10
olamdan boy taassurot oladi va uni jonli o‘yin harakatlari va obrazlarda
gavdalantirishga intiladi.
Dramatizatsiya bolalar ijodining keng tarqalgan turi bo‘lib, xilma-xil
ko‘rinishda: insho, improvizatsiyalangan kichik sahnalar ko‘rinishida ham, tayyor
adabiy materialni inssenirovkalash ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Bolalarni
adabiy syujetlarning emotsional ichki boyligi, personajlarning muayyan harakatlari
o‘ziga tortadi.
Teatr-o‘yin faoliyati turlari xilma-xil va har biri o‘zicha qiziqarli. Bolalar
maqtanchoq xo‘rozchani yoki boshqa jonivorlarni o‘ynash va o‘zini
artis sifatida
his qilishga qiziqadi. Teatr faoliyati – bola nutqini rivojlantirish uchun bitmas-
tuganmas xazina. She’riy asarlarni “o‘ynash”dan ish boshlab, sahnalarga o‘tiladi,
ishning yuqori cho‘qqisi drama (sahna) lashtirish hisoblanadi, bunda bolalar
qahramonning xarakterini ochmib bergani holda savodli gapirishi lozim. So‘zni
sahna harakatlari bilan birlashtirish murakkab, ayniqsa tortinchoq bolalar uchun
juda murakkab ish sanaladi. Tarbiyachi uchun bevosita ta’limiy faoliyatni amalga
oshirish,
nutqni rivojlantirish muhim, sahnalar kichik spektakllarga o‘xshashi
kerak. Bunda tarbiyachi bosh rolni o‘ynaydi, bolalar esa artist bo‘lishga o‘rganadi.
Bu jarayonda qo‘g‘irchoqlar, ayiqchalar va sh.k. jonlanadi. Bolalar o‘ynaydi,
niqoblar kiyadi, turli jonivorlarga aylanadi, o‘rmonda bo‘ladi, bizni stol-stullar
emas, balki ertaklar mamlakati o‘rab turadi.
Tomoshaga tayyorgarlik jarayonida ham bolalarning o‘zi qatnashadi. Bunda
tomoshaning mazmuni, bayram muhitini tashkil qilish masalalari muhokama
qilinadi, rollar taqsimlanadi. Bolalar ishtirokchi (artist) bo‘lganida ularning faol
nutqi namoyon bo‘ladi va mashq qildiriladi. Hamma vaqt va hamma sharoitda
yaxshi gapirish uchun nafaqat gapirishni bilish,
balki omma oldida, notanish
tinglovchilardan uyalmasdan gapira olishga odatlanish talab qilinadi.
Boy ichki dunyo egalari, nutqni mukammal egallagan, ammo shu qadar
uyatchan, o‘ziga ishonmaydigan, omma oldida nutq so‘zlashga odatlanmagan
kishilar
uchraydiki, ikki-uchta notanish kishining borligi ularning lom-mim
deyolmay qolishiga sabab bo‘ladi. Bunga qarshi kurashish, bolalarda o‘zi va o‘z
11
kuchiga ishonchni rivojlantirish zarur. Omma oldida nutq so‘zlash odatini insonda
kichik yshdan notanish auditoriya oldida nutq so‘zlashga o‘rgatish yo‘li bilan
shakllantirish mumkin. Buni teatrlashtirilgan faoliyatda ajoyib tarzda amalga
oshirish mumkin. Bola MTTda umum (ko‘pchilikning) ishida qatnashayotganini
anglab yetishi, ularning xatti-harakati hammada qiziqiy uyg‘otayotgani, bundan
boshqalar
manfaatdor ekani, ular hammani qiziqtirishi mumkin va kerak bo‘lgan
harakatlarni amalga oshirayotganini tushunib yetishi juda muhim. Kichik
sahnalarni o‘ynab, boshqa qiyofalarga kirib, bolalar nutqini sayqallashtiradi, ularda
o‘ziga ishonch, topqirlik rivojlanadi, ijod uchun imkoniyatlar ochiladi.
Zamonaviy olamda, ezgu hislar va hamdardlik, hamkechinmalikka kam
o‘rin qolayotgan bir davrda, aynan teatrlashtirilgan faoliyat maktabgaa ta’lim
yoshidagi bola tarbiyasi uchun juda zarur, zero u bolada ezgu hislar uyg‘otadi va
yorug‘liq urug‘larini shakllantiradi, pedagoglarga bolaning
emotsional sohasiga
murojaat qilish, “hislarni tarbiyalash” bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Aynan
teatrlashtirilgan faoliyat, san’atning amaliy turi sifatida, ham tarbiya, ham ta’lim
uchun katta imkoniyatlarga ega va shaxsni tarbiyalash imkonini yaratadi. Aynan u
bolani to‘laqonli qiziqtirishi, uni yanada jur’yatli, faol qila oladi. Teatrlashtirilgan
faoliyat bolaning barcha qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bola aqlan, jismonan va, eng
muhimi, emotsional rivojlanadi. Pedagog uchun teatrlashtirilgan faoliyat zarur va
u bilan imkon qadar erta, ikkinchi kichik guruhdan boshlab shug‘ullanish kerak,
shunda tayyorlov guruhiga kelib o‘zimiz kutgan natijaga erishamiz.
Dostları ilə paylaş: