Xiva shahar 18-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashma yig’ilishi Bayonnomasi № Xiva shahar Avgust 2021 yil


Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə2/18
tarix04.05.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#107279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
sevara apkani bayonnomalari

Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi
Qaror:

  1. Har bir fan o’qituvchilari DTS talablari asosida dars tashkil etsin

  2. Dars samaradorligi oshirilsin

  3. Dars jarayonida tarqatmali materiallar va ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari va yangi axborot texnologiyalari, elektron darsliklardan foydalanib dars o’tish yuklatilsin.

  4. Ilg’or tajriblarni dars jarayonida qo’llash har bir oqituvchiga tavsiya qilinsin.

  5. Jurnal va gazetalarda e’lon qilingan ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini o’rganish va amalda qo’llash tatbiq etilsin



Yig’ilish raisi: S. Rahimova
Kotibi: M. Matyakubova

Xiva shahar 18-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashma yig’ilishi
Bayonnomasi №___


Xiva shahar ____ -sentabr 2021 yil

Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma a’zolari qatnashdi.




Kun tartibida:

1. Maktabda Tabiiy fanlar uslub birlashmasida “yosh mutaxasislar” bilan olib borilgan ishlar. ( ma’ruzchi: S. Rahimova)


2. Kimyo, biologiya, fizika, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan tashkil etilgan ochiq darslar va fan to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etilganlik holat: onlayn va an’anaviy faoliyati tahlili va o‘quvchilarning ijodiy ishlari. Ko‘rik tanlovlarning natijalari (Ma’ruzachi: S.Rahimova)
3. Turli masalalar. Metodbirlashma a’zolariga ta’lim tarbiya jarayonida foydalanish uchun yangi pedogogik texnologiya va o’quvchilarning fanni o’zlashtirishdagi bo’shliqlarni to’ldirish usullari. STEAM yondashuvini darslarda samarali tadbiq etish.
(Tavsiya: S.Rahimova)
ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari
S. Rahimova so’zi tinglandi. U o’z so’zida: Uslub birlashmamizda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, dars samaradorligini oshirish maqsadida ko’pgina amaliy ishlar amalga oshirilmooqda. Xususan, yosh mutaxasislar bilan olib borilgan ishlar shunga misoldir. Uslub birlashmamizda faoliyat olib borayotgan aksaryat o’qituvchilarimiz oliy ta’limni bitkazganiga 3 yildan ko’p bo’lgan demoqchiman etarlicha tajribaga egalar. Yangi bitiruvchi o’qituvchimiz Maxfuza Matyakubovaga ham Ustoz o’qituvchi berkitilgan.
Muzokaraga o’qituvchi N. Atajanova chiqdi. U ham o’z fikrlarini bildirdi.
Kun tartibidagi 2- masala yuzasidan ham uslub birlashma rahbari S.Rahimova so’zi tinglandi. Mana yangi o’quv yilini ham boshlab oldik. Yangi o’quv yilini pandemiya sababli onlayn boshlandi. Lekin vaziyat yumshaganligi sababli 14-sentabrdan an’anaviy tarzda boshlandi. Ayrim o’quvchilar oilasida qariyalar bo’lganligi va sog’liqlarida miammosi bor bo’lgan o’quvchilar hali ham onlayn o’qishni davom qildirmoqdalar. Biz o’qituvchilar esa an’anaviy o’qish bilan birga onlayn ta’lim olayotgan o’quvchilarni ham uy vazifalarini tekshirib, baholab borishimiz lozim. Shu bilan birga ochiq darslar o’tkazib o’z ustimizda ishlashimiz, dars tahlillari tashkil qilib o’zaro tajriba almashishimiz lozim.
Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Ta’lim tarbiya jarayonida xususan nazariy darslarda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning mavzuni yanada chuqur o’rganishga, mavzuni mazmun mohiyatini kengroq anglash imkonini beradi. Bugun sizga tavsiya etmoqchi bo’lgan yangi pedogogik texnologiya Loyiha metodi texnologiyasi. Bu ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir. Loyihani ishlab chiqish yakka tartibda yoki guruh bilan bo‘lishi mumkin, lekin har bir loyiha o‘quv guruhining birgalikdagi faoliyatining muvofiqlashtirilgan natijasidir.
Loyiha” metodi 4 bosqichda amalga oshiriladi
Loyiha” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.Pedagog loyiha ishi bo‘yicha topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda darslik, sxemalar, tarqatma materiallar asosida topshiriqqa oid ma’lumotlarni yig‘adilar.
2.Ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini ishlab chiqadilar. Ish rejasida ta’lim oluvchilar ish bosqichlarini, ularga ajratilgan vaqt va texnologik ketma-ketlikni, material, asbob-uskunalarni rejalashtirishlari lozim.
3.Kichik guruhlar ish rejalarini taqdimot qiladilar. Ta’lim oluvchilar ish rejasiga asosan topshiriqni bajarish bo‘yicha qaror qabul qiladilar. Ta’lim oluvchilar pedagog bilan birgalikda qabul qilingan qarorlar bo‘yicha erishiladigan natijalarni muhokama qilishadi. Bunda har xil qarorlar taqqoslanib, eng maqbul variant tanlab olinadi. Pedagog ta’lim oluvchilar bilan birgalikda “Baholash varaqasi”ni ishlab chiqadi.
4.Ta’lim oluvchilar topshiriqni ish rejasi asosida mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ular individual yoki kichik guruhlarda ishlashlari mumkin.
STEAM ta’lim yondashuvini samarali tadbiq etish maqsadida ushbu ta’lim yondashuvi haqida har bir yigilishlarimizda ma’lumot berishga xarakat qilamiz.

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin