Unda “… real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim
sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, turli aholi
qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand
bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish …” belgilab qo‘yilgan.
O‘zining axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasini
shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodiyotga kirib borishi mumkin. Shuning
uchun ham ko‘pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish yoki axborot -
kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashga qaror qildilar.
Chunki ular qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda
chet el investitsiyalarini jalb etadigan “yadro” bo‘lib xizmat qiladi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot - kommunikatsiyalari bozorini tahlil
etish shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyalardan keng miqyosda foydalanish
iqtisodiy o‘sish, mehnat unumdorligi va sifatini yuksaltirish, aholi bandligini
ta’minlash hamda jahon bozori bilan kechadigan integratsiya jarayonlarini tez
sur’atlarda amalga oshirishga katta imkoniyat yaratib bermoqda. Ushbu an’analarni
mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ham kuzatish mumkin.
O‘zbekistonda axborot - kommunikatsiyalar bozori shakllanishining barcha
huquqiy va me’yoriy hujjatlari mavjud. Izchillik bilan rivojlanib borayotgan ushbu
tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish va qo‘shma korxonalar ochish uchun
barcha shart - sharoitlar yetarli. Ana shu shart - sharoitlardan sanoat ishlab
chiqarishida keng foydalanish uning samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlar
yaratib beradi.
Dostları ilə paylaş: