Xavfsiz Wi-Fi simsiz tarmog‘ini qurish



Yüklə 19,06 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü19,06 Kb.
#211296
10-mustaqil-ish

Xavfsiz Wi-Fi simsiz tarmog‘ini qurish


Ishdan maqsad: Wi-Fi simsiz tarmog‘ini o‘rnatish va undan xavfsiz foydalanish maqsadida xavfsizlik sozlanmalarini amalga oshirish haqida bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Nazariy
Wi-Fi (Wireless Fidelity) IEEE 802.11 standartlariga asoslangan qurilmalarga ega simsiz mahalliy tarmoq texnologiyasidir. Wi-Fi logotipi Wi-Fi Alliance kompaniyasining savdo belgisidir. Wi-Fi qisqartmasi ostida (inglizcha Wireless Fidelity iborasidan, so‘zma-so‘z «simsiz aniqlik» deb tarjima qilinishi mumkin) hozirda radiokanallar orqali raqamli ma'lumotlar oqimini uzatish uchun standartlarning butun oilasi ishlab chiqilmoqda. Asosiy Wi-Fi diapazonlari 2,4 gigagertsli (2412-2472 MGts), 5 gigagertsli (5160-5825 MGts) va 6 gigagertsli (5955-7115 MGts). Wi-Fi signali past uzatish quvvatida ham millar davomida uzatilishi mumkin, lekin oddiy Wi-Fi routerdan uzoq masofadagi Wi-Fi signalini olish uchun yuqori daromadli antenna (masalan, parabolik antenna yoki Wi -Fi quroli) kerak. Wi-Fi xavfsizligini ta’minlashda ularni xavfsizlik sozlanmalarini to‘g‘ri sozlash kerak. Shuningdek xavfsizlikni ta’minlash uchun turli protokollar qo‘llaniladi.
WEP – (Wired Equivalent Privacy) - Wi-Fi tarmoqlarining xavfsizligini ta'minlash algoritmi. U avtorizatsiyalangan simsiz tarmoq foydalanuvchilari ma’lumotlarining maxfiyligini va himoya qilinishini ta'minlash uchun ishlatiladi. WEPning ikkita turi bor: WEP-40 va WEP-104, faqat kalit uzunligiga ko`ra farq qiladi. Ayni paytda, bu texnologiya eski bo‘lib, chunki uni buzish bir necha daqiqada amalga oshirilishi mumkin. Shunga qaramay, u keng qo‘llaniladi. Wi-Fi tarmoqlarida xavfsizlik uchun WPA protokolidan foydalanish tavsiya etiladi.
WPA-ning xavfsizligi va erkin foydalanishni nazorat qilishning qo‘shimcha vositasi har bir foydalanuvchining simsiz uskunalari va kirish nuqtalari orasidagi aloqa uchun yangi noyob asosiy kalitni yaratish va autentifikatsiya sessiyasini taqdim etishdir.


Amaliy qism 1 (TP – Link routerida)
Wi-Fi qurilmasiga ulanish. Buning uchun qurilmani kompyuterga tarmoq kabeli yordamida ulanadi yoki qurilmaga simsiz ulanib brauzer orqali TP-Link manzilga kiriladi.


Bu yerdan Wifi routirlari modeli keltirilgan Ulardan Archer C50 ni tanlaymiz
Bu oyna orqali qurilmadagi turli sozlanmalarni amalga oshirish mumkin.

Bu yerdan ushbu modelning tuzilishi,qaysi chastota hosil bo`lishi va qaysi tarmoq turlarida ishlatish mumkinligi ko`rsatilib o`tilgan





Bu yerda setning TP-Link_0969 nomini boshqa nomga o`zgartirishimiz mumkin.

Bundan tashqari parollarni ko`rish,yaratish,tiklab olish mumkin

Bu yerda set xavfsizligi bilan tanishib chiqish mumkin.Masalan, versiyasi WPA-PSK bo`lgan va AES shifrlash algaritmi orqali xavfsizlik ta`minlanishi keltirilgan.

Bu bo`limda wifidan foydalanish vaqtini chegaralash mumkin yoki qanaqadir vaqt intervalidagina tarmoqdan foydalanishni ta`minlash mumkin.

Archer C 50 Boshqarishning MAC usulidan foydalanadi, filtrlar esa ushbu MAC adreslarni tartiblash bilan shug`ullanadi.

Qo`shimcha sozlamalarda uzatgichning kengligi tanlash mumkin , RTS chegarasini ,fragmentlash chegarsini DTIM oralig`ini sozlash mumkin.

Xavfsizlik statistikasi bo`limida MAC adressni ,jo`natilgan va qabul qilib olingan paketlar sonini kuzatishimiz mumkin.

Ota-onalar nazorati bo`limida setdan foydalanuvchi qurilmaning IP adressi
kiritiladi va foydalanish limitini va foydalanilayotgan adresslarni nazoratlash mumkin.

Ishchi rejimidan 3 xil turdagi rejimni tanlashimiz mumkin.

Bundan tashqari setda ishlash chastotasini ham belgilash mumkin.




Yüklə 19,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin