Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati

Elektronizatsiyalash deganda ishlab chiqarish jarayonlarida elektronikadan 
keng foydalanish, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan axborotni 
kompyuterlarda yig‘ish, o‘tkazish va ishlash tushuniladi. Elektronikaning makro va 
mikro turlari mavjud bo‘lib, ular sanoat ishlab chiqarishi boshqaruvida alohida o‘rin 
tutadi. Ayniqsa, lahzali biznes borasida juda qo‘l keladi.
 
Mexanizatsiyalash – bu qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan 
almashtirishdir. U ikki xil bo‘ladi: a) kichik mexanizatsiyalash; b) kompleks 
mexanizatsiyalash. U ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga zamin tayyorlaydi.
Avtomatlashtirish – bu ilgari odam bajaradigan, boshqarish va nazorat qilish 
vazifalari asboblar, avtomatik qurilmalar zimmasiga yuklanadigan mashinali ishlab 
chiqarishni rivojlantirish jarayoni. Avtomatlashtirish jarayonida inson faqat 
operatorlik vazifasini ado etadi. Sanoat ishlab chiqarishini avtomatlashtirishdan 
maqsad – mehnat unumdorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, ishlab 
chiqarishning barcha resurslaridan foydalanishning optimal sharoitini yaratish.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning uch turi, ya’ni qisman (ayrim ishlab 
chiqarish operatsiyalarinigina avtomatlashtiradigan), kompleks va to‘la xillari 
mavjud. 
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar 
tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni 
rivojlantirish va zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvorlik kasb etmoqda. Bu 
o‘rinda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
tomonidan 2002 yilning 30 mayida imzolangan “Kompyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish 
to‘g’risida”gi Farmoni alohida ahamiyatga molikdir. Ushbu hujjatga muvofiq 
Respublikada kompyuterlashtirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini 
rivojlantirish sohasidagi vazifalarni Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilgan. Bu 
kengash zimmasiga mazkur sohani rivojlantirishning zamonaviy xalqaro 
tendensiyalar va mamlakatni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish strategiyasiga mos 
keluvchi ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada dasturlar, loyihalar, me‘yoriy 
- huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi hamda ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil 
etish, malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jumladan, mutaxassislarni 
chet ellarda o‘qitish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalar 
yuklatilgan.


Unda “… real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim 
sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, turli aholi 
qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand 
bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish …” belgilab qo‘yilgan. 
O‘zining axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalari infratuzilmasini 
shakllantirgan mamlakatlargina global iqtisodiyotga kirib borishi mumkin. Shuning 
uchun ham ko‘pgina mamlakatlar zamonaviy ishlab chiqarish yoki axborot - 
kommunikatsiyalar texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llashga qaror qildilar. 
Chunki ular qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish va xodimlarni qayta tayyorlashda 
chet el investitsiyalarini jalb etadigan “yadro” bo‘lib xizmat qiladi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlar axborot - kommunikatsiyalari bozorini tahlil 
etish shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyalardan keng miqyosda foydalanish 
iqtisodiy o‘sish, mehnat unumdorligi va sifatini yuksaltirish, aholi bandligini 
ta’minlash hamda jahon bozori bilan kechadigan integratsiya jarayonlarini tez 
sur’atlarda amalga oshirishga katta imkoniyat yaratib bermoqda. Ushbu an’analarni 
mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ham kuzatish mumkin. 
O‘zbekistonda axborot - kommunikatsiyalar bozori shakllanishining barcha 
huquqiy va me’yoriy hujjatlari mavjud. Izchillik bilan rivojlanib borayotgan ushbu 
tarmoqqa chet el sarmoyalarini jalb qilish va qo‘shma korxonalar ochish uchun 
barcha shart - sharoitlar yetarli. Ana shu shart - sharoitlardan sanoat ishlab 
chiqarishida keng foydalanish uning samaradorligini oshirishga katta imkoniyatlar 
yaratib beradi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin