Qur’oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: «…Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. So‘ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So‘ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go‘sht qilib yaratdik, bas, parcha go‘shtni uyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik».
Buddaviy dinida ta’kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo‘lgan kuchlarning o‘tkinchi yig‘indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko‘ra va ularga bog‘liqlikda paydo bo‘lib, yana yo‘qolib turadi.
Ko‘rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma xil.
Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. Albatta, bunda tayanch nuqta bo‘lib asta-sekin to‘planib borgan ilmiy dalillar xizmat qilgan.
Tabiatshunoslik dalillari Diniy ta’limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o‘tmishda, ayniqsa,yangi zamonning boshlaridan Yevropada to‘plangan ma’lumotlar insonning paydo bo‘lishiga doir avvalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. Masalan, tasodifan yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarning, garchi ular boshqa biologik tur – hayvonlarga tegishli bo‘lsa-da, inson suyaklariga ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi.
Tadrijiylik ilmiy yo‘nalish nazariyasi Bu nazariyaga ko’ra hayvonlar, o’simliklar o’zining tuzilishini mukammallashtirib boradi va bunga tashqi ta’sir ham ta’sir qiladi deyilgan.Shunda hayvonlar yildan yilga rivojlanib inson qiyofasiga kelgan deb hisoblanadi. Inson kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilmiy yo‘nalish organik olamdagi barcha mavjudotlarning rivojlanishi to‘g‘risida XIX asrda tabiatshunos olimlarning izlanishlari natijasi o‘laroq xiyla asoslab berilgan. Tadrijiylik nazariyasida qiyosiy anatomiya, fiziologiya va hozirgi mavjud turlarning rivojlanishi tarixiy ma’lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya materiallari har tomonlama o‘rganilgan edi. Bu nazariya o‘z ichiga kishilik dunyosini qamrab olmasligi mumkin emasdi. Antropogenezning tadrijiylik nazariyasi ba’zi jihatlardan XVIII asrda Yevropada ilgari surilgan turli qarashlarning davomi sifatida maydonga kelgan.