Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   363
O’pka gangrenasi – o’pka to’qimasining bir qismi yiringli-irigan nekrozga 

uchrayshi.  Bu  jarayon  o’pka  abstsessidan  farqli  o’laroq,  o’pka  gangrenasida 

sog’lom  to’qimadan  chegaralangan  kapsula  bilan  ajralib  turmaydi  (chegarasiz 

bo’ladi).  Gangrenoz  abstsess  ham  farq  qilinadi,  u  o’pka  to’qimasining  bir 

qismini  yiringli-chirigan  nekrozi  bo’lib,  uning  sekvestratsiyaga  va  o’pka 

to’qimasining  zararlanmagan  qismlaridan  chegaralanib  turishga  moyilligi 

bo’ladi. 

Klinik  manzarasi.  Bemorning  ahvoli  og’ir,  isitma  gektik  tabiatga  ega 

bo’ladi,  bemor  terlaydi,  nafasi  siqadi,  ko’p  miqdorda  badbuy  hidli  balg’am 

ajraladi,  bemor  qon  tupuradi.  Rentgenologik  tasvirda  katta,  shakli  yo’q  diffuz 

qorong’ilik  aniqlanadi,  uning  tarkibida  o’pka  to’qimasining  irib  ketayotganini 



 

50 


ifodalaydigan  ko’p  sonli  yorug’  soyalar  ko’rinadi.  Plevra  bo’shlig’ida  suyuqlik 

aniqlanadi. 

O’tkir  yiringli  kasalliklarni  kompleks  davolash  lozim  bo’ladi.  Hozirgi 

vaqtda  asosiy  davolash  usuli  konservativ  muolaja  bo’lib,  ayni  vaqtda  kichik 

invaziv  jarrohlik  amaliyotlari:  transtorakal,  endobronxial  drenajlash,  uzoq 

muddatli  regionar  infuziya  uchun  bronxial  arteriyani  kateterlash  amalga 

oshiriladi.  O’tkir  davrda  operativ  aralashuv  kasallik  asoratlar  bilan 

kechgandagina  (o’pkadan  qon  ketganda)  yoki  muolaja  naf  bermaganda, 

jarayonning  tarqalishga  moyil  bo’lganidagina  qo’llaniladi.  O’pkadagi  o’tkir 

yiringli  jarayonlarda konservativ  muolajaning  tamoyillari  quyidagilardan  iborat 

bo’ladi: 

1.  Antibakterial  muolaja  –  bakteriyalar  turini  va  ularning  antibiotiklarga 

ta’sirchanlik darajalarini bakterioskopiya va ekish ma’lumotlarini hisobga olgan 

holda tayinlanadi, sulfanilamidlar ham ishlatiladi. 

Antibakterial  muolajaning  ta’sirchanligiga  erishish  uchun  zararlanish 

o’chog’ida  davo  preparatlari  kontsentratsiyasini  oshirib,  ularni  arteriyalarga 

yuboriladi.  Bronxial  arteriyaga  kateter  o’rnatib,  muolajani  o’sha  orqali  amalga 

oshirish eng samarali tadbir hisoblanadi. O’pkaning o’tkir yiringli xastaliklarida 

60%gacha hollarda kasallik qo’zg’atuvchisi aeroblar bilan birga kelgan anaerob 

noklostridial infektsiya hisoblanadi. 

Noklostridial 

anaerob 


infektsiyaning 

belgilari 

deganda 

yiringli 

suyuqlikning  badbo’y  hidi,  yallig’lanish  o’choqlaridagi  to’qimalar  nekrozi, 

odatdagi  bakteriologik  tekshiruvning  natijalari  manfiy  bo’lganda  ham, 

tushuniladi.  Anaeroblarga  qarshi  metronidazol  (trixopol),  tinidazol,  klaforan, 

rifambitsin, doksitsiklinlar yaxshi ta’sir qiladi. 

2. 

Traxeobronxial 



yo’llar 

  mikroorganizmlarni  yo’qotadigan, 

yallig’lanishni 

kamaytiradigan, 

balg’amni 

suyuqlashtiradigan 

va 


uni 

ko’chiradigan  dorivor  aralashmalar  yuborib  sanatsiya  qilinadi.  Shuningdek 

bronxial shoxni kateterlash, mikrotraxeostomiya, sanatsion bronxoskopiya qilish 

yo’li  bilan  patologik  suyuqlik  tortib  olinadi.  Bunda  sanatsiya  uchun 




 

51 


qo’llaniladigan  aralashmalar  tarkibiga  2%  li  kaliy  bikarbonat  eritmasi  (2  ml), 

mikrofloraga  sezuvchanlikni  hisobga  olgan  holda  antibiotiklar,  antiseptiklar 

(dioksidin, furagin), balg’amni suyultiradigan moddalar (mukosolvin 10%-1,0), 

proteolitik  fermentlar  (tripsin,  ximotripsin  10-15  mg),  bronxolitiklar  (eufillin 

0,5-1,0,  12%,  novodrin  0,5%-0,5;  efedrin  5%-0,5),  gormonal  preparatlar 

(gidrokortizon 25-50 mg) kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. 

3.  O’pka  abstsesslari  va  plevra  empiemasini  sanatsiya  qilish  –  abstsess 

bo’shlig’ini bronxoskopik yoki transtorakal yo’l bilan kateterlash, torakotsentez 

orqali  aktiv  aspiratsiya  qilish  va  yiringli  bo’shliqni  yuvishni  tashkil  qilishdan 

iborat.  Traxeobronxial  shoxni  chetlab  o’tib  yiringli  suyuqlikni  evakuatsiya 

kilish,  nafas  olish  a’zolari  faoliyatini  yaxshilaydi,  intoksikatsiyani  kamaytiradi, 

bemorni tezda sog’ayib ketishga yordam beradi. 

4. Detoksikatsion muolaja. Siydik haydovchi preparatlar (laziks, gipotiazid 

va b.) orqali diurez stimulyatsiyasi yordamida vena qon tomiriga o’tkaziladigan 

infuzion  (tuzli  eritmalar)  muolajani  o’z  ichiga  oladi.  Hozirgi  vaqtda 

detoksikatsiyaning 

birmuncha 

ta’sirchan, 

ekstrakorporal 

usullari 

– 

gemosorbtsiya, limfosorbtsiya, plazmoferez va qonni ultrabinafsha nurlatishdan 



foydalanilyapti. 

5. Suv-elektrolit buzilishlarni bartaraf etish. 

6.  Umumiy  quvvatni  oshiruvchi  muolaja  –  gemotransfuziya,  plazma, 

qonning  oqsilli  o’rinbosarlari,  glyukozaning  kontsentrlangan  eritmalari  ni 

quyish,  anabolik  preparatlar,  temir  preparatlarini  va  vitaminlarni  qo’llashdan 

iborat. 


7.  Immunitetni  oshiruvchi  muolaja.  Stafilokokk  anatoksini  quyidagi 

sxemaga ko’ra yuboriladi: 3 kunlik tanaffus bilan 10 in’ektsiya – 0,1, 0,2, 0,3 ml 

va  h.  k.  Antistafilokokk  giperimmun  zardob  100-150  ml  3-5  marta. 

Antistafilokokk  gammaglobulin  (mushak  orasiga)  5  ml  8-10  marta  kun  ora.  T-

aktivin.  Dekaris  50  mg  kunora  3-5  kun  ichida.  Prodigiozan  in’ektsiyasi  30 

kungacha:  0,2, 0,5,  0,6,  0,7,  1,0  mg.  Metiluratsil  0,5  mg  kuniga  2  marta  10-15 

kun mobaynida. 



 

52 


8.  Qonning  ivish  xususiyatlarini  va  mikrotsirkulyatsiyani  normallashtirish 

qonning  reologik  xususiyatlarini  yaxshilaydigan  preparatlar,  antiagregantlar 

(reopoliglyukin,  aspirin,  kurantil,  trental)  qo’llash.  O’pkadagi  og’ir  destruktiv 

jarayonlarda  DVS  sindromining  dastlabki  ko’rinishlari  borligini  hisobga  olib, 

antiferment-krioplazma  bilan  kompleks  muolaja  tadbirini  o’tkazish  tavsiya 

etiladi  (100  ming  birlik  kontrikal  venaga,  5  ming  birlik  geparin  teri  ostiga 

sutkasiga 4 marta, yangi muzlatilgan zardob). 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin