Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


Yumshoq o‘yinchoq andozasini kattalashtirish usuli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Yumshoq o‘yinchoq andozasini kattalashtirish usuli. 
Yumshoq o‘yinchoq 
andozasini kattalashtirish uchun‚ eng avvalo‚ kichik andozani katakli qog‘ozga 
tushurib olamiz.(0,5sm) Andozani kattalashtirishda o‘zimiz xohlagan kattalikka 
keltirish uchun uning taxminiy ko‘rinishini tasavvur qilish lozim. Shundan so‘ng 
katakli qog‘ozni olib‚ uni 1 sm li ( 2 sm li) qilib chizib chiqamiz. Bu andozani 
qanchalik kattalashtirishingizga bog‘liq. Chizilgan katakli qog‘ozni olib kichik 
andozadan har bir qismni kattalashtiramiz. Har bir katakni bittadan chizish lozim. 
Shunda andozani kattalashgan holda olamiz. Agar millimetrovka bo‘lsa yanayam 
yaxshi bo‘ladi.
 
TOLALI MATERIALLAR VA GAZLAMALAR BILAN IShLASh 
Tolali materiallar va gazlamalar bilan ishlashda maxsus asbob va 
moslamalardan foydalaniladi, ish o‘rnini jihozlash va asboblarni ishlatish 
qoidalariga rioya qilinadi. 
Qo‘llanmaning mazkur bo‘limida tavsiya qilingan ishlarni bajarish uchun 
quyidagi asbob va moslamalarga ega bo‘lish kerak: santimetrli chizg‘ich, oddiy 
qora va bo‘yoq qalam, qaychi, to‘g‘nag‘ich, igna, angishvona, Ilgak (ilgak), 


158 
shablon va moki. Tolali materiallar va gazlamalar ishning qay tarzda bajarilishiga 
qarab tanlanadi. Asbob va moslamalarni maxsus qutichalarda saqlash lozim. 
Qaychi yaxshilab charxlangan bo‘lsin; agar ular ehtiyot bilan ishlatilsa, uzoq 
vaqtgacha o‘tmaslanmaydi. Ignalar zanglamasligi uchun bir parcha movut yoki 
qalin jun gazlamaga qadab qo‘yiladi.
Ignadan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Ish vaqtida ignani kiyimga 
qadab qo‘yish yoki ish o‘rnida qoldirish juda xavfli. Bunday ehtiyotsizlik baxtsiz 
hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.
Ignaga har doim ip o‘tkazib qo‘yish zarur, shunday qilinsa igna 
yo‘qolmaydi. Ishni birpas to‘xtatganda ignani maxsus yostiqchaga qadab qo‘yish 
yoki maxsus igna qutichasiga solib qo‘yish kerak.
Uchi o‘tkir boshqa asboblar: qaychi, to‘r to‘qiydigan ilgakni ham ehtiyot 
bo‘lib ishlatish kerak. Bu asboblarni boshqa kishiga berayotganda, jumladan, 
qaychini uchi bilan emas, orqa tomoni bilan; igna, to‘g‘nag‘ich va ilgakni-to‘mtoq 
uchi bilan uzatish kerak. Talaba bu xavfsizlik qoidalariga mehnat darslarida ham 
shunga o‘xshash ishlarni uyda bajarayotgan vaqtlarida ham rioya qilishi kerak. 
Tolali materiallar va gazlamalarni ishlatishda, ayniqsa, materialni xomashyo 
qilishda ehtiyot bo‘lish kerak, masalan, buyumlarni ilgak bilan to‘qishda ishni ko‘z 
bilan chamalab emas, balki andozadan foydalanib bajarish zarur; yumshoq 
o‘yinchoqlarni ham andozaga qarab tikish lozim, bunda andoza gazlamaga 
to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi: o‘yinchoqni tikayotganda hatto bir ozgina 
noaniqlikka yo‘l qo‘yilishi o‘yinchoq shaklining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Tolali materiallar: ip, mulina, tasmalar bilan turli-tuman ishlar qilish 
mumkin, natijada har xil buyumlar hosil bo‘ladi. Bunday ishlashga o‘rin, ilgak va 
spitsa bilan to‘qish va eshish kiradi. Bu ishlardan ayrimlariga to‘xtab o‘tamiz. 
Shnurlar, xatcho‘p, belbog‘lar, o‘rish va eshish.


159 
Har xil buyumlarni (jadval, sxema, albom, papka) tayyorlashda uch tola ipdan 
qo‘lda o‘rilgan bog‘ichdan foydalanish mumkin, ular qovuzoq bog‘lag‘ich, 
xatcho‘p bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bog‘ichning nimaga ishlatilishga qarab har 
bir o‘rimda ikkitadan, to 8-12 tolagacha ip olinadi. Ipning uzunligi shnurning 
uzunligiga qarab aniqlanadi. Uch tola ipdan o‘rilgan bog‘ichni chiroyli, guldor 
xatcho‘p sifatida foydalanish mumkin.
Xatcho‘p yasash uchun 3-5 xil rangli 12-15 tola iris yoki har xil rangli 
mulinadan 6-9 tola olish kerak. Bu iplarning uzunligi hatcho‘p yasaladigan kitob 
uzunligidan 2 baravar ortiq bo‘lishi (taxminan, 60-70sm) va unga qo‘shimcha qilib 
4-5sm olinishi kerak, chunki o‘rilgan shnur olingan ipdan kalta bo‘ladi, undan 
tashqari, shnurning uchida popuk bo‘lishi lozim.
Hamma ipni teng uchta tolaga bo‘lib, shnur o‘riladi. Eng pastidan 1-1,5sm 
joy qoldirib uchi tugib qo‘yiladi. Shnur tekislab to‘g‘rilanadi-da, ikkiga buklanadi. 
So‘ng ingichka rangli ip bilan tortmasdan turib, o‘rtasidan tikiladi. Chiroyli 
xatcho‘p hosil bo‘ladi. Enliroq xatcho‘p yasash uchun uch tola ipdan o‘rilgan uchta 
shnur tayyorlash kerak. Avval uchta ingichka xatcho‘p o‘rib, keyin ularning 
chetlarini bir-biriga tikish kerak. Bunda eni 2,5-3sm bo‘lgan jimjimador o‘rilgan 
xatcho‘p hosil bo‘ladi. Biriktirish uchun tikilgan choklar deyarli sezilmaydi. Oddiy 
ip tasmalardan bolalar o‘ynaydtgan tizgin ham to‘qish mumkin. 1m 90 sm dan uch 
bo‘lak tasma o‘lchab olib, uch tolali shnur o‘riladi. Shnurning ikki uchidan teshigi 
10-12sm li halqa qilinadi. Bu tizginning asosiy qismi hisoblanadi. Ikkinchi qismi – 
to‘simini tayyorlash uchun 30-35sm li tolali shnur o‘riladi. To‘sin tizgin asosiga 
tikib qo‘yiladi. 4-7 va undan ortiq tolali sutajdan o‘rilgan belbog‘lar chiroyli 
bo‘ladi.
Ko‘p tolali iplardan buyum o‘rish uch tola o‘rishga qaraganda 
murakkabroqdir, shuning uchun belbog‘ tayyorlashga o‘tishdan oldin o‘rishni bir 
oz mashq qilish kerak. Belbog‘ o‘rishda qancha uzunlikdagi xom ashyo lozimligi 
aniqlanishi kerak, buning uchun bel o‘lchanadi va unga 15sm qo‘shiladi. Masalan, 
60sm+15sm=75sm. Har bir tola (sutaj ipi) ham shunday uzunlikda bo‘lishi lozim. 


160 
O‘rilgan belbog‘ning uchini qayirish, tikish, unga shnur o‘tkazish, halqa chatib 
qo‘yib, tugma qadash kerak. Har qanday yo‘g‘onlikdagi shnurni faqat to‘qib emas, 
balki eshish yo‘li bilan ham tayyorlash mumkin. Qanday yo‘g‘onlikdagi shnur 
kerakligiga qarab, bir xil, ikki xil yoki har xil rangli ip tolalari tayyorlanadi. Har 
qaysi ipning uzunligi tayyor bog‘ichning uzunligidan ikki barobar ortiq olinishi 
kerak. Masalan, agar 25sm uzunlikdagi bog‘ich eshish kerak bo‘lsa, 8-10 iris ipi 
yoki 50-55sm uzunlikdagi o‘ninchi g‘altak ip olinadi. Ipning bir uchi tugiladi va 
ilgak yoki mixga ilinadi. Barcha ip tolalarini tarang tortib turib bir tomonga qarab 
esha boshlanadi. Agar ip bir oz bo‘shatilganda ip bir yoki bir necha joyda buralsa, 
demak ish tugagan hisoblanadi. Eshilgan ip yana tarang tortiladi, chap qo‘l bilan 
o‘rtasidan ushlab, o‘ng qo‘l bilan esa ikkala uchi birlashtiriladi. Keyin chap 
qo‘ldagi ipning uchi qo‘yib yuboriladi. Qo‘yib yuborilgan ipning uchi tez burala 
boshlasa, ip tolasi tekis eshilgan hisoblanadi. Agar tolalarning biror yerida ip 
chigal bo‘lib qolgan bo‘lsa, uni to‘g‘rilash lozim. 1 metrli yoki undan uzunroq 
shnur eshish uchun tolani ikki kishi bo‘lib eshgan yaxshi. Bularning har biri ipning 
bir uchini ushlab turib, uni soat miliga teskari yo‘nalishda burash kerak. Agar shu 
usulda 3 m li tasma eshilsa, undan bolalar sakraydigan pishiq arg‘amcha hosil 
bo‘ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin