iborat. Kasallik turli yoshga oid guruhlarda, erkaklar va ayollar o’rtasida bir
1) embrional davrdagi rivojlanish negizida kelib chiqqan kistalar (bularga
dermoid kistalar, oddiy kistalar, bezdagi fibroz-kistoz o’zgarishlar va bezning
2) yallig’lanish jarayoni sababli kelib chiqqan kistalar (bez bo’laklarining
chiqaruv yo’li bekilib qolishidan paydo bo’lgan soxta, ko’p kamerali, retentsion
511
4) o’sma-kistalar (tsistadenoma, tsistadenokartsinoma, teratoma);
5) parazitar kistalar (exinokokk).
Patologik
anatomiyasi.
Kistalarning
hosil
bo’lish
sababi
va
mexanizmlariga, devorlarining tuzilish xususiyatlariga ko’ra me’da osti bezining
shuningdek chin va soxta kistalarini farq qilish lozim.
Chin kistalarga tug’ma bezning tug’ma dizontogenetik kistalari, orttirilgan
retentsion kistalar, tsistadenomalar va tsistadenokartsinomalar kiradi. Chin kista
ichki yuzasida epitelial qavat borligi uning nisbiy xususiyati hisoblanadi. Chin
kistalar bez kistalarining 20 foizini tashkil qiladi.
Soxta kistalar
Soxta kistalar birmuncha ko’proq kuzatiladi (hamma kistalarning 80 foizi).
Ular tez orada to’qimaning o’choqli nekrozi, bez devorlarining emirilishi,
pankreatik shira ajralib chiqishi va bez tashqarisiga qon quyilishi bilan o’tadigan
o’tkir destruktiv pankreatit yoki me’da osti bezi shikastidan keyin xosil bo’ladi.
Soxta kista devorlari zichlashgan qorin pardasi va fibroz to’qimadan iborat
bo’lib, chin kistadan farqli ravishda ichki tomonida epitelial qavati emas, balki
granulyatsion to’qimasi bo’ladi. Soxta kista bo’shlig’i odatda suyuqlik va
nekrotik to’qimalar bilan to’lgan bo’ladi. Suyuqligining xarakteri har xil bo’ladi.
Soxta kista me’da osti bezining boshchasi, tanasi va dum qismida joylashishi
mumkin va katta o’lchamlarda bo’ladi. Soxta kistada suyuqlik miqdori aksariyat
1-2 l va undan ko’proq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: