Bu ishga u juda xafsala va uddaburonlik bilan kirishdi.
Kufman bunday kata hududga ega bo`gan o`lkani Rossiyani bir viloyati, guberniyasiga aylantirish lozim edi.
Rossiya Turkistonni abadul abad o`z koloniyasi, uning tarkibiy qismi bo`lib qolishi kerak edi. Bunga o`zlarinigina emas o`zgalarni ham ishontirishga urindilar. Samarqand zabt etilganiga ikki yil bo`lmasadan ,, Русский Самарканд’’ degan kitob nashr qilindi. ,,Русский Туркестан’’ degan ibora kundalik oddiy tushunchga aylantirildi.
Lekin Turkistonni hur insonlari bu qora kunlar albatta orqada qoladi, hali yorug` kunlar keladi degan yaxshi va to`g`ri niyyat bilan yashashar edi. Albatta bu kaufmanni qo`rqitar edi.
Kaufman mana shu taassurotni yo`q qilish va Turkistonni abadiy o`ziga tobe qilish taraddudiga kirishdi.mana shu tadbirlardan biri bu matbuotni yuza keltirish va uni misli ko`rilmagan kuchdan o`z maqsadi yo`lida foydalanish edi ,albatta. Matbuotni tuzish rajasi tuzilar ekan faqat rus tilida emas mahalliy tillarda ham gazetalar chiqarishni oldiga maqsad qiladi.
Ushbu rejani amalga oshirish uchun Turkistonda avval moddiy texnik bazani rivojlantirish yani bosmaxona tashkil etish kerak edi.