunda har bir markaz o'ziga tayinlangan turli funksiyalarni bajarishi mumkin (ishlab chiqarish, marketing, texnik xizmat, hisob, nazorat va h.k.). Mazkur holatda, muayyan funksiyalar yoki vositalar emas, balki xodim yoki mamuriyat javobgarlik markazi obyekti bo'lib hisoblanadi.



Yüklə 31,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin