Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 


172 
Bolalar boshmoqchasi. 
Jun yoki oddiy ipdan hali yura olmaydigan bolalar 
uchun boshmoqcha to‘qish mumkin. Boshmoqchaning uzunligini bilish uchun 
o‘lchov olish: qog‘oz ustiga oyoqning tagini tushurish kerak. Ish boshmoqcha 
tumshug‘ini to‘qishdan boshlanadi. Olita halqadan iborat zanjir to‘qiymiz. Zanjirni 
mahkamlashimiz kerak. Buning uchun yetakchi halqali ilgakni eng chetidan 
ikkinchi halqaga qadaymiz va ustamasiz ustuncha to‘qiymiz. Zanjir bo‘ylab yana 
to‘rtta ustuncha to‘qib, oxiriga yetkazamiz. 2-3 ta havo halqasi to‘qib, zanjir 
to‘qishni 
qarama-qarshi 
tomondan 
davom ettiramiz. So‘ngra ikkinchi 
qatorga o‘tamiz va 2-3 ta havo halqasi 
bor 
joygacha 
to‘qiymiz. Avvalgi 
qatorga qaraganda, bu qatorda ham 2-3 
ta 
halqa 
qo‘shamiz. Boshmoqcha 
tumshug‘idan boshlab uning yuzi 
chizig‘ini hosil qilish uchun shunday 
qilinadi. 
Halqa 
qo‘shish 
boshmoqchaning yuza tomonidan 2-3 havo halqasi to‘qish hisobiga bo‘ladi. Bu 
halqalarga har bir qator bilan ikkitadan qo‘shimcha ustamasiz ustuncha to‘qiymiz. 
Yuza qarshisidagi qismi oyoq kafti hisoblanadi. Bunda boshmoqcha paypoq 
singari, ya’ni boshmoqchaning tumshug‘ini to‘qigandagi doira bo‘yicha to‘qiladi. 
So‘ngra ipni uzmasdan, boshmoqchaning orqasini to‘qishga kirishamiz. 
Boshmoqchaning qo‘nji chuqurroq bo‘lishi uchun, avval 10 ta havo halqasi to‘qib 
olish kerak, so‘ngra Ilgakni teskari tomonga aylantirib, uchinchi halqadan boshlab 
ustamali ustuncha yordamida zanjir to‘qiymiz. So‘ngra boshmoqchaning asosiy 
qismini ustuncha bilan to‘qishni davom ettiramiz. Xaltachaning qismini to‘qib 
bo‘lib, yana 10 ta havo halqasi to‘qiymiz, u boshmoqchaning ikkinchi tomonidan 
orqasini to‘qish uchun kerak bo‘ladi. Ilgakni teskari tomonga aylantirib, ustuncha 
usulida zanjir to‘qiymiz va boshmoqchaning bu qismini butun uzunligi bo‘yicha 
to‘qiymiz.


173 
Shu usulda 12-14 qator to‘qiymiz, qator soni bolaning oyoq andazasining 
uzunligiga 
bog‘liq. Tovonning chetlarini tikib yoki ilgakda to‘qib 
biriktiramiz.Boshmoqchani bezash uchun uning ustki qismini ustamali yoki 
ustamasiz ustuncha bilan to‘qiymiz. Boshmoqchaning oyoqdan tushib qolmasligi 
uchun shnur to‘qib to‘piqdan yuqoriga o‘tkazamiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin