Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


Maktabgacha ta’lim tashkilotida teatrlashtirilgan faoliyatning asosiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Maktabgacha ta’lim tashkilotida teatrlashtirilgan faoliyatning asosiy 
vazifalari: 
1. Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligi uchun sharoit yaratish.
2. Bolalarni teatr madaniyatiga oshno qilish.
3. Pedagogik jarayonda teatrlashtirilgan va boshqa faoliyat turlari o‘zaro 
aloqadorligi uchun sharoit yaratish.
4. Bolalar va kattalarning hamkorlikdagi teatrlashtirilgan faoliyati (bolalar, ota-
onalar, xodimlar ishtirokida birgalikda spektakllar qo‘yish; katta guruh bolalarning 
kichik tarbiyalanuvchilar oldida chiqishlarini tashkil qilish va sh.k.).
Teatrlashtirilgan o‘yinlar bolalarni hamma vaqt o‘ziga jalb qiladi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinga jon-dili bilan kirishadi: qo‘g‘irchoqlarning 
savollariga javob beradi, ularning iltimoslarini bajaradi, maslahatlar beradi, u yoki 
bu obrazga “kiradi”. Kichkintoylar personajlar bilan birga kuladi, ular bilan birga 
qayg‘uradi, ularni xavf-xatardan ogoh qilishga intiladi, sevgan qahramonining 
muvaffaqiyatsizligidan birga ko‘z yoshi to‘kadi, hamma vaqt unga yordamga 
tayyor turadi.
Teatrlashtirilgan o‘yinlarda qatnashib, bolalar atrof olam: obrazlar, ranglar 
(bo‘yoqlar), tovushlar bilan tanishadi. Teatrlashtirilgan o‘yinlarning bola shaxsiga 
katta va har tomonlama ta’siri undan kuchli pedagogik vosita sifatida, ortiqcha 
majburlashsiz, foydalanish imkonini beradi, chunki kichkintoy o‘yin vaqtida o‘zini 
erkin his qiladi.
TEATR-O‘YIN FAOLIYaTI ShAKLLARI
Teatr-o‘yin faoliyati shakllari xilma-xil: qo‘g‘irchoq teatri o‘zining barcha 
turlari bilan. Teatr-o‘yin faoliyati bolalarni badiiy tarbiyalash, estetik 
rivojlantirishga ko‘maklashadi, ularni yangi taassurotlar bilan boyitadi, avval 
egallagan bilimlarini mustahkamlaydi, faollashtiradi, tashabbuskorligi, nutqi, 
badiiy didini rivojlantiradi. Faoliyat tasavvur uchun boy oziqa beradi. Bolalar atrof 


10 
olamdan boy taassurot oladi va uni jonli o‘yin harakatlari va obrazlarda 
gavdalantirishga intiladi.
Dramatizatsiya bolalar ijodining keng tarqalgan turi bo‘lib, xilma-xil 
ko‘rinishda: insho, improvizatsiyalangan kichik sahnalar ko‘rinishida ham, tayyor 
adabiy materialni inssenirovkalash ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Bolalarni 
adabiy syujetlarning emotsional ichki boyligi, personajlarning muayyan harakatlari 
o‘ziga tortadi.
Teatr-o‘yin faoliyati turlari xilma-xil va har biri o‘zicha qiziqarli. Bolalar 
maqtanchoq xo‘rozchani yoki boshqa jonivorlarni o‘ynash va o‘zini artis sifatida 
his qilishga qiziqadi. Teatr faoliyati – bola nutqini rivojlantirish uchun bitmas-
tuganmas xazina. She’riy asarlarni “o‘ynash”dan ish boshlab, sahnalarga o‘tiladi, 
ishning yuqori cho‘qqisi drama (sahna) lashtirish hisoblanadi, bunda bolalar 
qahramonning xarakterini ochmib bergani holda savodli gapirishi lozim. So‘zni 
sahna harakatlari bilan birlashtirish murakkab, ayniqsa tortinchoq bolalar uchun 
juda murakkab ish sanaladi. Tarbiyachi uchun bevosita ta’limiy faoliyatni amalga 
oshirish, nutqni rivojlantirish muhim, sahnalar kichik spektakllarga o‘xshashi 
kerak. Bunda tarbiyachi bosh rolni o‘ynaydi, bolalar esa artist bo‘lishga o‘rganadi. 
Bu jarayonda qo‘g‘irchoqlar, ayiqchalar va sh.k. jonlanadi. Bolalar o‘ynaydi, 
niqoblar kiyadi, turli jonivorlarga aylanadi, o‘rmonda bo‘ladi, bizni stol-stullar 
emas, balki ertaklar mamlakati o‘rab turadi.
Tomoshaga tayyorgarlik jarayonida ham bolalarning o‘zi qatnashadi. Bunda 
tomoshaning mazmuni, bayram muhitini tashkil qilish masalalari muhokama 
qilinadi, rollar taqsimlanadi. Bolalar ishtirokchi (artist) bo‘lganida ularning faol 
nutqi namoyon bo‘ladi va mashq qildiriladi. Hamma vaqt va hamma sharoitda 
yaxshi gapirish uchun nafaqat gapirishni bilish, balki omma oldida, notanish 
tinglovchilardan uyalmasdan gapira olishga odatlanish talab qilinadi.
Boy ichki dunyo egalari, nutqni mukammal egallagan, ammo shu qadar 
uyatchan, o‘ziga ishonmaydigan, omma oldida nutq so‘zlashga odatlanmagan 
kishilar uchraydiki, ikki-uchta notanish kishining borligi ularning lom-mim 
deyolmay qolishiga sabab bo‘ladi. Bunga qarshi kurashish, bolalarda o‘zi va o‘z 


11 
kuchiga ishonchni rivojlantirish zarur. Omma oldida nutq so‘zlash odatini insonda 
kichik yshdan notanish auditoriya oldida nutq so‘zlashga o‘rgatish yo‘li bilan 
shakllantirish mumkin. Buni teatrlashtirilgan faoliyatda ajoyib tarzda amalga 
oshirish mumkin. Bola MTTda umum (ko‘pchilikning) ishida qatnashayotganini 
anglab yetishi, ularning xatti-harakati hammada qiziqiy uyg‘otayotgani, bundan 
boshqalar manfaatdor ekani, ular hammani qiziqtirishi mumkin va kerak bo‘lgan 
harakatlarni amalga oshirayotganini tushunib yetishi juda muhim. Kichik 
sahnalarni o‘ynab, boshqa qiyofalarga kirib, bolalar nutqini sayqallashtiradi, ularda 
o‘ziga ishonch, topqirlik rivojlanadi, ijod uchun imkoniyatlar ochiladi.
Zamonaviy olamda, ezgu hislar va hamdardlik, hamkechinmalikka kam 
o‘rin qolayotgan bir davrda, aynan teatrlashtirilgan faoliyat maktabgaa ta’lim 
yoshidagi bola tarbiyasi uchun juda zarur, zero u bolada ezgu hislar uyg‘otadi va 
yorug‘liq urug‘larini shakllantiradi, pedagoglarga bolaning emotsional sohasiga 
murojaat qilish, “hislarni tarbiyalash” bilan shug‘ullanish imkonini beradi. Aynan 
teatrlashtirilgan faoliyat, san’atning amaliy turi sifatida, ham tarbiya, ham ta’lim 
uchun katta imkoniyatlarga ega va shaxsni tarbiyalash imkonini yaratadi. Aynan u 
bolani to‘laqonli qiziqtirishi, uni yanada jur’yatli, faol qila oladi. Teatrlashtirilgan 
faoliyat bolaning barcha qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bola aqlan, jismonan va, eng 
muhimi, emotsional rivojlanadi. Pedagog uchun teatrlashtirilgan faoliyat zarur va 
u bilan imkon qadar erta, ikkinchi kichik guruhdan boshlab shug‘ullanish kerak, 
shunda tayyorlov guruhiga kelib o‘zimiz kutgan natijaga erishamiz.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin