"Xazoyin ul-maoniy" kulliyoti



Yüklə 22,71 Kb.
səhifə1/2
tarix10.06.2022
ölçüsü22,71 Kb.
#61161
  1   2
2-seminar


"Xazoyin ul-maoniy" kulliyoti
"Xazoyin ul-maoniy" kulliyoti
Alisher Navoiy 1492 – 1498-yillarda Husayn Boyqaroning taklifi bilan oʻzining barcha she’rlari, jumladan, avvalgi rasmiy devonlariga kirgan she’rlarini ham toʻplab «Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») nomli yirik kulliyot yaratadi. Kulliyot toʻrt devonni oʻz ichiga olganligi uchun «Chor devon» deb ham yuritiladi. Kulliyotning Sankt-Peterburg (1498 ‒ 1499, inv. Xanikov-55; 1592 ‒ 1596, inv. Dorn-558), Istanbul (1495 ‒ 1497, xattot Darvesh Muhammad Toqiy koʻchirgan, inv. № 808), Parij (1525 ‒ 1527, kotib Al-Hijroniy koʻchirgan, inv. №316-317) nusxalari mavjud boʻlib, ular asosida professor H.Sulaymonov kulliyotning ilmiy-tanqidiy matnini yaratdi (1959 ‒ 1960). Mazkur matn MATning 3 – 6-jildlarini tashkil etuvchi devonlar uchun asos boʻlgan.
Alisher Navoiy toʻrt devonning har biriga inson umrining fasllariga moslab nom berdi. Shu ma’noda 7 – 8 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan davrni inson umrining bahori deb atadi va kulliyotning birinchi devonini «Gʻaroyib us-sigʻar» («Bolalik gʻaroyibotlari») deb nomladi.
20 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan davrni inson umrining yozi deb belgiladi va «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari») deb atadi. 35 – 45 yoshni umrning kuziga qiyos etdi va «Badoye’ ul-vasat» («Oʻrta yosh goʻzalliklari») deb nomladi. 45 – 60 yoshini umrining qishiga oʻxshatib, «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») deb atadi. Har bir devonga 650 tadan gʻazal kiritdi, shunga muvofiq boshqa she’riy janrlarga (jami 16 janr) ham joy ajratdi.
Mazkur janrlarning kulliyotdagi tartibi va oʻzaro nisbatini H.Sulaymonov tuzgan quyidagi jadvalda koʻrish mumkin:



Navoiy foydalangan lirik janrlar


Yüklə 22,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin