14.2- rasm. bo'lganda foydani maksimallashtirish grafigi Rasmda monopolistning o'rtacha daromad chizig'i bipor talabi chizig'ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog'liq funktsiya. Grafikdan ko'rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi 2* ga teng bo'lganda chekli xarajat chekli daromadga teng bo'ladi. Talab chizig'idan foydalanib mahsulot hajmi Q ga mos bo'lgan bir birlik mahsulotning monopol narxi P ni aniqlaymiz. Ushbu Q ga teng bo'lgan mahsulot hajmida foyda maksimal bo'lishini ko'rsatamiz. Ma'lumki, raqobatlashgan bozorda muvozanatlik e nuqtada erishiladi. Grafikda E nuqta muvozanat nuqta va unga mos keladigan ishlab chiqarish hajmi Qe va narx Pe . Faraz qilaylik, monopolist ishlab chiqargan mahsulot miqdori Qi bo'lsin va u Q* dan kichik Q1 < Q , bu holatga mos keladigan narx Pi ham P dan yuqori va chekli daromad chekli xarajatdan katta MR >MC . Monopolist mahsulot hajmini Q1 dan oshirsa, u har bir birlik qo'shimcha ishlab chiqargan mahsuloti uchun MR -MC ga teng bo'lgan qo'shimcha foyda olishi mumkin, ya'ni u o'zining umumiy daromadini oshirishi mumkin. Monopolist mahsulot hajmini oshirib, umumiy foydani oshirishi mumkin to mahsulot hajmi Q* ga teng bo'lgunga qadar, mahsulot hajmi Q* ga teng bo'lganda, keyingi qo'shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan tushadigan daromad nolga teng, nima uchun deganda MR = MC bo'ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish hajmi Q1 ga teng bo'lganda monopolistning umumiy foydasi rasmdagi shtrixlangan FKM sohaga teng bo'lgan miqdorga kamayadi. Monopolist uchun Q2 miqdorda mahsulot ishlab chiqarish ham uning umumiy foydasini kamaytiradi. Q2 hajmda chekli xarajatlar chekli daromadlardan yuqori (mc > MR). Agar monopolist ishlab chiqarish hajmini Q2 ga nisbatan kamaytirsa, u o'zining umumiy foydasini (MC - MR) miqdorga oshirgan bo'lardi. Monopolist mahsulot hajmini Q2 dan Q* ga qadar qisqartirishi
natijasida umumiy foydani MEL shtrixlangan soha miqdorida oshirishi mumkin. Q* hajmdan keyin mahsulot hajmini qo'shimcha birlikka qisqartirilishi umumiy foydani oshirmaydi ( MC = MR bo'ladi). Rasmda Q = 0 bilan Q* va MC hamda MR chiziqlar oralig'idagi soha monopolistik tomonidan kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarib o'ta yuqori narxda sotish munosabati bilan yo'qotiladigan foydani ifodalasa, mahsulot hajmi Q* dan katta bo'lgandagi va MCbilan MR oralig'idagi soha nihoyatda ko'p mahsulot ishlab chiqarib (q > Q ), past narxlarda sotilishi natijasida yo'qotiladigan foydani ifodalaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi Q* foydani maksimal qiladigan
hajm ekanligini matematik nuqtai nazardan ham ko'rsatish mumkin.
Umumiy foydani л bilan belgilasak л(q) = TR(q)- TC(q), va bu munosabatdan Q bo'yicha hosila olib, uni nolga tenglashtirib echamiz: dn dR dC n 0. dQ dQ dQ -dR Bu yerda = MR va mc bo lgani uchun ham foydani
maksimallashtirish sharti MR - MC = 0 yoki MR = MC bo'ladi. Misol 1. Quyidagi ko'rinishdagi xarajatlar funktsiyasi berilgan bo'lsin Tc(q) =80 + q2 , o'zgarmas xarajat TFC = 80 so'm, o'rtacha