Xirurgik kasalliklar


Kompleks davolashning asosiy tamoyillari



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   363
Kompleks davolashning asosiy tamoyillari 

Bemorlarni  shoshilinch  operatsiyadan  oldin  tayerlash  individual,  birga 

qo’shilib  kelgan  hamroh  kasalliklarini  hisobga  olgan  holda  va  intensiv,  suv-

elektrolitlar  muvozanatini,  KIH  tiklagan  holda,  oqsil  almashinuvi  va 

gemodinamik  buzilishlarni  to’g’rilashga  qaratilgan  bo’lib,  barcha  tekshirishlar 

tahlilining  nazorati  ostida  bo’lish  kerak.  Premedikatsiya  va  me’da-ichak 

sistemasining  dekompressiyasi  (suyuqligini  chiqarish)  alohida  o’rin  tutadi. 

Operatsiyadan oldingi tayerlash davomligi 2 soatdan oshmasligi kerak. 

Peritonitda  anesteziyani  tanlash  usuli  og’riq  sindromini  bartaraf  etishga, 

organizmning  neyrotsirkulyator  va  neyrogumoral  reaktsiyalarini  tuzatishga  va 

normallashtirishiga  imkon  beradigan,  sun’iy  boshqarib  turiladigan  nafas  olish, 

umumiy endotraxeal narkoz hisoblanadi. 

Ko’pchilik  bemorlarda  o’tkir  peritonit  tashxisi  qo’yilganda  operatsion 

kesma  (qorin  bo’shlig’iga  kirish  yo’li)  sifatida  o’rta-o’rta  laparotomiyadan 

foydalaniladi.  Chunki  bu  kesma,  qorin  bo’shlig’i  a’zolarini  to’liq  taftishdan 

o’tkazishga va kamroq shikast etkazishga imkoniyat beradi. 

Agar  peritonitning  manbai,  olib  tashlanishi  mumkin  bo’lgan  a’zo 

(chuvalchangsimon  o’simta,  o’t  qopi)  bo’lsa  va  texnik  sharoitlar  shunday 

qilishga  imkon  bersa,  infektsiya  o’chog’ini  qorin  bo’shlig’idan  radikal  olib 

tashlash  maqsadga  muvofiq.  Kovak  a’zolar  perforatsiyasida  (me’da,  o’n  ikki 



 

560 


barmoqli  ichak  yarasi,  yug’on  ichak  divertikuli,  me’da  yoki  yo’g’on  ichak 

o’smasi), perforativ  teshik ko’pincha tikib qo’yiladi. Agar perforatsiya bo’lgan 

vaqtdan 6 soatdan ko’proq vaqt o’tgan bo’lsa, qorin bo’shlig’ini bakteriemiyasi 

vujudga kelishi mumkinligini va yiringli peritonit rivojlanishini kutish mumkin. 

Divertikul yallig’langanida yoki rak o’smasi teshilganda, a’zo nuqsonini tikishni 

odatda  bajarib  bo’lmaydi.  Bunday  hollarda  zararlangan  a’zo  (agar  bu  texnik 

jihatdan  mumkin  bo’lsa)  rezektsiya  qilinishi  yoki  ichak  dekompressiyasini 

beruvchi  stoma  qo’yish  kerak  bhladi.  Ilgari  qo’yilgan  anastomoz  choklarining 

nobopligini 

keltirib 

chiqargan 

–  operatsiyadan  keyingi  peritonitda, 

anastomozdagi  nuqsonni  atrof  to’qimalardagi  yaqqol  yallig’lanish  infiltrativ 

o’zgarishlari  sababli  odatda  tikishga  muvaffaq  bo’linmaydi,  shuning  uchun 

aksariyat  hollarda,  uning  teshigiga  ichak  suyuqligini  tashqariga  chiqarish 

maqsadida  drenaj  naycha  qo’yib,  infektsiya  o’chog’ini  chegaralash  maqsadida 

ko’p  kanalli  naychalar  qo’yib  drenajlanadi  yoki  anastomozning  o’zini 

(ichaklararo)  qorin  bo’shlig’idan  stoma  tarzida  qorin  old  devoriga  chiqariladi. 

Qorin  bo’shlig’i  quritiladi  va  fibrin  qoldiqlaridan  tozalanadi.  So’ngra  qorin 

bo’shlig’ini  furatsilin,  rivanol  yoki  dioksidin  kabi  antiseptik  eritmalar  bilan 

yuviladi. 

Qorinning old devori laparotom jarohatini tikishdan oldin, qorin bo’shlig’i 

orqali qovurg’alar osti va yonbosh sohalardagi kontraperturalar orqali drenajlash 

asosiy  shartlardan  hisoblanadi.  Qorin  bo’shlig’ini  drenaj  qilish  usullari  qorin 

pardasining  zararlanish  darajasiga  bog’liq  bo’ladi.  Chunonchi,  mahalliy 

peritonitda  drenaj  yallig’langan  sohaga  qo’yiladi,  diffuz  peritonitda  esa 

yallig’langan  sohaga  2  yoki  3  drenaj  nazorat  va  antibiotiklarni  qorin  ichiga 

yubrish uchun qo’yladi.  

Tarqalgan  peritonitda  nafaqat  drenajlash,  balki  muolaja  usullari 

murakkabroq  hisoblanadi.  Amaliyot  vrachi  uchun  shoshilinch  xirurgik 

operatsiya  qilishga  mutloq  ko’rsatma  hisoblangan  tarqalgan  yiringli  peritonit 

alohida  qiziqish  tug’diradi.  Peritonitning  erta  turlarini  o’z  vaqtida  diagnostika 




 

561 


qilish  va  mos  ravishda  xirurgik  amaliyot  o’tkazish,  bu  xatarli  kasallikni 

davolashning garovi hisoblanadi. 

Bu  o’rinda  operatsiya  aralashuvi  o’z  ichiga  quyidagilarni  qamrab  olishi 

kerak bo’ladi: 

-

 

qorin bo’shlig’i a’zolarini taftish qilish va peritonit sababini bartaraf etish, 



-

 

antibiotiklarga  sezuvchanlikni  aniqlash  uchun  ekspress-bakterioskopik, 



bakteriologik  tahlillar  va  mikroflorani  undirish  maqsadida  qorin  bo’shlig’idagi 

ekssudatdan namuna olish, 

-

 

ekssudat  evakuatsiyasi,  qorin  bo’shlig’ini  5-8  l  antiseptik  eritmalar 



(furatsilin,  Ringer  eritmasi,  fiziologik  eritma  yoki  rivanol)  bilan  yuvish  yoki 

lavaji, 


-

 

ingichka  ichak  tutqichi  ildizini  novokainlash  yoki  ichak  atoniyasini 



profilaktika  qilish  maqsadida,  novokain  eritmasini  tomchilab  yuborish  uchun 

mikroirrigator o’rnatish, 

-

 

me’da-ichak  yo’li  suyuqligini  evakuatsiya  qilish  maqsadida  nazoenteral 



zond kiritib (intubatsiya qilish) aktiv aspiratsiya qilish va bemorni operatsiyadan 

keyingi davrda ichagini lavaj qilish, zond orqali enteral ozuqalantirish, 

-

 

qorin  bo’shlig’ini  nazorat  qilish  yoki  yuvish  uchun  drenajlash  va 



operatsiyadan keyingi davrda peritoneal lavaj yoki dializ o’tkazish. 

Operatsiya  tugagach,  kesma  ko’rsatmalar  buyicha:  jarohatni  odatdagidek 

qavatma-qavat  tikish  yoki  barcha  qavatlariga  birvarakayiga  chok  qo’yish  bilan 

tugatiladi.  Qorin  bo’shlig’idagi  a’zolar  holatini  qayta  taftish  qilish  (rejali 

reviziya uchun) yoki muolaja lozim bo’lsa, choklarni qayta ochish mumkin qilib 

bant  kabi  bog’lash  yoki  jarohatga  ochib-yopish  mumkin  bo’lgan  «molniya» 

ilgagini  qo’yish    yoki  bemorlarni  ochiq  usulda  parvarishlash  uchun  ochiq 

qoldirish (laparostoma, laparostomiya) bilan tugallanadi. 

Laparostomiyaga  ko’rsatmalar  bo’lib,  tarqalgan  yiringli  peritonitning 

qo’yidagi o’ta og’ir turlari hisoblanadi:  

 

ichak oqmalari bilan asoratlangan terminal bosqichi, 



 

operatsiyada peritonit manbaini bartaraf etish imkoni bo’lmaganda,  




 

562 


 

operatsiyadan keyingi (kechishi og’ir) peritonit va anaerob peritonit, 



 

ichakning yiringli jarohatga eventratsiyasi. 



Laparostomiyada odatda ichak qovuzloqlari 2 qavat malhamga bo’ktirilgan 

doka  salfetkalar  bilan  yopiladi,  uning  chetlari  qorin  devori  ostiga  5-6  sm  ga 

qayrilib  qo’yiladi  va  har  kuni  taftish  va  muolaja  o’tkazilib  turiladi.  Salfetkalar 

tagiga  jarohatining  yuqori  burchagiga  antibiotiklar  yuborish  uchun  drenajlar 

qo’yiladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin