(I., № 120-121(4406))Xat matnida inson his-tuyg’ularini uyg’otish uchun vatandosh so’ziga muhtaram (hurmatli, qadrli, aziz;hurmat va ehtiromga sazovor)sifatini berilganligi, azizlar (ulug’, qadrli;kam topiladigan, noyob, qadrli), ayyom (kun so’zining ijobiy bo’yoqqa ega sinonimi), uborak), samimiy (yurakdan aytilgan, dildan chiqqan), muborakbod (tabriklash, qutlov), atoqli (biror sohada nom chiqargan, dong taratgan, shuxrat qozongan, mashhur) kabi uslubiy bo’yoqqa ega so’zlar qo’llangan. Badiiy publitsistikada obraz va obrazlilik keng qo`llaniladi, chunki badiiy-publitsistik materiallarda hayotiy voqealar jonlantirib tasvirlanishi, insonlar faoliyati, voqea va hodisalar keng, har taraflama aks ettirilishi, o`quvchining ongigagina emas his-tuyg`usiga ham ta’sir etish talab etiladi. Demak, Prezident tabrik xatida uslubiy bo’yoqdar so’zlar shu qadar ko’p ekan, gazetxon maktubi matniga ham e’tibor bersak: “O’zbek sportchilarining ko’pchiligi o’zbek farzandi bo’lishiga qaramasdan, ona tilida gapirishga qiynalib, ruscha so’zlarni aralashtirish, bir amallab fikrlarini ifodalaydi. Na kuyaringni, na kularingni bilasan. O’z ona tilida gapira olmaslik inson uchun kechirib bo’lmas holat.”