noturg‘un deyiladi.
Ichki energiya manbayiga ega boim agan sodda obyektlar, odatda,
turg‘un bo’ladi. Bunday manbalari boigan fizik tizimlar (masalan, tizimda
o‘tayotgan jarayon ekzotermik reaksiya bilan birgalikda ketishi mumkin)
noturg‘un bo’lishi mumkin. Bu kabi obyektlarni rostlash qiyinlashadi,
ayrim hollarda esa ularni avtomatlashtirish imkoni umuman bo’lmaydi.
12.1-rasmda statik, astatik, noturg‘un obyektlar va ideal o‘z-o‘zidan obyektlarning tarqalish egri chiziqlari keltirilgan. Shuni ham aytish kerakki, o ‘z-o‘zidan to‘g‘rilanishli obyektlar uchun avtomat rostlagichning hojati yo‘q. Lekin, ideal o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish qobiliyatiga ega bo’lgan asosiy kattalikni obyektda texnologik jarayonni rostlash uchun rostlanuvchi kattalik sifatida rostlash talablariga to‘g‘ri keladigan yordamchi kattalikni tanlash kerak. Masalan, bir komponentli suyuqlikning doimiy bosimda qaynash jarayonini rostlash kerak.
Apparatning moddani qaynatish uchun yetarli bo‘lgan issiqligi har qanday qiymatda bo‘lsa ham, suyuqlikning qaynash harorati doimiy bo‘lgani uchun asosiy kattalik hisoblangan qaynash haroratining rostlagichidan foydalanmaslikka to ‘g‘ri keladi. Bir komponentli suyuqlikning qaynash jadalligini boshqarish uchun yordamchi rostlanuvchi kattalik sifatida (agar apparatning gidravlik qarshiligidan o‘tadigan bug‘ tezligining o‘zgarishi natijasida bosim deyarli o ‘zgarsa) bug‘lanuvchi suyuqlikning bug’ bosimi (agar suyuqlik bugManish tezligining doimiyligi kerak bo‘lsa), issiqlik tashuvchining apparatga uzatish harorati tezligi yoki (o‘zgaruvchi yukli bug‘latgichning ishini ta ’minlash kerak bo‘lsa) issiqlik tashuvchining uzatish tezligi va qayta ishlanayotgan suyuqlik o ‘rtasidagi munosabatlari tanlanadi.
Turli obyektlar uchun o‘z-o‘zidan to ‘g‘rilanish jarayonining o‘tish vaqti turlicha bo‘ladi. Bu vaqt rostlanuvchi kattalikning o‘zgarish tezligining g‘alayonlovchi ta’siri qiymatiga bo‘lgan nisbatidan iborat tarqalish tezligi orqali ta’riflanadi. Tarqalish tezligi ba’zan rostlanuvchi obyektning sezgirligi deyiladi. Bu ko‘rsatkichlarning fizik ma’nosi shundaki, u tarqalish vaqtiga teskari qiymatli kattalikdir. Tarqalish vaqtideb, chiqish kattaligining modda yoki energiyaning kirishi va chiqishi o‘rtasidagi maksimal nobalanslik holatidagi noldan o‘zining nominal qiymatiga yetguncha o‘zgarish vaqtiga aytiladi. Nazariy jihatdan cheksizlikka teng tarqalish tezligi kirish parametrining o‘zgarish vaqtidagi chiqish parametrining o‘zgarishi bir onda sodir bo‘lishini bildiradi.