O’pkaning kistoz gipoplaziyasi (polikistoz) – o’pka parenximasi,
bronxlar va qon tomirlarning subsegmentar bronxlar va tarmoqlar darajasida
kistoz bo’shliqlar shakllanishi bilan o’tadigan tug’ma kasalligidir.
Klinik manzarasi yallig’lanish jarayonining qo’shilib kelishi va o’pkaning
surunkali yiringli kasalliklari klinik manzarasiga o’xshash. Rentgenografiya,
bronxografiya, angiopulmonografiya va bronxoskopiya yordamida diagnostika
qilinadi.
Davolash odatda jarrohlik usulida: lobektomiya, pulmonoektomiya.
Konservativ muolaja (surunkali yiringli o’pka kasalliklaridagi muolajaga
o’xshash) jarrohlik amaliyotidan oldingi tayyorgarlik sifatida, shuningdek
jarrohlik amaliyotiga monelik qiladigan hollardagina o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |