KAShTAChILIKDA BEZAK BUYuMLARINING TURLARI
O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol
kashta tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun
kirpech, so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni o‘zi tayyorlagan.
Bezak buyumlarining turi juda ko‘p masalan, so‘zana, kirpech, choyshab oyxalta,
choy xalta, zardevor, palak, gul-ko‘rpag dorpech, bug‘joma, parda, belbog‘,
takyanush (yostiq ustiga yopiladigan), Do‘ppi‚ ko‘ylak, dastro‘mol, hamyon,
joynamoz, nimcha, maxsi-kavush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan
bezatilgan. Utmishda bu kashtalar oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik
satin, shoyi baxmalga tikiladigan bo‘ldi. Kashtachilikda ishlatiladigan bezak
buyum turlari bilan tanishib chiqamiz.
Do‘ppi – O‘zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do‘ppi kiyish
dastlab Eronda va turkiy xalqlar o‘rtasida rasm bo‘lgan. Asrlar davomida
do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg‘a shoyiga ip, ipak
va zar bilan do‘ppi gullari tikilgan. O‘zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro,
Samarqand, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur bo‘lib, ular o‘ziga hosdir.
140
Mamlakatimizning barcha tumanlarida do‘ppi tikiladi. Uning Iroqi, Chust
do‘ppi, gilam do‘ppi, chakma tur, qizil gul, piltado‘zi, zardo‘ppi, to‘ldirma deb
nomlanadigan milliy do‘ppilar bor. Har bir do‘ppi yaratilish uslubiga ega bo‘lib,
ular bir-biridan farq qiladi.
Arag‘chin – sharsimon do‘ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda
sharsimon do‘ppilar kanda xayol, bosma, chakmator, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do‘ppi – keng tarqalgan yassi yuzali do‘ppi. Ko‘pincha tus do‘ppi chust
do‘ppi deb yuritiladi. Tus do‘ppilarning birgina klassik variantining o‘zida sakkizta
chok uslubi qo‘llaniladi. Masalan, zanjira, to‘g‘ri chok, chita, kungura, yetalatma,
taroq, ova, pildiroq. Chust do‘ppisining tepasi kvadrat shaklida bo‘rtib chiqib,
yarim shar ko‘rinishida bo‘ladi. Toshkent do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan ( gulsiz )
tikilgan bo‘ladi. Buxoro do‘ppilari sidirg‘a yoki guli baxmaldan jiyakli qilib
tikiladi, jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yo‘rma usulida tikilgan bo‘ladi.
Joynamoz – yerga solib ustida namoz o‘qiydigan to‘shama. Joynamoz har
xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo‘ladi.
Undan machit, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o‘lchamda bo‘ladi.
Joynamoz kashtachilikda juda chiroyli qilib bezatiladi.
Zardevor – uy jihozi, u sidirg‘a shoyi baxmal, satinga kashta tikib bezatilgan
badiiy buyum. Zardevor yangi tushgan kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib
qo‘yiladi. U zar ip yoki ipak gajimli bo‘lib, eni 40-70sm uzunligi mo‘ljallangan
uyning devoriga moslab tikiladi.
Palak – devorlarga ilinib eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri.
Palakda osmon va to‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo‘zga kashta
tikib tayyorlangan. U so‘zanadan gullarining yirikligi, zaminiga ham kashta
qoplanishi bilan farq qiladi. Palakni o‘rtasida yirik oy tasviri kizil kirmizi, pushti
ipak bilan kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o‘simliksimon naqshlar
tikiladi. Naqshlar ichida ko‘pincha bodom, qalampir elementlari qo‘llaniladi.
Palakda qirqtacha oy ham tasvirlash mumkin, shuning uchun oyini soniga qarab
141
olti oyli palak, o‘n ikki oyli palak, hattoki katta uylar uchun qirq oyli palak
tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan.
Mashxur kashtado‘zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, o‘z mahoratlarini
namoyish etganlar. Agar oyni ichida sidirg‘a rangda ifodalangan bo‘lsa, uni,
oypalak, agar naqshli bo‘lsa gulpalak va xokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi
vaqtlarda palakni qo‘l mexnati ko‘p bo‘lgani uchun so‘zana deyila boshlandi.
Lekin hozir palakni qo‘lda tikishga katta ahamiyat berilmokda.
Kirpech – tokchaga taxlab qo‘yilgan kiyim-kechak ustidan yoki devorning
bo‘sh joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum.
Kirpech kashtalari qo‘lda yoki mashinada tikiladi. Kirpech qo‘lda ilma kashta bilan
bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saklaydi va uyni bezab turadi. Odatda,
palakka o‘xshatib tikilgani kirpechpalak deb yuritiladi. Bu turi ham keng
ishlatiladi.
So‘zana – igna bilan tikilgan degan ma’noni beradi. So‘zana matoga kashta
tikib tayyorlangan badiiy buyum bo‘lib, xonani bezatish uchun devorga ilib
qo‘yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U
o‘ziga xos badiiy ko‘rinishga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini
sifatida foydalanadilar. Shuning uchun u palakdan farq qiladi. So‘zana har bir
xonadonda bo‘lgan, chunki har bir qiz turmushga chiqishidan oldin o‘zi uchun
so‘zana tayyorlagan. So‘zana kelinlarning sepi xisoblangan. Kambag‘al oilada
so‘zanani malla, oq bo‘zdan, badavlatroqlarida esa shoyidan, baxmaldan tikishgan.
So‘zana uchun kompozitsion joylashgan o‘simliksimon naqshlardan foydalaniladi.
So‘zana o‘rtasida ko‘pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar
bilan bezatiladi. So‘zana tikish juda qadimdan rivojlangan‚ lekin XIX-asrgacha
bo‘lgan so‘zanalar saqlanmagan. Faqat XIX- asrga oid Samarkand, Buxoro,
Nurota, Farg‘ona, Uratepa, Shaxrisabz, Toshkent va boshqa joylardagi so‘zana
turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa O‘zbekiston hududida
qadimdan keng tarqalgan. Keyingi paytlarda
so‘zana
mashinada
tikilib
kelmokda.
142
Choyshab – forscha-tojikcha ro‘yjotun chodiri degan ma’noni bildiradi.
Choyshab asosan taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun to‘shak ustidan
to‘shaladi. To‘shak ustidan yopiladigan choyshab ham kashtali oq surp, taxmonga
tutiladigan satin, shoyi, baxmal va boshqalardan tikiladi. Hozirgi vaqtda
choyshabdan so‘zana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanib kelinmokda.
Dostları ilə paylaş: |