Jarrohlik infeksiyaning rivojlanishida makro – va mikroorganizmlar roli.
3.
Jarrohlik infeksiyaning tasniflanishi va oldini olishning asosiy tamoyillari.
4.
Yiringli infeksiyaning asosiy shakllari: abssess, flegmona, ularning klinik belgilari va xususiyatlari.
Tayanch iboralar:jarrohlik infeksiya. Mahalliy, birturli, ikkilamchi infeksiyalar, aerob va anaerob infeksiya. Chirish infeksiyasi. Maxsus infeksiya. Кontaminatsiya. Mikroflora. Infekt. Abssess. Flegmona. G’ilofli flegmona.
1. Jarrohlik infeksiya to’g’risida tushuncha. Mikroblar, viruslarning organizimga tushishi natijasida rivojlanadigan mahalliy va umumiy kasallik bo’lib, uni jarrohlik (oddiy va murakkab operatsiyalar) yo’li, antibiotiklar, sulfanilamidlar bilan davolashda yaxshi natijaga erishadigan infeksion jarayonlarga jarrohlik infeksiya deb aytiladi (M.V. Plaxotin.).
Umuman olganda, jarrohlik infeksiya o’zining kelib chikishi va rivojlanish qonuniyatlari bilan boshka infeksiyalardan prinsipial fark qilmaydi, ammo uning bazi – bir o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
1. U ko’pincha mahalliy boshlanib, asosan yiringli, bezarar harakterga
ega va kamdan – kam xatarli bo’lishi mumkin.
2. U asosan turli shikastlanishlar natijasida paydo bo’ladi.
3. Operativ usullarni ko’llash bilan osonrok yo’kotiladi.
Odatda jarrohlik infeksiya qo’zg’atuvchi (mikrob, virus, zamburug’) o’rnashib olgan joyda rivojlanadi va ko’pchilik holatlarda o’tkir yoki surunkali chegarallangan yallig’lanish jarayon – mahalliy jarrohlik infeksiya ko’rinishida kechadi. Qo’zg’atuvchining yuqori patogenligi va virulentligida va hayvon organizmi himoya – moslashuv reaksiyasining (yallig’lanish) yetishmovchiligida mikrob, virus, zamburug’lar generalizatsiyasi (avj olishi) boshlanadi, natijada umumiy jarrohlik infeksiya – sepsis hosil bo’ladi. Undan tashqari, bir turga mansub mikrob, virus yoki zamburug’ o’rnashsa – bir turli infeksiya va har – xil turlarga mansub mikroorganizmlar o’rnashsa aralash infeksiyalar tafovut qilinadi. Agarda birlamchi bo’lib rivojlangan infeksiya qo’shimcha o’rnashib olgan boshqa turdagi mikroorganizmlar bilan murakkablashsa, ikkilamchi infeksiya hosil bo’ladi. Undan tashqari, jarayon avvalgi mikroorganizmlar bilan yana bir bor ifloslansa qaytalagan infeksiya rivojlanadi. Kechishi bo’yicha o’tkir va surunkali infeksiyalar tafovut qilinadi.